Qurilish vazirligi xorazm arxitektura va qurilish texnikumi qurilish sohasi bo


MAVZU-1.Materiallarning tuzilishi xususiyatlari va xossalari


Download 0.72 Mb.
bet3/27
Sana15.11.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1777191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
gipsakarton 1

MAVZU-1.Materiallarning tuzilishi xususiyatlari va xossalari.
REJA:

  1. Materiallarning tuzilishi

  2. Materiallarning xossalari.

  3. Materiallarning xususiyatlari va ahamiyat
Qurilish materiallarining har bir turi o‘ziga xos fizik, mexanik, kimyoviy hamda maxsus xossalarga texnologik (va sh.k) ega bo‘ladi. Buyumlarning tarkibi, strukturasi fizik-kimyoviy, texnologik jarayonlar ta’sirida o‘zgarishi ularning barcha xossalarini o‘zgartiradi.
Qurilish materiallari kelib chiqishiga ko‘ra tabiiy va sun’iy bo‘ladi. Ular xossalariga nisbatan plastik (bitum, giltuproq), elastik (yog‘och, po‘lat, rezina), mo‘rt (keramika, shisha, beton, cho‘yan), material mustahkamligiga qarab mustahkamligi yuqori (po‘lat, granit, shisha), mustahkam (beton, yog‘och, polimerbeton, pishiq g‘isht) va mustahkamligi kichik (gips, ohaktosh, xomg‘isht, yacheykali beton) turlarga bo‘linadi. Materiallarning ishlatilish sharoitiga ko‘ra konstruktiv (tabiiy tosh materiallari, beton, keramika, yog‘och, plastmassa va h.k.) va maxsus (issiqlik va tovush izolatsiyasi, gidroizolatsiya, korroziyaga chidamli, olovga bardoshli, radiatsiyadan himoyalovchi, biologik muhitga chidamli va h.k.) turlarga bo‘linadi.
Qurilish materiallari xossalarini raqamlar bilan baholash maqsadida Respublika standarti (RSt), Òarmoq standarti (ÒSt), Korxona standarti (KSt), Davlatlararo standart (DSt) lar joriy etilgan. Qurilish materiallari standartlari «O‘zdavstandart» agentligi bilan O‘zR Davlatarxitektqurilish tomonidan tasdiqlanadi. Bunday standartlar texnik shartlar; texnik talablar; buyum turlari va o‘lchamlari; qabul qilish qoidalari; tamg‘alash, o‘rash va tashish qoidalari va sh.k. hollarda bo‘lishi mumkin. Qurilish materillaridan foydalanib, bino va inshootlar qurish «Qurilish me’yorlari va qoidalarida» (QMQ) belgilangan bo‘lib, barcha tashkilot va 6 muassasalar uchun majburiydir. Qurilish materiallarining 1947- yilda tashkil topgan «Standartlash xalqaro tashkiloti (MOS)» talablariga javob beruvchi xillari ham mavjud. MOS qurilish materiallarini davlatlararo tashish va ishlatishga qulaylik tug‘diradi.
Materiallar tarkibi, strukturasi va xossalarining mutanosibligi Qurilish materiallarining xossalari ularning tarkibiga va tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Materiallarning kimyoviy, mineral va fazaviy tarkiblarini tekshirmasdan, ular asosida tayyorlangan buyum va konstruksiyalarni muayyan muhitda ishlatishga tavsiya etilmaydi. Materiallarning kimyoviy tarkibi elementlar va oksidlar orqali ifodalanib, ular xossalarining mustahkamligini, korroziya muhiti va olovga bardoshliligini, suvga munosabati kabilarni belgilaydi.
Material tarkibida kimyoviy elementlar va oksidlar erkin holda bo‘lmasdan o‘zaro minerallarga birikkan bo‘ladi. Materiallarning mineral tarkibi ularning qanday minerallardan qancha miqdorda tashkil topganligini bildiradi. Giltuproq, ohaktosh, gips toshi va sh.k. larning mineral tarkibi ulardan olingan keramik materiallar havoyi va mineral bog‘lovchilarning mustahkamligini va turli muhitlarga chidamliligini belgilaydi. Materiallarning fazaviy tarkibi qattiq, suyuq va gazsimon holatda bo‘lib, ularni muayyan shaklda ushlab turuvchi, devorlar hosil qiluvchi (karkas) qattiq fazadan, devorlar orasida hosil bo‘lgan g‘ovaklar ichidagi suvdan, havodan yoki suv-havo aralashmasidan iborat bo‘lishi mumkin. Masalan, material g‘ovaklarida suvning muzlashi pirovardida uning buzilishiga olib kelishi mumkin; yopiq g‘ovaklardagi havo materialga issiq-sovuqdan, tovushdan izolatsiyalovchi xususiyat beradi. Material strukturasini uch darajada tushunish zarur – molekular-ion (nanostruktura), mikrostruktura va makrostruktu I .Montaj ishlarini bajarish loyixasi tarkibiga nimalar kiradi?
Nazariy savollar
1.Qurilish materillari qanday turlarga bo’linadi?
2.Qurilish materiallari xossalariga ko’ra qanday guruhlarga ajratamiz?
3.Mikrostrukturali qurilish materiallari qaysilar?

TASDIQLAYMAN”



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling