Qurilishning moddiy texnik ta`minoti reja
Download 58.67 Kb.
|
QURILISHNING MODDIY TEXNIK TA`MINOTI HISOBOT SHOX
3. Qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatida ilmiy texnik-taraqqiyot va texnik iqtisodiy ko’rsatkichlar, qurilish materiallari uchun davlat standartlari va texnik shartlari
Ilmiy texnik-taraqqiyot borasidagi iqtisodiy samaradorlik va ish mahsuldorligini baholash fan va texnika rivojlanishiga, tashkiliy- texnik va xo’jalik tadbirlarini olib borishga o’z xisasini qo’shadi. Bunda tarmoq darajasida asosan quyidagilar muhim sanaladi: loyihalarning yangiligi va istiqbolligi; ishlab chiqarishning texnik darajasi va texnik iqtisodiy ko’rsatkichlarini oshirishda qo’shilgan amaliy ulushi; ish sifatini tushirmagan holda o’z muddatida bajarish; ilmiy texnik loyihalarni amalga oshirishdan olinadigan iqtisodiy samaradorlik; yangiliklarning mazkur sohada mavjud o’zimizning va chet el yutuqlaridan farqi. Samaradorlikni baholash fan va texnika rivojlanishining rejalarini tasdiqlashda shuningdek qurilish tashkilotlarining aniq tashkiliy texnik tadbirlarini ko’rsatib berishda katta rol o’ynaydi. qurilishda ilmiy texnik-taraqqiyotning samaradorligini baholashning eng ko’zga ko’ringan sohalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: 1) yangi texnologik jarayonlarni qo’llash, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, konstruktiv va qurilish montaj qurilmalarisiz ishlab chiqarish resurslarini tejalishini ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish usullari. Ilmiy-texnik tadbirlarning iqtisodiy samaradorligini baholash har qanday darajada ham yagona asosiy maqsad bo’lib hisoblanadi. Ilmiy texnik-taraqqiyot va asosan fan ishlab chiqarish iqtisodiy o’sish omili sifatida jamoaning mehnat unumdorligini oshirgan holda uning iqtisodiy oimli sifatida ham rol o’ynaydi. Shuning uchun ham fan va texnikaning iqtisodiy samaradorligi bir vaqtda ma'lum muddat davomida ilmiy texnik yutuqlari amaliyotga tadbiq etish natijasida jamiyat tomonidan erishiladigan mehnatning umumiy harajatlarini kamaytirishga erishishni aks ettiradi. Eng asosiysi ilmiy texnik-taraqqiyot ishlab chiqarish intensivligini va yaratilayotgan mahsulot sifatini oshirish imkonini yaratib beradi. Download 58.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling