Qurilishning moddiy texnik ta`minoti reja
Issiqlik izolyasiya materiallari
Download 58.67 Kb.
|
QURILISHNING MODDIY TEXNIK TA`MINOTI HISOBOT SHOX
Issiqlik izolyasiya materiallari
Iidustrial usullarda qurishga o’tish, binoning og’irligini kamaytirish kabi masalalarni xal qilish uchun avvalo issiqlik izolyasiya materiallarining samarali xillarini, ya'ni yengil, g’ovak, issiqlikni kam o’tkazadigan materiallar ishlab chiqarish yaxshi yo’lga qo’yilishi kerak. G’ovakli va kovakli g’isht, keramik bloklar, ko’pik-beton, gaz-beton, keramzit-beton, tuf kabi materiallar muhim qurilish materiallari bo’lishi bilan bir qatorda issiqlikni izolyasiya qiluvchi materiallar hamdir. Bulardan tashqari, issiqlikni izolyasiya qiluvchi maxsus materiallar ham ishlab chiqariladi. Bu materiallar hajmiy massasining kichikligi (1000 dan 25 kg/m3 gacha) va issiqlik o’tkazish koeffitsientining pastligi [0,28 dan 0,028 Vt/(m-°S)] bilan xarakterlanib, asosan issiqlikni izolyasiya qilish uchun qo’llaniladi. Issiqlik izolyasiya materiallari kelib chiqishiga qarab ikki guruhga: organik va anorganik xillarga bo’linadi. Issiqlikni izolyasiya qiluvchi organik materiallar o’simlik yoki hayvon mahsulotlari tolalaridan, g’ovakli plastmassadan (yog’och tolali va po’kakli plitalar, namat, shevelin, solomit, kamishit, fibrolit, g’ovakli plastmassalar va x. k.) tayyorlanadi, anorganik materiallar esa (mineral namat, paxta va plitalar, shishali paxta, shisha-paxta bordonlar, ko’pik shisha, issiqlikni izolyasiya qiluvchi asbestli materiallar) tog’ jinslari, shisha shlak va boshqa materiallardan tolali hamda teshikli qilib tayyorlanadi. Binokorlik namati hayvon junining past navidan o’simlik tolalari va kleyster qo’shib tayyorlanadi. Uning hajmiy massasi 150 kg/m3, issiqlik o’tkazish koeffitsienti 0,06. Namat eni 0,5—2 m gacha, uzunligi 1,5—2 m, qalinligi 10—15 mm qilib chiqariladi. U deraza va eshik kesakilari, tashqi eshiklar, yig’ma yog’och uylardagi yog’ochlar biriktiriladigan joylar va shunga o’xshash joylarga issiqlik o’tkazmaydigan qatlam hosil qilishda ishlatiladi. Shevelin — ikkita yupqa tol listlari orasiga kanop tolasi qo’yib bo’ylamasiga tikilgan issiqlik izolyasiya materiali. Torf plitalar torf botqoqliklari yuzasiga joylashgan torf-sfogniumdan tayyorlanadi. Solomit va qamishit issiqlikni izolyasiya qiluvchi arzon baho materiallardandir. Ular mahalliy materiallar, poxol yoki qamishdan plita shaklida tayyorlanadi (bordonlar). Fibrolit — yog’och qirindisidan tayyorlanadigan plita. Uni tayyorlash uchun avvalo maxsus stanoklarda yog’ochning yumshoq jinslaridan qirindi hosil qilinadi, keyin unga sement aralashtirilib presslanadi. Issiqlikni izolyasiya qiluvchi anorganik materiallarning eng keng ko’lamda, ayniqsa, yirik paneldan quriladigan binolarda qo’llaniladiganlaridan biri mineral paxtadir. Mineral paxta suyuqlantirilgan mineral xomashyo (mergel, ohak-gil slanetslarn, dolomit, ohaktosh, metallurgiya sanoati shlaklari) dan hosil qilinadi. Mineral paxta yonmaydi, chirimaydi, sovuqqa chidamli, o’zida nam saqlamaydi, 700°S gacha haroratga bardosh bera oladi, uni kemiruvchilar buzmaydi. Mineral paxtaning xossalari yaxshi bo’lganligi va uni mahalliy xomashyodan tayyorlash mumkinligi tufayli mineral paxtadan qilingan buyumlar devor, tom yopmasining issiqlik o’tkazmaydigan qatlamlarida ishlatiladi. Download 58.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling