Qurilishning moddiy texnik ta`minoti reja
Keramik materiallar va buyumlar
Download 58.67 Kb.
|
QURILISHNING MODDIY TEXNIK TA`MINOTI HISOBOT SHOX
Keramik materiallar va buyumlar
Tabiatda juda ko’p tarqalgan sog’ tuproq keramik (sopol) buyumlar ishlab chiqarishda birdan-bir xomashyo hisoblanadi. Tuproq suv bilan aralashtirilganda u oson qoliplanuvchan" plastik loyga aylanadi. Keyin uni qoliplab yuqori haroratda pishiriladi va turli qurilish buyumlari, ro’zg’or anjomlari hamda me'morchilik buyumlari ishlanadi. Gil pishirilganda undan qattiq va pishiq sun'iy tosh material hosil bo’ladi, bunday material suvda bo’kmaydi. Sopol materiallarning hajmiy massasi ishlatilgan xomashyo va tayyorlash texnologiyasiga qarab 300 dan 2300 kg/m3 gacha, siqilishga mustahkamlik chegarasi — 5000 kg/sm2 gacha hamda suv shimishi 0% dan 70% gacha bo’lishi mumkin. Keramik materiallarni ikki guruhga: suv Shimishi 5% gacha bo’lan zich keramik materiallarga va suv shimishi 5% dan oshiq bo’lgan g’ovakli keramik materiallarga bo’lish mumkin. Qurilish keramikasining asosiy xillaridan oddiy g’isht, ko’p teshikli g’isht, ichi g’ovak g’isht, cherepitsa, koshin plitalar — lentali pressda plastik usulda quyib tayyorlanadi. Maxsus qoliplardan quyilib chiqqan massa avtomat yordamida alohida buyumlar tarzida qirqiladi. Yuqorida keltirilgan keramik material va buyumlardan tashqari, issiqlikni kam o’tkazuvchi, ko’pik-diamot, keramzit, o’tga chidamli, kanalizatsiya va drenaj keramik buyumlari ham keng qo’llaniladi. Sopol buyumlari ishlab chiqarish eramizdan 2—3 ming yil avval O’rta Osiyo, xususan, Uzbekiston territoriyasida keng qo’llanilganligi ma'lum. Qadimgi o’zbek kulolchilik san'atining qay darajada rivojlanganligiga Samarqand, Buxoro, Xiva yodgorliklarini qurishda ishlatilgan me'morchilik, dekorativ va pardozbop qoplama sopol buyumlar misol bo’la oladi. Vatanimiz zavodlarida tayyorlangan yuqori unumli loy qoruvchi va presslovchi mashinalar va shu singari asbob-uskunalar ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalashtirish, quritish va pishirish jarayonlarini jadallashtirish kabi ishlar sopol materiallarni ishlab chiqarish hajmini kengaytirdi, ularning sifatini yaxshiladi. Download 58.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling