Qurilishning moddiy texnik ta`minoti reja


Download 58.67 Kb.
bet3/14
Sana13.09.2023
Hajmi58.67 Kb.
#1677161
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
QURILISHNING MODDIY TEXNIK TA`MINOTI HISOBOT SHOX

Tabiiy tosh materiallar
Tog’ jinslariga mashina va mexanizmlar yordamida ishlov berib (bo’lib, kesib, o’yib, tekislab, pardoz berib va siliqlab) olingan yoki qurilishda tabiiy holatida ishlatiladigan materiallar tabiiy tosh materiallar deb ataladi.
Pemza, chig’anoq, tuf kabi yengil va g’ovakli jinslardan, asosan, ularni qazib chiqariladigan joylarda devorlar quriladi. Granit, ohaktosh, qumtosh va boshqa zich tosh materiallardan devorlar va pollarni qoplash uchun, xarsang tosh tarzida poydevorlargaterish uchun, shag’al tarzida – beton va temir-beton buyumlar ishlab chiqarish uchun foydalaniladi.
Beton va qorishmalar tayyorlash uchun sochiluvchan tosh materiallar: qum va shag’al ishlatiladi. Tog’ jinslaridan xilma-xil buyumlar (masalan, g’isht, bog’lovchi moddalar, sement, ohak, izolyasiya materiallari, shisha va boshqa buyumlar) tayyorlanadi.
Kelib chiqishiga qarab tabiiy tosh materiallar otqindi, cho’kindi va metamorfik jinslarga bo’linadi.
Qurilishda ishlatiladigan otqindi jinslarga har xil kattalikdagi xarsang tarzida qazib olinadigan granitlar, labradoritlar, bazaltlar, vulkan tufi, pemza va boshqalar kiradi.
Cho’kindi jinslarga giltuproq, qum, shag’al, qumtosh, gips, ohaktosh, magnezit, bo’r, trepel va boshqa jinslar kiradi.
Metaformik jinslarga marmar, kvarsitlar, gneyslar, slanetslar kiradi.
Xarsang tosh portlatish yo’li bilan olingan yoki qatlamli tog’ jinslaridan sindirib olingan noto’g’ri shakli bo’laklardir.
Chaqiq tosh – xarsang toshni maydalash yo’li bilan olinadigan, o’lchami 150mm gacha bo’lgan tosh bo’laklari.
Qum va shag’al – tog’ daryosi yoki dengiz yotqiziqlarining g’ovak donachalari aralashmasi. Qum donachalarining o’lchami 0,15 – 5 mm, shag’alniki 5 –40 mm, yirik shag’alniki esa 150 mm gacha bo’ladi.
Tabiiy toshdan donalab tayyorlanadigan tosh, plitalar, zinapoyalar, deraza tokchalari kabi buyumlar tayyorlanadi. Bular har xil shakldagi buyumlar bo’lib, yuzlariga yo’nib, silliqlab, jilolab va shunga o’xshash ishlovlar beriladi.
Yog’och materiallarining xillari. Qurilishda ishlatiladigan yog’och materiallar ikki asosiy guruhga bo’linadi: tilingan va tilinmagan materiallar. Tilinmagan yog’och deb daraxt tepasining ildiz va butoqlardan tozalangan holatiga aytiladi.
Uchining diametri 14 sm va undan katta bo’lgan, shuningdek, har ikki santimetrdan keyin bir tekis yo’g’onlashib boradigan tilinmagan yog’ochlar xari deb ataladi. Agar uchining diametri 14 sm dan kam (8—11 sm) bo’lsa, u holda xoda va xodachalar deb ataladi. Xari va xodalarning uzunligi 3—9 metr bo’lishi mumkin.
O’zbekiston yog’och materiallari. O’rta Osiyo respublikalarida daraxt o’stirish va o’rmonzorlar barpo qilish muhim ahamiyatga egadir. Hozircha bu o’lkada o’rmonlar juda kam. Har yili Urta Osiyoga Sibir rayonlaridan 7 million kubometrga yaqin yog’och keltiriladi. Yog’och materiallar tayyorlanadigan joylarning nihoyatda uzoqligi (Toshkentdan 4100 km) natijasida yog’och ortish, tushirish va transport xarajatlari katta mablag’ sarflashni talab qiladi. Faqat transport xarajatlarining o’zigina tayyorlov narxining 21% ini tashkil qiladi.
Respublika territoriyasining 5—6% idagina o’rmon xo’jaliklari tashkil etilgan. Vaholanki, bu xo’jaliklardan olinadigan yog’ochlarning hammasini sifatli qurilish materiallari sifatida ishlatish mumkin emas.
Uzbekiston o’rmoi xo’jaligi ministrligining ma'lumotiga ko’ra, davlat o’rmon fondida 9 237 395 gektarga yaqin maydon bo’lsa, shundan 8 196 375 gektar yer o’rmon bilan qoplangan. Urmonlarning asosiy qismi tabiiy daraxtlardan tashkil topgan, faqat 7500 gektar yerda sun'iy o’rmonlardir. Tez o’suvchi teraklar o’stirish va imoratbop yog’ochlar zahirasi fondini barpo etish seysmik rayonlar zonasida sinch devorli xo’jalik binolari va shaxsiy binolar qurishda ham katta ahamiyatga ega.

Download 58.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling