Qurilishning moddiy texnik ta`minoti reja


Qurilishning texnik-iqtisodiy asoslanishi


Download 58.67 Kb.
bet13/14
Sana13.09.2023
Hajmi58.67 Kb.
#1677161
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
QURILISHNING MODDIY TEXNIK TA`MINOTI HISOBOT SHOX

Qurilishning texnik-iqtisodiy asoslanishi
Sanoat korxonalari, inshootlar, turar joy va jamoat binolari hamda boshqa ob'ektlar loyihalar va smetallar asosida quriladi. Loyiha-smeta hujjatlari bilan ta'minlanmagan ob'ektlarda qurilish va montaj ishlarini bajarish taqiqlanadi.
Qurilish uchun mo’ljallangan sanoat ob'ektining muhim texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlariga ularning tarkibi, quvvati, ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan mahsulot xili va miqdori, uning tannarxi va ishlab chiqarishning rentabilligi, ish kuchi soni va mehnat unumdorligi, umumiy va solishtirma kapital quyilmalar summasi hamda ularning qoplanish muddati va boshqalar kiradi.
Xulosa
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o’tishi munosabati bilan yuqorida ta’kidlangan uslubiyot ma’naviy jihatdan eskirdi va amaliyotda undan keng foydalanish mumkin emas. Avvalo, buning sababini ko’rsatishdan oldin, nima uchun ushbu uslubiyot ma’naviy jihatdan eskirganligining mohiyatini oydinlashtirish zarur bo’ladi. Xususan, kapital qo’yilmalarning yuqorida ta’kidlangan uslubiyotida vaqt omili hisobga olinmas edi, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish hajmi, uning tannarxi, foyda va rentabellik darajalari vaqt omilini hisobga olgan holda hisob-kitob qilinmas edi.
Bugungi kunda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar kapital qo’yilmalarning samaradorligini baholashda vaqt omilini hisobga olishi va mahsulot ishlab chiqarish hajmi, uning tannarxi, foyda va rentabellik darajalarining vaqt mobaynida o’zgarishini baholashi lozimdir. Bunday operatsiya diskontlashtirish deb nomlandi.
Kapital qurilish ishlarining yuqori sifat darajasiga erishishda qurilish sifati yuzasidan olib boriladigan nazorat muhim o’rin egallaydi. Qurilish sifati yuzasidan nazorat qurilish-montaj ishlarining, shuningdek, qurilish materiallari va buyumlarining muvofiqligini tekshirishni anglatadi. Qurilish-montaj ishlarining sifati bo’yicha nazoratni davlat muassasalari, buyurtmachilar va loyihaviy tashkilotlar (loyiha mualliflari) amalga oshiradilar. Bunda ichki va tashqi nazorat farqlanadi. Qurilish sifati bo’yicha davlat nazoratini davlat hokimiyati organlari, tegishli qo’mitalar (Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, Davarxitekqurilish qo’mitasi) amalga oshiradilar. Ushbu muassasalar loiyhaviy hujjatlar bo’yicha bajarilgan ishlarning muvofiqligini tekshiradi. Qurilish nazoratini amalga oshirish tartibi me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.
Amalga oshirilayotgan qurilishlarning keng ko’lami katta pul mablag’lari va material-texnika resurslari sarflashni talab etadi. Qurilishda standart va unifikatsiyalangan materiallar, detallar va konstruksiyalardan, tipik loyiha yechimlaridan foydalanilsa, ishlarni loyihalash va bajarish yagona normalar va qoidalar bo’yicha yuritilsagina, bu mablag’lardan samarali foydalanish mumkin.



Download 58.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling