Qurilmasida tekshirish
Download 448.62 Kb. Pdf ko'rish
|
1-LAB
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Ish o’tkazish uchun zarur bo’ladigan jihozlar va o’lchov asboblari
- 3.Ishni bajarish tartibi.
- 4.Ishning nazariy qismi. 4.1.Startyorni salt ishlash rejimida tekshirish
4 1 - L A B O R A T O R I YA I SH I MAVZU: AVTOMOBIL STARTYORLARINI TEXNIK HOLATINI 532-M QURILMASIDA TEKSHIRISH 1.Ish o’tkazishdan maqsad 1. Avtomobil startyorlarini tuzilishi va konstruktsiyasining o’ziga xos tomonlarini o’rganish. 2. Startyorlarning texnik holatini tekshirish usulini o’rganish va sinov natijalarini tahlil qilish. 2.Ish o’tkazish uchun zarur bo’ladigan jihozlar va o’lchov asboblari 1. Avtomobil elektr jihozlarini tekshirish uchun mo’ljallangan EMA-2 belgili qurilma. 2. Startyorlarni to’la tormozlanish rejimida tekshirish uchun zarur bo’la-digan maxsus tormozlash moslamasi (dinamometr pishangi bilan). 3. Tekshiruv-o’lchov asboblari: ko’chma taxometr, dinamometr. 4. Har xil turdagi avtomobil startyorlari va ularning alohida kismlari. 5. Avtomobil startyorlarining tuzilishi va ishlashiga oid plakatlar. 3.Ishni bajarish tartibi. Laboratoriya ishini bajarishga tayyorlanish borasida talaba: - avtomobil startyorlarining tuzilishi, texnik tavsifnomasi va ishlash printsipini puxta o’rganib chiqishi, ularning konstruktsiyasining o’ziga xos tomonlarini tahlil qilishi va o’zlashtirishi zarur; - startyorlarning elektromexanik tavsifnomasining mohiyati va undan ke-lib chiqadigan xulosalar haqida aniq tasavvurga ega bo’lish kerak: - startyorlar texnik holatini aniqlash usulini o’rganishi (ushbu uslubiy ko’rsatma hajmida) va 3.2 ilovada berilgan tekshiruv savollarga javob bera olishi kerak. 4.Ishning nazariy qismi. 4.1.Startyorni salt ishlash rejimida tekshirish Startyorlardagi mexanik nosozliklarni aniqlash uchun ular salt holda ishlaganda tekshiriladi. Sinov davomida startyor yakorining aylanishlar chastotasi va startyor iste’mol qilayotgan tok miqdori o’lchanadi. Sinov natijasida olingan tajribaviy ma’lumotlar tekshirilayotgan startyorning texnik tavsif-nomasidagi (3.1 jadval) ma’lumotlar bilan solishtiriladi va startyorning texnik holati haqida xulosa chiqariladi. Chunonchi: - agar sinov natijalari bilan startyorlarning texnik tavsifnomasidagi ma’lumotlar bir-biriga mos kelsa, demak tekshirilayotgan startyorda mexanik nosozliklar yo’q; - agar startyor iste’mol qilayotgan tok, texnik tavsifnomada ko’rsatilgan-dan katta, yakorni aylanishlar chastotasi esa kichik bo’lsa, bu tekshiralayotgan startyorda mexanik nosozliklar mavjudligining belgisidir. Startyorlarning ta’mirlangandan keyin noto’g’ri yig’ilishi, yakorning qutblarga tegib qolishi - shu nosozliklar jumlasidandir ; - agar startyor iste’mol qilayotgan tok ham, yakorning aylanishlar chastotasi ham texnik tavsifnomada ko’rsatilgandan kam bo’lsa, bu o’tkazgichlar ulangan joylarda kontaktning yaxshimasligi va cho’tkatutqichdagi prujinalar-ning bosim kuchi kamayganli-gining belgisidir. - startyorni ishga tushirish tugmachasi bosiladi va startyor yakorining ayla-nishlar chastotasi avj olgandan so’ng(tahminan 30 sekunddan keyin) startyor yakorining aylanishlar chastotasi ko’chma taxometr bilan o’lchanadi; - ampermetr yordamida startyor iste’mol qilayotgan tok miqdori o’lchanadi va yozib olinadi; 5 - sinov natijalari hisobotdagi jadvalga yozib qo’yiladi: - sinov davomida o’lchangan ko’rsatkichlar (startyor iste’mol qilgan tok va yakorning aylanishlar chastotasi) tekshirilgan startyorning texnik tavsifnoma-sida keltirilgan ma’lumotlar bilan solishtiriladi va startyorning texnik holati haqida xulosa chiqariladi va hisobotga yozib qo’yiladi. 3.1-rasm. Avtomobil startyorlarni tekshirish uchun mo’njallangan EMA-2 belgili qurilma . Qurilma (3.1-rasm) maxsus moslamalari: 1- voltmetr; 2-starterni ishga tushirish tugmasi; 3-starter; 4-pishang; 5-dinamometr; 6-istemol toki ampermetri; 7-akkumulyator ulanish klemmalari. EMA-2 belgili qurilma yordamida startyorni salt holda ishlagandagi tekshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi : maxsus tormrzlash moslamasi ajratilgan. ulanish klemmalari 7 yordamida qurilma akkumulyator batareyasiga ulangan. Download 448.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling