Qurilmasida tekshirish


Startyorni to’la tormozlangan holda tekshirish


Download 448.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana05.05.2023
Hajmi448.62 Kb.
#1427681
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-LAB

4.2.Startyorni to’la tormozlangan holda tekshirish 
Startyorlarning elektr zanjirlardagi nosozlikliklarni aniqlash uchun ularni to’la 
tormozlangan holda tekshiriladi. Sinov davomida startyor iste’mol qilayotgan tok,
burovchi moment va startyor qisqichlaridagi kuchlanish o’lcha-nadi. Sinov natijalarida 
olingan ma’lumotlar tekshirilayotgan startyorning texnik tavsifnomasidagi ko’rsatkichlar 
bilan solishtiriladi va startyorning elektr zanjirlarining holati haqida xulosa chiqariladi. 
Xususan: 
- agar startyor iste’mol qilayotgan tok texnik tavsifnomada ko’rsatil-gandan katta, 
burovchi moment esa kichik bo’lsa, bu yakor yoki uyg’otish chul-g’amlarida nosozlik 
borligining belgisidir ; 
- agar burovchi moment va startyor iste’mol qilayotgan tok texnik tavsif-nomada 
ko’rsatilgandan past bo’lsa (akkumulyator batareyasi to’la zaryadlangan holda) - bu 
startyorning ichki elektr zanjirlarida va cho’tka bilan kollektor orasida kontaktlar yaxshi 
emasligidan dalolat beradi ; 
- agar startyor qisqichlaridagi kuchlanish texnik tavsifnomada ko’rsatilgan qiymatdan 
past bo’lsa - bu akkumulyator sig’imining kamayganligini yoki startyorning tashqi elektr 
zanjirlarida kontakt yaxshi emasligini bildiradi. 
EMA-2 belgili qurilma yordamida startyorni to’la tormozlangan holda tek-shirish 
quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
- maxsus tormozlovchi pishang 4 rasm 3.1 da ko’rsatilganidek qurilmaga o’rnatiladi 
- startyorni ishga tushirish tugmasini 2 qisqa muddat, 3-5 sekundga bosib, tezlik bilan 
am-permetr, dinamometr va voltmetr ko’rsatkichlari yozib olinadi; 
- sinov natijasida olingan ma’lumotlar hisobotdagi jadvalga yozib qo’yi-ladi; 
- tajriba ma’lumotlari bilan tekshirilayotgan startyorning texnik tav-sifnomasidagi 
ko’rsatkichlar solishtiriladi va startyorning texnik holati haqida xulosa chiqariladi
hisobotga yozib qo’yiladi. 
 

Download 448.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling