Quritish jarayonini tashkil etish usullari


Termoradiastiyali quritkichlar


Download 1.74 Mb.
bet9/9
Sana20.06.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1630520
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Quritish jarayonini tashkil etish usullari (1)

Termoradiastiyali quritkichlar. Bu quritkichlarda material tarkibidagi namlikni bug`latish uchun zarur issiqlik infraqizil nurlar orqali uzatiladi. Issiqlik infraqizil nurlanishga moslangan lampalar yoki o’ta qizdirilgan keramik yoki metall yuzalardan tarqaladi. Infraqizil nurlanishli lampalar oddiy yoritish lampalaridan qizdirish temperaturasi bilan farqqiladi. Nurlanish oqimini nam materialga yo’naltirish uchun parabola shaklli reflektorlar ishlatiladi.
Ushbu usulda quritish davrida material yuza birligiga kontaktli quritishga qaraganda vaqt birligida ancha ko’proqissiqlik to’g`ri keladi. Natijada, jarayon intensivlashadi. Masalan, yupqa qatlamli materiallarni infraqizil nurlar yordamida quritish davomiyligi 30...100 martagacha qisqaradi.
Gaz bilan isitiladigan radiastiyali quritkich tuzilishi 5.119-rasmda keltirilgan. Bunday quritkichlar tuzilishi sodda va lampali quritkichlarga nisbatan arzon.

Nur tarqatuvchi qurilmaning pastki qismida gaz yoqiladi. Gaz yonishi oqibatida nur tarqatuvchi qurilma qiziydi, so’ngra infraqizil nurlarni tarqatadi. Nur tarqatgich nam material xossalariga qarab tanlanadi. Yuqori sifatli mahsulot olish uchun murakkab jarayonlardan (masalan, radiastiyali va konvektiv usullarni bir vaqtda qo’llash) foydalaniladi.
Namlikning termodiffuzion oqimi material sirtidan namlik diffuziyaga halaqit bermasligi, hamda termoradiastiyali quritish jarayonini intensivlash uchun quritkich osstillyastiyali rejimda ishlashi kerak.
Termoradiastiyali quritkich tuzilishi ixcham, yupqa qatlamli materiallarni quritishda yuqori samara beradi. Lekin, uning energiya sarfi nisbatan kup, ya’ni 1 kg namlikni bug`latish uchun 1,52,5 kVtsoat energiya zarur.
Yuqori chastotali (dielektrik) quritkichlar qalin qatlamli materiallarni quritish uchun mo’ljallangan. Bu quritish usulida materialning yuzasi va qalinligi bo’ylab temperatura va namlikni rostlash mumkin. Ushbu quritkichda plastmassa va dielektrik xossalarga ega bo’lgan materiallarini, hamda oziq-ovqat mahsulotlarini quritish mumkin.
D ielektrik quritkichlar lampali yuqori chastotali generator, quritkich va lentali konveyerdan tarkib topgan (5.120-rasm).
Chastotasi 50 Gst li o’zgaruvchan tok to’g`rilagich orqali generatorga uzatiladi. Generatorda tok yuqori chastotali tokka aylantiriladi. So’ng, bu tok lentali konveyerning ikki tomonida joylashgan kondensator plastinkalariga yuboriladi.
Kondensator plastinalari zaryad ishoralari o’zgarishi bilan yuqori chastotali maydon ta’sirida material ion va elektronlari sinxron ravishda harakat yunalishi o’zgaradi. Dipol molekulalar aylanma harakatlansa, elektr zaryadlar siljishi tufayli qutbsiz molekulalar qutblanadi.
Yuqorida qayd etilgan hodisalar oqibatida materialda issiqlik ajrab chiqadi va u qiziydi. Elektr maydon kuchlanishini o’zgartirib quritish tezligini rostlash mumkin.
Bu usulda namlik va temperatura gradientlarning yo’nalishi bir xil bo’ladi. Natijada, namlikning diffuziyasi tezlashadi. Shuning uchun bu quritish usuli tezligi, konvektiv quritish tezligidan ancha katta.
Dielektrik quritish jarayonini o’tkazish uchun ko’p miqdorda energiya zarur. 1 kg namlikni bug`latish uchun 2,55 kVtsoat energiya sarflanadi.
Bu turdagi quritkichlar tuzilishi murakkab va qimmat. Shuning uchun, yuqori chastotali quritkichlar qimmatbaho materiallarni suvsizlantirish uchun ishlatish maqsadga muvofiq, ya’ni iqtisodiy jihatdan samarali.
Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling