Quritish jarayonini tashkil etish usullari


Download 1.74 Mb.
bet4/9
Sana20.06.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1630520
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Quritish jarayonini tashkil etish usullari (1)

Lentali quritkichlar uzluksiz ishlaydigan quritkichlar qatoriga kiradi (5.109-rasm).

5.109-rasm. Lentali quritkich.
1 - qobiq; 2 - lentali konveyer; 3 - etaklovchi barabanlar;
4 - etaklanuvchi barabanlar; 5 - kalorifer; 6 - yuklovchi

Nam material qurilmaning tepa qismidagi bunker orqali yuklanadi va konveyerning yuqori lentasiga tushadi. Odatda, ikkita baraban orasiga tortilgan lenta teshikli bo’ladi va nam material uning ustida harakatlanadi. Lentaning ikkinchi uchiga etganda, material pastki konveyerga to’kiladi. Eng pastki konveyerdan, quritilgan material chiqarish bunkeriga to’kiladi.


Quritilaetgan materialning bir lentadan ikkinchisi to’kilib o’tishi uning aralashishiga sababchi bo’ladi. Natijada, quritish tezligi ortadi. Ko’pincha bunday quritkichlar ko’p lentali qilib yasaladi.
Material va issiqlik eltkich o’zaro kesishgan yo’nalishda harakatlanadi.
Shu bilan birga, parallel va qarama - qarshi yo’nalishli quritkichlar ham ishlab chiqariladi. Bunday quritkichlarda issiqlik eltkich qisman restirkulyastiya qilinishi mumkin.
Havoni restirkulyastiya va oraliqqizdirilishi tufayli lentali quritkichlarda mayin quritish rejimlariga erishish mumkin.
Lentali quritkichlarning ayrim konstrukstiyalarida, bir tekisda quritishga erishish uchun, material qatlamini aralashtirish va qatlamni tekislash uchun lenta ustiga maxsus ag`diruvchi moslama o’rnatiladi.
Quritkichning asosiy kamchiliklari: qo’pol, ko’p joy egallaydi, ta’mirlash va ekspluatastiya qilish murakkab, ish unumdorligi kichik va issiqlik sarfi katta.
Shaxtali quritkichlar donador, sochiluvchan materiallarni quritish uchun ishlatiladi (5.110-rasm). Issiqlik eltkichni uzatish uchun quritkichning o’qi bo’ylab trubalar o’rnatilgan.




5.110-rasm. Sochiluvchan, donador materiallarni quritish

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling