Quritish mavzu: Barabanli quritish qurilmasini hisoblash
Download 0.52 Mb.
|
QURITISH (Восстановлен) (1)
ma'lum ikki parametr
orqali nam havoning qolgan 5.93b-rasm. I-x diagrammada shudring nuqtasini 5.93c-rasm. I-x diagrammada ho'l termometr aniqlash. I-x diagramma yordamida, nam havoning istalgan ikki parametri orqali qolgan parametrlarini topish mumkin. Masalan: havo temperaturasi t=550S va nisbiy namligi =70% bo’lgan parametrlar uchun nuqta A ni aniqlaymiz (5.93a-rasm). Bu nuqta uchun nam saqlash parametri x=0,0608 kg namlik/kg quruqhavo va entalpiyasi I=207,25 kJ/kg quruqhavo. Shudring nuqtasi. Havoning o’zgarmas nam saqlash parametrida sovishi, uning suv bug`lari bilan butunlay to’yinishi natijasida, havo eki gaz tarkibidagi suv bug`larining kondensastiyalanishi ro’y beradi. Ushbu temperatura shudring nuqtasi deb nomlanadi. 5.93b-rasmda A nuqtaga mos boshlang`ich parametrli havo uchun shudring nuqta V ni grafik usulda aniqlash tasvirlangan. Shudring nuqtasi =100% va nam saqlash x1 larning kesilish nuqtasi V orqali o’tgan izoterma tr sifatida aniqlanadi. Ho’l termometr temperaturasi. Havoning nam material bilan izotermik o’zaro ta’siri natijasida havo soviydi. Bunda, havo materialga o’z issiqligini beradi va nam materialdan havoga o’tayotgan suv bug`larining entalpiyasi hisobiga o’z entalpiyasini orttiradi. Bunday sharoitda temperatura pasayadi, entalpiya esa o’zgarmas bo’ladi. Ushbu izoentalpiya jarayoni havoning suv bug`lari bilan to’liqto’yingunga qadar boradi, ya’ni =100% ga erishadigan temperaturagacha. I-x diagrammada A nuqtadan =100% chizig`ida V nuqta bilan kesishguncha I=const chizig`i o’tkaziladi (5.93v-rasm). Nuqta V orqali o’tadigan, izoentalpiya sharoitida havoning sovish chegarasiga to’g`ri keladigan izoterma tMT – xul termometrning temperaturasi deb nomlanadi. Quritish potenstiali. Havo temperaturasi tv va ho’l termometr temperaturasi tMT larning farqi quritish potenstiali deb ataladi. Ushbu ko’rsatkich havoning materialdan namlikni yutish qobiliyatini xarakterlaydi. Quritish potenstiali qanchalik katta bo’lsa, materialdan namlikning bug`lanish tezligi shunchalik yuqori bo’ladi. Agar, tv= tMT bo’lsa, quritish potenstiali = 0. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling