Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet107/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   184
Bog'liq
Документ

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. Alif, Lom, Mim.


  1. Rum mag'lub bo'ldi


  1. juda yaqin yerda. (Lekin) ular (ya'ni, rumliklar) bu mag'lubiyatlaridan so'ng, albatta, g'alaba qilurlar


  1. bir necha yil ichida. Oldin ham, keyin ham ish Allohnikidir. O'sha kunda mo'minlar shodlanurlar.


  1. Alloh madad bergani sababli. (U) xohlagan kishiga madad berur. U qudratli va rahmlidir!

Izoh: Forslarning rumliklar ustidan qozongan g'alabasi Makka mushriklarini shodlantirdi. Zero, Rumliklar nasroniy dinida bo'lib, ilohiy kitob Injilga amal qilar edilar. Musulmonlar ham ilohiy kitob - Qur'onga amal qilar edilar. Makka mushriklari musulmonlar ustidan kulib, ilohiy kitobga amal qiluvchilar bizga o'xshagan kitobsiz majusiylardan yengildilar, deb turganlarida mazkur xushxabar nozil qilindi.

  1. (Bu) Allohning va'dasidir! Alloh O'z va'dasiga xilof qilmas. Lekin, ko'p odamlar bilmaslar.


  1. Ular oxiratdan g'ofil (bexabar) bo'lgan hollarida faqat dunyo hayotining zohirinigina bilurlar.


  1. Axir, ular o'zlaricha Alloh osmonlar va Yerni hamda ular orasidagi bor narsani faqat haq (hikmat) va belgilangan muddat bilan yaratganini tafakkur qilib ko'rmadilarmi?! Darhaqiqat, odamlarning aksariyati (qayta tirilib) Parvardigorlariga ro'baro' bo'lishni inkor qiluvchidirlar!


  1. Axir, ular yer yuzida sayr etishib, o'zlaridan avvalgi payg'ambarlarni inkor qilib, imonsiz (ketgan) kimsalarning oqibatlari qanday bo'lganini ko'rsalar bo'lmaydimi?! O'shalar bulardan (Makka kofirlaridan) ko'ra quvvatliroq bo'lgan va (o'z) yerlarini bular obod qilganidan ko'ra ko'proq ishlov berib, obod qilgan edilar-ku! Ularga ham o'z payg'ambarlari hujjatlar keltirganlar. Bas, Alloh ularga zulm qiluvchi bo'lmadi, lekin ular o'zlariga zulm qiluvchi bo'ldilar.


  1. So'ngra (oxiratda) Allohning oyatlarini yolg'on deyish va ularning ustidan kulish bilan yomonlik qilgan kimsalarning oqibati yanada yomonroq bo'lur.


  1. Alloh yaratishni boshlar, so'ngra uni (bu yaratishni qiyomatda) takrorlar. So'ngra (hisobkitob uchun) Unga qaytarilursizlar!


  1. Qiyomat qoyim bo'ladigan kunda jinoyatchilar noumid bo'lurlar.


  1. (U kunda) ular uchun but-sanamlari (tomoni)dan oqlovchilar bo'lmas va ular but-sanamlarini inkor eturlar.


  1. Qiyomat qoyim bo'ladigan kun - ana o'sha kunda (mo'minlar bilan kofirlar) bir-birlaridan ajralurlar.


  1. Bas, imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlargina ravza (jannat)da shodlanurlar.


  1. Ammo kufr yo'lini tutgan va oyatlarimizni hamda oxirat muloqotini inkor etgan kimsalar - ana o'shalar (mangu) azobga hozir qilinurlar.


  1. Bas, tunga kirish paytlaringizda ham, tongga kirish paytlaringizda ham Allohga tasbeh aytingiz!


  1. Osmonlar va Yerdagi (bor) hamd Unikidir. Oqshomda ham, peshin paytiga kirishlaringizda ham (tasbeh aytingiz)!


  1. (Alloh) o'likdan tirikni chiqarur, tirikdan o'likni chiqarur va yerni "o'lganidan" keyin (bahorda qayta) "tiriltirur". Sizlar ham (qiyomat kunida qabrlaringizdan) shu tarzda chiqarilursizlar.


  1. Uning alomatlaridan (biri) - U sizlarni (Odamni) tuproqdan yaratgani, so'ngra sizlar basharga aylanib, (yer yuziga) tarqalishlaringizdir.


  1. Uning alomatlaridan (yana biri) - sizlar taskin topishlaringiz uchun o'zlaringizdan juftlar yaratishi va o'rtalaringizda inoqlik va mehribonlik paydo qilishidir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavm uchun alomatlar bordir.


  1. Uning belgilaridan (yana biri) - osmonlar va Yerni yaratishi va sizlarning tillaringiz va ranglaringizni xilma-xilligidir. Albatta, bunda barcha olamlar uchun alomatlar bordir.


  1. Uning belgilaridan (yana biri) - kechasi va kunduzi uxlashlaringiz hamda (kunduzlari) Uning fazli (rizqi)dan istashlaringizdir. Albatta, bunda eshitadigan qavm uchun alomatlar bordir.


  1. Uning belgilaridan (yana biri) - sizlarga (momaqaldiroqdan) qo'rqqan va (yomg'ir yog'ishidan) umidvor bo'lgan holingizda chaqmoqni ko'rsatishi va osmondan suv (yomg'ir) yog'dirib, u bilan yerni "o'lganidan" so'ng "tiriltirishidir". Albatta, bunda aql yurgizadigan qavm uchun alomatlar bordir.


  1. Uning belgilaridan (yana biri) - osmon va Yer Uning amri bilan (fazoda muallaq) turishidir. So'ngra (qiyomatda) U sizlarni (yotgan) yerlaringizdan bir bor chaqirishi bilan barchangiz birdan chiqursizlar.


  1. Osmonlar va Yerdagi (bor) jonzotlar Unikidir. Hammasi Unga bo'yin sunur!


  1. U ilk bor O'zi yaratib, so'ngra (qiyomat kuni) O'zi yana qayta yaratadigan zotdir. U zotga (bu) juda osondir. Osmonlar va Yerdagi eng oliy masal (yaratishdagi oliy namunalik) Unikidir. U qudratli va hikmatlidir.


  1. (Alloh) sizlarga o'zlaringizdan bir misol keltirur: sizlar uchun qo'llaringiz egallagan (qul)laringizdan Biz sizlarga rizq qilib bergan mol-mulkka sherik bo'lib oluvchilar bormiki, sizlar unda barobar bo'lsangiz, holbuki, ulardan go'yo o'zlaringizdan qo'rqqanday qo'rqursizlar! Aql yurgizadigan qavm uchun oyatlarni mana shunday keng bayon qilurmiz!

Izoh: Ya'ni qo'l ostingizdagi qullaringiz sizlardagi boyliklarga va boshqa barcha imkoniyatlaringizga sherik bo'lib, ularga sizlardek ega bo'lib olishlarini xohlamaganingizdek, Alloh taolo ham o'z bandalarining ilohiyatda Unga sherik bo'lishlarini xohlamas. Ya'ni, shirk keltirishni U zinhor qabul etmas.

  1. Yo'q, zolim kimsalar biror bilim (hujjat)siz havoyi nafslariga ergashdilar. Bas, Alloh yo'ldan ozdirgan kimsani kim hidoyat qila olur?! Ular uchun (oxiratda) yordam beruvchilar ham bo'lmas!


  1. Bas, (ey, Muhammad,) yuzingiz (o'zingiz)ni doimo to'g'ri bo'lgan dinda (Islomda) tuting! Insonlarni o'sha asosda yaratgan Allohning yaratuvchiligini (anglangiz!) Allohning yaratishiga o'zgartirish yo'q. Eng to'g'ri din shudir! Lekin ko'p odamlar bilmaslar.


  1. Unga o'zingizni topshirgan hollaringizda (dinini mahkam tutinglar) va Undan qo'rqinglar hamda namozni mukammal ado etinglar, mushriklardan bo'lmanglar!


  1. Ular (mushriklar) dinlarini bo'lib yuborib, (turli) firqalarga ajralgandirlar. Har bir firqa o'z nazdilaridagi narsa bilan shoddirlar.


  1. Qachonki, (dinsiz) odamlarga biror ziyon yetsa, Parvardigorlariga qaytib, unga iltijo qilurlar, so'ngra qachonki, (Alloh) ularga O'z tomonidan marhamatni tottirib qo'ysa, bexos ulardan bir guruhi Parvardigorlariga shirk keltira boshlaydilar.


  1. Ular Biz ato etgan ne'matlarga noshukrlik qilaversinlar! Bas, (ey, mushriklar,) foydalanib qolinglar! Bas, yaqinda (haqiqatni) bilib olursizlar!


  1. Yoki Biz ularga (osmondan) ularning shirk keltirishlarini (to'g'ri deb) so'zlaydigan biror hujjat nozil qildikmi?!


  1. Qachonki, Biz odamlarga biror marhamat tottirsak ular bundan shodlanadilar. Agar o'z qilmishlari sababli ularga biror yomonlik (musibat) yetsa, birdaniga ular noumid bo'la boshlaydilar.


  1. Allohning xohlagan kishilar rizqini farovon qilishi va (boshqalar rizqini) tang qilishini ko'rmadilarmi?! Albatta, bunda imon keltiruvchi qavm uchun alomatlar bordir!


  1. Bas, qarindosh haqqini ado eting! Miskin va musofir haqqini ham. Ana shu Allohning "yuzi"ni istaydiganlar uchun yaxshidir! Aynan o'shalar iqbollidirlar!


  1. Odamlarning mol-mulki ko'paysin deb sizlar bergan ribo (foiz)laringiz, Alloh nazdida (hech narsani) ko'paytirmaydi! Allohning "yuzi"ni maqsad qilib bergan zakotingiz esa, bas, aynan o'shalar ko'paytiruvchilardir!


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling