Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida
Download 0.71 Mb.
|
Документ
Izoh: Ya'ni o'zim da'vat qilayotgan dinga o'zim birinchi bo'lib kirganman.
Ayting: "Allohdan o'zga parvardigor qidirayinmi, vaholanki, U har narsaning Rabbi bo'lsa?!" Har bir jon (egasi) faqat o'zi uchun ish qiladi. (Hech bir) ko'taruvchi (gunohkor) o'zga (jon)ning yuki (gunohi)ni ko'tarmaydi. So'ngra qaytish joyingiz Alloh huzuridir. O'shanda sizlarga kelisha olmay yurgan (ish)laringizdan xabar berur. U sizlarni Yerning xalifalari qilib qo'ygan va ato etgan (ne'mat)larida sizlarni sinash uchun ba'zilaringizni ba'zilaringizdan (yuqori) darajalarga ko'targan zotdir. Albatta, Rabbingiz jazoda tezkor va U kechirimli va rahmlidir. A'ROF SURASI Anfol - o'ljalar. A'rof - jannat bilan do'zaxni ajratib turadigan maydon, arasot. Bu maydonda jannatga ham do'zaxga ham loyiq topilmagan kimsalar ma'lum muddat, ya'ni, vaqti-soati kelib, Alloh taolo ularni jannatga ravona qilishiga umid bog'lab tururlar. Surada Nuh, Hud, Solih, Lut, Shuayb va Muso payg'ambarlarning qissalari, tavhid, imone'tiqod, qiyomat, hisob-kitob masalalari va boshqa muhim ma'lumotlar beriladi. Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). Alif, Lom, Mim, Sod. (Bu Qur'on) Sizga nozil qilingan Kitobdir. U bilan (ummatingizni) ogohlantirishingizda ko'ksingizda undan tanglik (shak) bo'lmasin. U (Qur'on) mo'minlar uchun eslatma hamdir. Rabbingizdan sizlarga nozil qilingan narsa (Qur'on ta'limoti)ga ergashingiz, undan boshqa "do'stlar"ga ergashmangiz! Eslatmadan juda kam ta'sirlanmoqdasizlar. Qanchadan-qancha qishloq (ahli)ni halok qildik - ularga azobimiz tun yoki kun uyqusida ekanliklarida keldi. Ularga azobimiz kelganda duolari: "Biz o'zimiz zolim edik", - deyishdan o'zga bo'lmadi. Albatta, (payg'ambar) yuborilganlar bilan ham, payg'ambarlar bilan ham savol-javob qilurmiz. Ularga, albatta, (qilmishlarini) bilgan holda so'zlab berurmiz. Biz g'oyib emasmiz. O'sha kuni vazn (amallarni o'lchab tortishlik) haqiqatdir. Kimning mezonlari (amallari) og'ir kelsa, aynan o'shalar tolei yor kishilardir. Kimning mezonlari (amallari) yengil kelsa, ana o'shalar oyatlarimizga zulm (inkor) qilganlari sababli, o'zlariga ziyon qilganlardir. Albatta, sizlarni Yerda qaror toptirdik va unda sizlar uchun maishiy vositalarni (paydo) qildik. (Lekin) juda oz shukr qilursizlar. Albatta, (Biz) sizlarni (Odam Atoni) yaratdik, so'ngra sizlarga (unga) suvrat berdik, so'ngra farishtalarga: "Odamga sajda qilinglar!" - dedik. (Ular) sajda qildilar, illo Iblis sajda qiluvchilardan bo'lmadi. (Alloh) aytdi: "Senga buyurganimda sajda qilishingga nima mone'lik qildi?" U dedi: "Men undan yaxshiman, meni olovdan yaratgansan. Uni (Odamni esa) loydan yaratding". Aytdi: "Undan (jannatdan) chiq! U yer (jannat)da takabburlik qilishing senga (joiz) emas. Bas, chiq! Albatta, sen haqirlardandirsan. " (U) dedi: "Meni (insonlar) tiriltiriladigan kungacha kechiktir!" Izoh: Ya'ni to qiyomatgacha meni jazolamay tur. Aytdi: "Albatta, sen kechiktirilganlardansan". U (alamidan) dedi: "Qasamyod etamanki, meni yanglishtirganing tufayli Sening To'g'ri yo'ling (Islom dini) uzra ular (odamlarni chalg'itish) uchun o'tiraman. So'ngra, ularga oldilaridan, ortlaridan, o'ng tomonlaridan va so'l tomonlaridan (chalg'itish uchun) kelaman. (Natijada) ularning aksariyatini shukr qiluvchi holda topmaysan". Aytdi: "Undan (jannatdan) ayblangan va haydalgan holingda chiq! Qasamyod etamanki, kimki senga ergashsa, sizlarning barchangiz bilan jahannamni to'ldirajakman". (Biz dedik): "Ey, Odam! Jufting (Havvo) bilan jannatda turingiz va xohlagan joyingizdan tanovul qiling! Faqat ushbu daraxtga (mevasidan yeyish uchun) yaqinlashmangiz. Aks holda zolimlardan bo'lursiz!" So'ngra shayton ularning yopilgan avratlarini ochib yuborish (sharmanda qilish) uchun ikkisiga vasvasa qildi* va aytdi: "Rabbingiz sizlarni farishtalarga aylanib qolmasinlar yoki (jannatda) mangu qoluvchilardan bo'lmasinlar debgina sizlarni ushbu daraxtdan man etdi". Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling