Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet67/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: Soxta qondan murod kiyimlarini bir qo'zichoq qoniga bo'yab kelganlaridir.

  1. (Yusuf uch kun yotgach) bir karvon keldi. Suv keltiruvchini yuborgan edilar, u chelagini (quduqqa) tushirgach: "Xushxabar! Bu bola-ku!" -dedi. Uni matoh sifatida maxfiy tutdilar. Alloh esa qilayotgan ishlarini biluvchidir.

Izoh: Matoh sifatida bozorga olib borib sotib yuborish niyatida yashirib qo'ydilar.

  1. Uni (Misrda) arzon - sanoqli dirhamlarga sotdilar va (bu ishda go'yo) tarki dunyochilardan bo'ldilar.


  1. Misrda uni sotib olgan kishi (shahar hokimi Qitfir) xotini (Zulayxo)ga: "Unga yaxshi joy ber, zora bizga foydasi tegsa yoki o'g'il qilib olsak", - dedi. Shunday qilib, Yusufni yerga (Misrga) joylashtirdik va gaplar (tushlar yoki ilohiy kitoblar) ta'vili (mazmuni)ni bildirishimiz uchun (shunday qildik). Alloh (O'z) ishida g'olibdir, lekin odamlarning aksariyati (buni) bilmaydilar.


  1. Voyaga yetgach, unga hukm (hakamlik) va ilm ato etdik. Chiroyli ish qiluvchilarni shu tarzda mukofotlaymiz.


  1. U (Yusuf) uyida bo'lgan ayol (Zulayxo) undan nafsi (jinsiy yaqinlik qilishi)ni talab qildi va eshiklarni qulflab: "Qani kel!" -dedi. (Yusuf) dedi: "Alloh saqlasin! Axir, u (ering) xojam-ku?! Menga yaxshi joy bergan bo'lsa?! Zolimlar, zotan, iqbolsiz bo'lurlar!"

Izoh: Oyatdagi "zolimlar"dan murod xoinlar yoki zinokorlardir.

  1. (Zulayxo) unga moyil, u (Yusuf dili) ham bunga moyil bo'lgandi*. Agar Rabbining hujjatini* ko'rmaganda (bo'lar ish bo'lar edi). Shu tarzda undan yomonlik va fahshni burib yubordik. Albatta, u (dili) xolis bandalarimizdandir.

Izoh: Yusufdagi moyillik dilda hosil bo'ladigan, lekin uni ijro etish niyati bo'lmagan moyillik edi. Zulayhodagi moyillik esa uni amalga oshirish niyati bilan edi. Izoh (a): Rabbining hujjati - otasining siymosi, ya'ni mazkur moyillik paydo bo'lgan zahoti bexos ko'zlariga otasi Ya'qub (a. s.) ning yuzlari ko'rinib, go'yo "bu ishdan qayt!" - degandek tuyuldi.

  1. (Ikkisi) eshik tomon quvlashib ketdi (Yusuf qochdi, u quvdi) va (Zulayxo) uning ko'ylagini orqa tomondan yirtib yubordi. Eshik oldida xojasi (eri)ga yo'liqdilar. (Zulayxo) dedi: "Oilangga yomonlikni ravo ko'rgan kishining jazosi faqat hibsga olinish yoki alamli azobdir".


  1. (Yusuf) dedi: "Uning o'zi mendan nafsim (jinsiy yaqinlik qilishim)ni talab qildi". Uning

(Zulayxoning) qarindoshlaridan biri* guvohlik berib: "Agar uning ko'ylagi old (tomon)dan yirtilgan bo'lsa, u (Zulayxo) rost so'zlagan, u (Yusuf) esa yolg'onchilardandir.
Izoh: Guvohlik bergan qarindoshi o'z amakisining norasida o'g'li edi.

  1. Bordiyu ko'ylagi orqa (tomon)dan yirtilgan bo'lsa, u (Zulayxo) yolg'on so'zlagan, u esa rostgo'ylardandir".


  1. (Zulayxonining eri uning) ko'ylagi orqa tomonidan yirtilganini ko'rgach: "Albatta, bu siz (ayollar)ning makrlaringizdir. Haqiqatan, sizlarning makringiz ulkandir.


  1. Yusuf! Bu (ish)ni qo'ygin, sen esa (ey, Zulayxo) gunohing uchun kechirim so'ra. Zero, sen yanglishganlardan bo'lding", - dedi.


  1. Shahardagi ayollar: "Hokimning xotini o'z xizmatkori bilan o'ynashmoqchi bo'libdi. Yuragidan urib qo'yibdi. Albatta, biz uni aniq adashganlikda deb bilurmiz", - dedilar.


  1. Bas, (Zulayxo) ularning makrlarini eshitgach, ular huzuriga (odam) yubordi va ularga suyanib o'tiradigan joy hozirladi hamda ulardan har biriga bittadan pichoq berib (Yusufga): "Ular huzuriga chiqqin!" - dedi. Bas, uni ko'rishgach, unga mahliyo bo'ldilar va qo'llarini kesib oldilar hamda : "YO, Alloh! Bu bashar emas! Bu (azizu) mukarram farishtaning o'zginasi-ku!" - dedilar.


  1. (Zulayxo) dedi: "Meni u to'g'rida malomat qilganlaring shu (yigit)dir. Haqiqatan, undan nafsi (jinsiy yaqinligi)ni talab qilganimda, u saqlandi. Qasamki, agar (u) mening buyrug'imni bajarmas ekan, albatta, u zindonband qilinib, haqirlardan bo'lib qolur".


  1. (Yusuf) dedi: "Ey, Rabbim! Menga taklif etishayotgan narsadan ko'ra zindon ma'qulroqdir. Agar ularning makrlarini mendan darig' tutmasang, ularga moyil bo'lib, johillardan bo'lib qolurman".


  1. Bas, Rabbi (duosini) ijobat qildi va u (ayol)larning makrlarini undan bartaraf etdi. Albatta, U eshituvchi va biluvchidir.


  1. So'ngra ularga (Misr hokimi va uning a'yonlariga) alomatlarni ko'rganlaridan so'ng uni (ma'lum) bir vaqtgacha zindonband qilib turish (fikri) paydo bo'ldi.


  1. Zindonga u bilan birga yana ikki yigit (tuhmat bilan) tushdi. Ulardan biri (soqiy bo'lgani): "Men tushimda may tayyorlayotgan emishman", - dedi. Unisi (shohning nonvoyi) esa: "Men boshimda non ko'tarib turgan emishman. Qushlar undan yeyayotgan emish. Sen bizga shuning ta'birini aytib ber! Zero, biz seni ezgu ish qiluvchilardan ekaningni ko'rib turibmiz", - dedi.


  1. (Yusuf) aytdi: "Men sizlarga ozuqa bo'ladigan taom oldingizga kelishidan burun uning (qandayligi) ta'vilini aytib berurman. Bu Rabbimning menga bildirgan narsalaridandir. Men Allohga imon keltirmaydigan va oxiratni inkor etuvchi qavm dinini tark etdim.


  1. Shuningdek, ajdodlarim Ibrohim, Ishoq va Ya'qublarning diniga ergashdim. Biz uchun Allohga biror narsani sherik qilish mumkin emasdir. Bu Allohning bizlarga va odamlarga (nisbatan) fazlidir, lekin aksariyat odamlar shukr qilmaydilar.


  1. Ey, ikki hamzindonlarim! Turli-tuman "ilohlar" yaxshimi yoki yagona va g'olib Allohmi?


  1. Sizlar Uni qo'yib, o'zlaringiz va ota-bobolaringiz atab olgan nomlar (but-sanamlar)gagina

sig'inyapsizlar. Ularga Alloh biror hujjat tushirmagan bo'lsa?! (Ibodat va din to'g'risidagi) hukm faqat Alloh ixtiyoridadir. (U) O'zidan boshqaga sig'inmaslikka buyurgan. To'g'ri din - mana shu! Lekin odamlarning aksariyati (buni) bilmaydilar.
Izoh: Demak, inson bilim olish imkoniyatiga ega bo'laturib, bilishga harakat qilmasa va bilmaganidan gunoh ish qilib qo'ysa ham gunoh yoziladi. Bilmasligi uzr bo'lmaydi.

  1. Ey, ikki hamzindonlarim! Endi, sizlarning biringiz (ko'rgan tush)ga kelsak, (u ozod etilib, yana) xojasiga soqiylik qilur. Unisi bo'lsa, (dorga) osiladi va uning boshidan qushlar (cho'qib) yerlar. Sizlar javobini so'ragan ish bitdi".


  1. Ikkovidan xalos topuvchi deb hisoblagan (soqiyga Yusuf): "Xojang huzurida meni yod et!" - dedi. Lekin, shayton xojasiga aytishni unuttirdi. Natijada (Yusuf) bir necha yil zindonda qoldi.

Izoh: yetti yil.

  1. Shoh dedi: "Men tushimda yettita ozg'in sigir yettita semiz sigirni yeyayotganini va yettita yashil boshoq bilan birga boshqa (yettita) qurigan boshoqlarni ko'rdim. Ey, a'yonlar! Agar tush ta'birini aytuvchi bo'lsangiz, tushim to'g'risida fatvo (javob) beringiz-chi!"

Izoh: Shohning nomi Rayyon ibn Valid edi.

  1. (A'yonlar) aytdilar: "(Bu) alag'da tushlar. Biz (bunday) tushlar ta'biriga olim emasmiz".


  1. Ikki (mahbuslar)dan ozod bo'lgani allaqancha muddat o'tgach, (Yusuf) yodiga tushib dedi: "Uning ta'birini men aytib berurman. Meni (Yusuf huzuriga) yuboringiz!"


  1. (U borib dedi): "Yusuf! Ey, rostgo'y odam! Bizga yettita ozg'in sigir yettita semiz sigirni yegani hamda yettita yashil boshoq bilan birga turgan boshqa (yetti) quruqlari to'g'risidagi (tush) fatvosi (ta'biri)ni aytib bergin. Shoyad odamlar oldiga borsam va zora, ular ham (buni) bilib olishsa".


  1. (Yusuf) aytdi: "Odatlaring bo'yicha yetti yil ziroat qilaveringiz. Olgan hosilingizni (omborda) boshog'i bilan qoldiringiz. Faqat ozgina o'zlaring yeydiganini (yanchib olingiz).


  1. So'ngra, undan keyin qattiq yetti (yil) keladi va shu (qahatchilik yil)lar uchun g'amlab qo'ygan zaxirangizni yeb ketadi. Faqat ozgina asrab qo'yganingizdan (qolur).


  1. So'ngra, undan keyin bir yil kelib, odamlar unda yomg'irga serob bo'lurlar va unda (mevalardan) sharbat olurlar".


  1. Shoh, (bularni eshitib): "Uni huzurimga olib kelingiz!" - dedi. Chopar kelgach, u (Yusuf) dedi: "Xojang huzuriga qaytib borginda, undan qo'llarini kesib olgan ayollar nima bo'lganini so'ra! Albatta, Rabbim ularning makrlarini biluvchidir".


  1. (Shoh ayollarni topib) dedi: "Yusufdan shahvoniy mayllik talab qilganingizda ne bo'lgan edi?" Aytdilar: "Alloh saqlasin! Uning biror yomonligini bilmadik". Hokimning xotini (Zulayxo) dedi: "Mana endi, haqiqat ro'yobga chiqdi. Undan men (jinsiy) mayllik talab qilgan edim. U, haqiqatan, (so'zida) sodiqlardandir".


  1. (Shundan keyingina Yusuf dedi): "Buni men (shahar hokimi) g'oyibligida unga xiyonat qilmaganimni va Alloh xiyonatchilar makrini ravo qilmasligini (shoh ham) bilishi uchun (qildim).


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling