Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet66/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   184
Bog'liq
Документ

Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan boshlayman.

  1. Alif, Lom, Ro. Ushbular aniq Kitobning oyatlaridir.


  1. Albatta, Biz uni (Kitobni) anglashlaringiz uchun arabiy Qur'on tarzida nozil qildik.


  1. Biz Sizga ushbu Qur'on (surasi)ni vahiy qilishimiz bilan birga go'zal qissani aytib berurmiz. Siz esa undan (vahiydan) oldin bexabarlardan (biri) edingiz.


  1. Eslang, Yusuf (o'z) otasi (Ya'qub)ga dedi: "Ey, otajon! Men (tushimda) o'n bitta yulduz, quyosh va oyning menga sajda qilgan hollarida ko'rdim".


  1. (Otasi) aytdi: "Ey, o'g'ilcham! Tushingni akalaringga* so'zlab bermagin! Aks holda senga qattiq makr qilishadi. Zero, shayton insonga aniq dushmandir*.

Izoh: Akalarining ismlari - Rubil, Sham'un, Loviy, Yahudo, Zabulun, Yashjar bo'lib, bu oltovlon Ya'qub (a.
s.)ning Layyo degan xotini (tog'asining qizi)dan tug'ilgan. Yana Zulfa va Balha degan cho'rilaridan to'rt o'g'il - Don, Naftoli, Jod, Oshar. Layyo vafot etgandan keyin uning singlisi Rohilga uylanadilar. Undan Yusuf va Binyomin tug'iladi. Hammasi bo'lib Yusufning 10 akasi va bir ukasi bo'lgan. Shu o'nikki birodarlarni "Asbot" deyiladi. Izoh (a): Ya'qub (a. s.) Yusufni aqlzakovati, husnu-siyrati, axloq-odobi yuqori darajada bo'lganidan juda sevar edi. Bu mehrni payqagan akalari Yusufga hasad qilishar edi. Shuning uchun ko'rgan tushini bilsalar, rashk va hasadlari yanada oshib ketmasin, deb, uni ogohlantirib qo'ydi.

  1. Shu (tushingda ko'rganing) kabi Rabbing seni tanlab oladi, senga gaplar (tushlar yoki ilohiy kitoblar) mazmunini o'rgatadi va ikki bobolaring - Ibrohim va Ishoqqa to'la bergani kabi, senga va Ya'qub nasliga (O'zining) ne'matini to'la baxsh etadi. Albatta, Rabbing bilim va hikmat egasidir".


  1. Haqiqatan, Yusuf va (uning) akalari (qissasi)da so'rovchilar uchun alomatlar bordir.


  1. O'shanda (akalari) aytdilar: "Yusuf va uning ukasi (Binyamin) otamizga bizdan ko'ra suyukliroqdir. Vaholanki, biz bir to'p (ko'pchilik)miz. Haqiqatan, otamiz aniq gumrohlik uzradir. "


  1. (Bir-birlariga): "Yusufni o'ldiringiz yoki uni biror yerga chiqarib tashlangiz, shunda otangiz o'zi sizlarga ortar (faqat sizlarga mehr qo'yar). Undan keyin (yana) solih (kishi)lar qavmi bo'lursizlar".

Izoh: Bu maslahatni Sham'un ismli akasi yoki shayton bergan degan rivoyatlar bor.

  1. Ulardan bir so'zlovchi dedi: "Yusufni o'ldirmangiz, balki agar qilmoqchi bo'lsangiz, uni quduq qa'riga tashlangiz, (shunda) uni ba'zi yo'lovchilar olib ketar!"


  1. Dedilar: "Ey, otamiz! Nechun Siz Yusufni bizga ishonmaysiz? Axir, biz unga juda xayrixohmiz-ku!


  1. Ertaga uni biz bilan birga jo'nating, yayrab o'ynasin! Biz uning uchun qo'riqlovchilarmiz".


  1. (Ya'qub) dedi: "Uni olib ketishingiz meni juda tashvishlantiradi, sizlar undan g'aflatda bo'lgan chog'laringda uni bo'ri yeb qo'yishidan qo'rqaman".


  1. Aytdilar: "Agarda biz bir to'da bo'la turib, uni bo'ri yeb ketsa, unda biz rosa ziyon ko'ruvchilar bo'lib qolamiz-ku?!"


  1. Bas, uni olib ketishgach va uni quduqning qa'riga tashlashga kelishib olishgach (uni amalga oshirdilar), (Biz) unga: "Akalaringga bu ishlari to'g'risida (kezi kelganda), albatta, xabar berursan, lekin ular (haqiqatni) sezmaydilar", - deb vahiy qildik.


  1. Otalari huzuriga oqshom paytida yig'lab kelishdi.


  1. Aytdilar: "Ey, otamiz! Biz Yusufni matohlarimiz oldida qoldirib quvlashib ketsak, uni bo'ri yeb ketibdi. Rost gapirsak ham, (baribir) siz bizga ishonuvchi emassiz".


  1. Uning ko'ylagi uzra soxta qon bilan keldilar. (Ya'qub) dedi: "Yo'q! Sizlarni (o'z) nafsingiz (bunday mudhish) ishga undagan. Bas, (mening burchim) chiroyli sabrdir. Sizlar tavsiflayotgan narsa ustidan Alloh (menga) madadkordir".


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling