Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida
Download 0.71 Mb.
|
Документ
Izoh: Ehtimolki, osmondan yoki farishtalar ichidan chiq, degan bo'lsa.
To jazo kuni (qiyomat)gacha senga la'nat bo'lur". (U) dedi: "Ey, Rabbim, u holda menga (ular) qayta tiriladigan kungacha muhlat bergin". (Alloh) dedi: "Bas, sen muhlat berilganlardansan ma'lum vaqt (qiyomat) kunigacha". (Iblis) aytdi: "Ey, Rabbim, qasamki, endi meni yo'ldan ozdirganing sababli, albatta, ularga (Odam bolalariga) yerdagi (barcha gunoh ishlarni) chiroyli ko'rsatib qo'yurman va albatta, ularning hammalarini yo'ldan ozdirurman. Illo ularning orasidagi ixlosli bandalaringgina (bundan mustasnodirlar). (Alloh) dedi: "Mening zimmamdagi To'g'ri yo'l shudir. Mening bandalarim ustidan sen uchun hech qanday saltanat (hukmronlik) yo'qdir, illo senga ergashgan gumrohlarnigina (yo'ldan ozdira olursan)". Ularning barchalari uchun va'da qilingan joy jahannamdir. Uning yetti darvozasi bo'lib, har bir darvoza uchun ularning bir to'dasi taqsimlangan. Izoh: Do'zax yoki jahannamning yetti darvozasi deganda, uning yetti qavati tushunilishi lozim. Birinchi qavatiga vaqtincha tushgan gunohkor mo'min-musulmonlar, ikkinchisiga Muhammad (a. s.) ga imon keltirmagan yahudiylar, uchinchisiga shu kabi nasroniylar, to'rtinchisiga sobiiynlar, beshinchisiga majuslar, oltinchisiga mushriklar, do'zaxning eng qa'ri sanalmish to'qqizinchisiga esa munofiqlar tushgaylar. Taqvodorlar esa, albatta, bog'lar va chashmalardadirlar. "U (yer)ga sog'-salomat, tinch-omon kiringlar" (deyilur). Biz (jannatdagi) so'rilarda birodarona, bir-birlariga ro'baro' o'tirganlarning dillaridagi gina(kuduratlar)ni chiqarib tashlaymiz. U joyda ularga charchoq yetmas va ular u joydan chiqariluvchi ham emaslar! (Ey, Muhammad,) bandalarimga bildirib qo'yingki, albatta, Men O'zim kechirimli va rahmlidirman. Shuningdek, Mening azobim eng alamli azobdir. Yana ularga Ibrohimning mehmon(lar)i haqida xabar bering! O'shanda ular uning huzuriga kirib: "Salom", - dedilar. (Taomga qo'l cho'zishmagach,) u: "Biz sizlardan qo'rqmoqdamiz (Kimsizlar o'zi)?" - dedi. Ular dedilar: "Qo'rqmagin (biz farishtalarmiz). Biz senga bir bilimdon o'g'il (ya'ni, Ishoqni) xushxabarini yetkazurmiz". U dedi: "Menga keksalik yetgan paytida (farzand ko'rishim haqida) xushxabar keltirdingizmi? Endi menga (bu yoshimda) nimaning ham xushxabarini berursizlar?" Ular aytdilar: "Biz senga rostdan ham (farzand ko'rishing) xushxabarini keltirdik. Bas, sen umidsizlardan bo'lmagin!" U dedi: "Parvardigorining rahmatidan faqat gumroh kimsalargina noumid bo'lurlar". (So'ngra, ularga qarab) dedi: "Ey, elchilar! Arzingiz ne?" Ular dedilar: "Bizlar bir jinoyatchi qavmga (Lut qavmiga, ularni halok qilish uchun) yuborilganmiz. Lekin biz Lutning butun oilasini qutqaruvchidirmiz. Faqat uning xotiniga (najot yo'qdir)". (Chunki Biz - Alloh) uning (azob-uqubatda) qoluvchilardan bo'lishini taqdir qilib qo'yganmiz. Qachonki, Lut oilasiga elchilarimiz kelgach, U (Lut) dedi: "Sizlar notanish qavmsiz". (Ular) dedilar: "Yo'q! (aksincha, biz) senga ular (ya'ni, qavming) shak qilayotgan narsani (Allohning azobini) keltirdik. Biz senga (azobni) haqiqatan keltirdik. Biz, albatta, rostgo'ydirmiz. Endi sen tunning bir qismida oilang bilan yo'lga tush va o'zing ularning ortida yur. Sizlardan biror kishi atrofga alanglamasin va (sizlar) buyurilgan tarafga qarab ketaveringlar!" Biz unga (Lutga) tong paytida ana o'shalar (kofirlar)ning dumi qirqilishi (halok bo'lishi) haqidagi mana shu farmonni vahiy qildik. Shahar aholisi (mehmonlarni eshitib) xursand bo'lgan hollarida keldilar. (Chunki ular bachchabozlik illatiga mubtalo bo'lgan edilar. ) (Shunda Lut) dedi: "Bu (yigit)lar mening mehmonlarimdir. Meni sharmanda qilmanglar. Allohdan qo'rqinglar! Meni rasvo qilmanglar!" Aytdilar: "Biz seni barcha olam (odamlarni himoya qilish)dan qaytarmaganmidik?!" (Lut) dedi: "Agar (shu ishni) qiluvchi bo'lsangizlar, ana qizlarim! (O'shalarni nikohlaringizga olaveringlar)". (Ey, Muhammad,) umringizga qasamki, ular o'z "mastliklarida" tentirab yurar edilar. Tong paytida (to'satdan) ularni dahshatli qichqiriq tutdi. Bas, Biz u shaharni ostin-ustun qilib yubordik va ularning ustiga sopoldan (yasalgan) tosh yog'dirdik. Albatta, bu (hodisa)da farosatli kishilar uchun alomatlar bordir. Darvoqe, u (shahar) doimiy yo'l ustidadir. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling