Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet77/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: Jihod so'zining izohi uchun Niso surasi, 95-oyat va tavba surasi, 88-oyat izohlariga qaralsin.

  1. Har bir jon (egasi) faqat o'zi uchun tortishadigan va har bir jon (egasi) qilgan amalining (mukofotini) zulm qilinmagan holda to'la oladigan Kunni (eslang).


  1. Alloh bir shaharni (ya'ni, Makkani) misol keltirur: u tinch, sokin (shahar) edi, har tomondan rizqi kengu mo'l kelib turar edi. Bas, u (aholisi) Allohning ne'matiga noshukrlik qilgach, Alloh unga (aholisiga) bu "hunarlari" sababli ochlik va xavf libosi (balosi)ni totdirib qo'ydi.


  1. Darhaqiqat, ularga o'zlaridan (chiqqan) bir payg'ambar kelganida, uni yolg'onchiga chiqarishgach, zolim bo'lgan hollarida ularni azob tutdi.


  1. Bas, (ey, mo'minlar,) Alloh sizlarga rizq qilib bergan narsalarning poklarini yenglar hamda, agar Allohga ibodat etuvchi bo'lsangizlar, Uning ne'matlariga shukr qilinglar!


  1. U sizlarga o'limtikni, qonni, cho'chqa go'shtini va Allohdan o'zgaga atalib so'yilgan narsalarnigina harom qildi. Bas, kimki zulm qilmagan va haddan oshmagan holda zaruratga uchrasa (mazkur narsalardan o'lmagudek miqdorda yesa), bas, albatta, Alloh kechiruvchi va rahmlidir.


  1. Alloh nomidan yolg'on to'qib, tillaringizga kelgan yolg'onni gapirib: "Bu halol, bu harom" deyavermanglar! Chunki, Alloh sha'niga yolg'on to'qiydigan kimsalar sira najot topmaslar.


  1. (Unday kimsalar uchun dunyoda) ozgina rohat (bo'lur). (Oxiratda esa) ular uchun alamli azob bordir.


  1. (Ey, Muhammad,) yahudiy bo'lgan kimsalarga ilgari (An'om surasida) Sizga Biz so'zlab bergan narsalarni harom qildik. Biz ularga zulm qilmadik, balki ular o'zlariga (o'zlari) zulm qiluvchi bo'ldilar.

Izoh: Yana An'om surasi 119, 138, 146, 147, 148, 151-oyatlariga qaralsin.

  1. So'ngra (bilingki), albatta, Rabbingiz, bilmagan holda gunoh qilib qo'yib, keyin tavba qilgan va o'zlarini tuzatgan kishilar uchun, shubhasiz, o'sha (tavbalari)dan so'ng Rabbingiz kechirimli va rahmlidir.


  1. Albatta, Ibrohim Allohga itoat qiluvchi, haq yo'ldan chalg'imagan bir ummat (imom) edi. Mushriklardan emas edi.


  1. (Allohning) ne'matlariga shukr qiluvchi edi. (Alloh) uni (payg'ambarlikka) tanlab, To'g'ri yo'lga hidoyat etdi.


  1. Unga bu dunyoda ezgulik ato etdik. Albatta, u oxiratda ham solihlardandir.


  1. So'ngra, (Ey, Muhammad,) Sizga haq yo'ldan chalg'imagan Ibrohimning diniga ergashing, u mushriklardan emas edi, deb vahiy yubordik.


  1. "Shanba" (u kunni ulug'lash) faqatgina u kun haqida ixtilof qilgan kimsalarning (Isroil avlodining) zimmasiga (farz) qilingan edi. Albatta, Rabbingiz qiyomat kuni ularning o'rtasida o'zlari ixtilof qilib o'tgan narsalar to'g'risida hukm qilur.

Izoh: Ya'ni ularning shanba bilan juma kuni to'g'risidagi nizolarni Alloh taolo qiyomat kuni hal etur.

  1. (Ey, Muhammad,) Rabbingizning yo'li (dini)ga hikmat va chiroyli nasihat bilan da'vat qiling! Ular bilan eng go'zal uslubda munozara qiling! Albatta, Parvardigoringizning o'zi Uning yo'lidan chalg'igan kimsalarni yaxshi biluvchi va U hidoyat topganlarni ham biluvchiroqdir.


  1. (Ey, imon keltirganlar,) agar intiqom olmoqchi bo'lsangizlar, u holda faqat sizlarga yetkazilgan ziyon barobarida intiqom olingiz! Agar (intiqom olmay) sabr qilsangizlar, albatta, bu sabr qiluvchi kishilar uchun yaxshiroqdir.


  1. (Ey, Muhammad!) Sabr qiling. Sabr qilishingiz esa faqat Alloh (yordami) bilangina mumkindir.

Ularga (ya'ni, mushriklarning qilmishlari sababli) g'amgin bo'lmang! Ularning makr qilishlaridan siqilmang ham!

  1. Zotan, Alloh taqvoli bo'lganlar va ezgu ish qiluvchilar bilan birgadir.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling