Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet79/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: Ya'ni Allohga yaqin do'st bo'lib, undan madad olish niyatida, uni izlagan bo'lur edilar.

  1. Ular aytgan narsadan U pok va nihoyat darajada yuksakdir.


  1. Yetti osmon, Yer va ulardagi bor jonzot Unga tasbeh aytur. Mavjud bo'lgan barcha narsa hamd bilan Unga tasbeh aytur. Lekin sizlar ularning tasbehlarini anglamaysizlar. Darhaqiqat, U halim va kechirimli zotdir.


  1. (Ey, Muhammad,) Ciz Qur'on qiroat qilganingizda, Biz Siz bilan oxiratga ishonmaydiganlar o'rtasiga yopiq parda tortib qo'yurmiz.


  1. Shuningdek, (Qur'onni) anglay olmasinlar deb ularning dillarida to'siqlar va quloqlarida og'irlik (karlik) paydo qilurmiz. Qachonki, Siz Qur'onda yolg'iz Rabbingizni zikr qilsangiz, (mushriklar) orqalariga burilib keturlar.


  1. Biz ularning Sizga (qiroatingizga) quloq tutayotgan paytlarida nima sababdan quloq tutayotganlarini va zolimlar o'zaro shivirlashib, (mo'minlarga): "Aniqki, sehrlangan va aqldan ozgan kishiga ergashmoqdasizlar", -deyayotganlarini juda yaxshi bilurmiz.


  1. (Ey, Muhammad,) ular Sizning haqingizda (sehrlangan, majnun, shoir deb) qanday misol keltirganlarini, bas, adashib, so'ng yo'lni topa olmayotganlarini ko'ring!


  1. Ular: "Suyak va (chirik) murdalarga aylanib ketgach, haqiqatan ham yangitdan yaralib, tirilurmizmi?!" - deydilar.


  1. Ayting: "Xoh tosh yo temir bo'linglar.


  1. Yoki ko'ngillaringizda (tirilishi) qiyin bo'lgan boshqa biror maxluq bo'linglar, (bari bir Alloh sizlarni tiriltirur)". Hali ular: "Bizlarni kim qayta tiriltira olur?" - deydilar. "Sizlarni ilk bor yaratgan zot" deb ayting! Hali ular boshlarini chayqab: "U (kun) qachon bo'lur?" deb (so'raydilar). "Shoyadki yaqin bo'lsa" deb ayting!


  1. "U sizlarni chorlaydigan kunda Unga hamd (aytish) bilan javob berursizlar va o'zlaringizning (dunyoda) oz (muddat)gina turganlaringizni o'ylab qolursizlar".


  1. Bandalarimga aytingki, ular (o'zaro) go'zal (so'zlardan) so'zlasinlar. Zero, shayton ularning o'rtalarida buzg'unchilik qilur. Darhaqiqat, shayton insonga aniq dushmandir.


  1. (Ey, insonlar,) Rabbingiz sizlarni yaxshi biluvchidir. Xohlasa sizlarga rahm qilur, xohlasa - sizlarga azob berur. (Ey, Muhammad, Biz) Sizni (odamlar) ustidan muakkal qilib yuborgan emasmiz.

Izoh: Ya'ni Sizni faqat ilohiy vahiy asosida Islom ta'limotini ummatingizga yetkazib qo'yish uchun yuborganmiz.

  1. Rabbingiz osmonlar va Yerdagi bor jonzotni yaxshi biluvchidir. Haqiqatan, (Biz) ba'zi payg'ambarlarni ba'zilaridan afzal qildik va Dovudga Zaburni berdik.


  1. (Ey, Muhammad, mushriklarga) ayting: "Uni (Allohni) qo'yib (iloh) deb gumon qilgan

(ma'buda)laringizga iltijo etinglarchi, ular sizlardan biror zararni arita olarmikinlar va (uni) burib yubora olarmikinlar?!"

  1. Ular (iloh deb) iltijo qilayotganlarning o'zlari ham Parvardigorga qaysi biridir yaqinroq bo'lishga yo'l izlaydilar. Uning rahmatidan umid qilurlar, azobidan esa qo'rqurlar. Darhaqiqat, Rabbingizning azobi qo'rqinchlidir.


  1. (Yer yuzida) biror qishloq (shahar ahli) yo'qki, Biz ularni qiyomat kuni (kelishi)dan ilgari halok qiluvchi bo'lmasak yoki ularni qattiq azob bilan azoblovchi bo'lmasak. Bu hukm Kitobda (LavhulMahfuzda) bitilgandir.


  1. (Ey, Muhammad, mushriklar so'ragan) mo''jizalarni yuborishdan Bizni faqat avvalgi (ummat)lar u (mo''jiza)larni yolg'onga chiqarganlarigina man etdi. Samud qabilasiga ochiq (mo''jiza sifatida) tuyani ato etganimizda, unga zulm etdilar. Biz mo''jizalarni faqat (odamlarni halokatdan) qo'rqitish uchungina yuborurmiz.


  1. Eslang, (ey, Muhammad,) Sizga Rabbingiz (barcha) odamlarni (o'rab) ihota qilib olgandir, degan edik. Biz Sizga ko'rsatgan tushni va Qur'onda la'natlangan (Zaqqum nomli) daraxtni odamlar uchun faqat sinov qildik. Biz (mushriklarni shu kabi xabarlar bilan) qo'rqiturmiz, ammo bu ularning tug'yonlarini yanada kuchaytiradi, xolos.

Izoh: Bu oyatdagi Tush tafsiri turlicha bayon etilgan. Hanafiy mufassirlar Badr jangidan oldin ko'rgan tushlari deb izohlab, unda musulmonlar g'alabasi haqida bashorat berilgan edi, deydilar. Boshqa mazhablarga doir mufassirlar esa, bu tushdan maqsad me'roj voqealari, deb talqin etadilar. Shu ikki xil tafsirga binoan me'rojning uyg'oq holda yoki tushda kechganligi haqida ikki xil aqida paydo bo'lgan. Tushni me'roj deyilsa, Payg'ambarimiz (a. s.) jismonan emas, ruhan me'rojga chiqqan bo'ladilar. Tushni Badr jangidagi g'alaba deb olinsa, Rasululloh jismonan isro va me'rojda bo'lganlar, degan aqida kelib chiqadi. Biz - hanafiylar shu oxirgi, ya'ni, jismonan chiqqanliklarini tasdiqlaymiz. Makka mushriklariga Badr g'alabasi hamda Zaqqum daraxti to'g'risida gapirganlarida, ular Rasulullohni masxara qilganlar. Badr g'alabasiga ham ishonmaganlar, do'zax olovi ichida daraxt o'sishini ham inkor etganlar.

  1. Eslang, (Biz) farishtalarga Odamga sajda qiling, deyishimiz bilan sajda qildilar. Faqat iblis (kibrlanib): "Sen loydan yaratgan kimsaga sajda qilamanmi?" - dedi.


  1. U (yana shunday) dedi: "Menga xabar bergin-chi, mana shu kimsani mendan ko'ra mukarram qildingmi? Qasamki, agar meni Qiyomat kunigacha (tirik) qoldirsang, albatta, men uning zurriyotini qirib yuborurman (ya'ni, halokat yo'llariga burib yuborurman), faqat ozchiliklarigina (haq yo'lda) qolurlar".


  1. (Alloh) aytdi: "Bor, (senga Qiyomatgacha muhlat berdim). Bas, ulardan kimki senga ergashsa, u holda, shubhasiz, jahannam sizlarga to'liq jazo bo'lur!


  1. Ulardan kuching yetgan kimsani ovozing (vasvasang) bilan qo'zg'at, ularning ustiga otliq va piyoda (lashkaringni) tort, boyliklari va farzandlarida ularga sherik bo'l (ularni haromdan orttirishga unda), ularga (yolg'on) va'da ber!". Darhaqiqat, shayton ularga faqat aldov narsalarnigina va'da qilur.


  1. "Mening (mustahkam, solih) bandalarim ustidan esa sen uchun hech qanday saltanat (hukmronlik) bo'lmas! Parvardigoring yetarli vakolat egasidir".


  1. (Ey, insonlar,) Rabbingiz Uning fazlidan (rizq) izlashlaringiz uchun sizlarga dengizda kemalarni yurgizib qo'ygan zotdir. Darhaqiqat, U sizlarga rahmlidir.


  1. Dengizda sizlarga biror musibat yetsa, sizlar iltijo qiladigan (ma'buda)lar g'oyib bo'lur, faqat Undan boshqa. Sizlarga najot berib quruqlikka chiqarib qo'ygach esa (Undan) yuz o'girursiz. Darhaqiqat, inson noshukrdir.


  1. Sizlarni (U) quruqlik tomonidan (yerga) yuttirib yuborishi yoxud ustingizdan tosh yog'dirishi, so'ngra o'zlaringiz uchun biror vakil (saqlovchi) topolmay qolish (xavfi)dan xotirjammisizlar?!


  1. Yoki U sizlarni yana (dengizga) qaytarib, ustingizga qattiq shamol yuborishidan, bas, kofir bo'lganlaringiz sababli g'arq qilishidan, so'ngra sizlarga Bizdan o'ch olib beruvchi topa olmay qolishdan ham xotirjammisizlar?!


  1. Darhaqiqat, (Biz) Odam farzandlarini (aziz va) mukarram qildik va ularni quruqlik va dengizga (otulov va kemalarga) mindirib qo'ydik hamda ularga pok narsalardan rizq berdik va ularni O'zimiz yaratgan ko'p jonzotlardan afzal qilib qo'ydik.


  1. Biz barcha odamlarni o'z kitoblari (nomai a'moli) bilan chaqiradigan kun (Qiyomat)ni (eslangiz!) Bas, kimgaki kitobi o'ng qo'lidan berilsa, aynan o'shalar o'zlariga qilchalik zulm qilinmagan holda, kitoblarini o'qirlar.

Izoh: Nomai a'mol - ishlar bitigi. Ya'ni, yorug' dunyoda qilgan yaxshi - yomon ishlar farishtalar qo'li bilan bitib yurilgan ish daftari yoki kitobi. U faqat qiyomat kuni o'z egasiga beriladi.

  1. Kimki, bu (dunyo)da ko'r (gumroh) ekan, bas, u oxiratda ham ko'r va butunlay yo'ldan ozuvchidir.


  1. (Ey, Muhammad, mushriklar) Sizni Bizning sha'nimizga, (vahiydan) o'zga narsalarni to'qib chiqarishingiz uchun - Biz Sizga vahiy qilgan oyatlardan burib yuborishlariga oz qoldi. Xuddi o'shanda Sizni "do'st" qilib olmoqchi bo'ldilar.


  1. Agar (Biz) Sizni (haq yo'lda) sobitqadam qilmaganimizda, ularga biroz moyil bo'lishingizga oz qolgan edi.


  1. U holda, albatta, Biz Sizga dunyo (azobi)ni ham, oxirat (azobi)ni ham ikki hissa qilib tottirgan bo'lur edik, so'ngra Biz sari o'zingizga biror madadkor topa olmagan bo'lur edingiz.


  1. Ular Sizni (bu) yerdan (Makkadan) chiqarib yuborish uchun qo'zg'atib yuborishlariga oz qoldi. U taqdirda o'zlari ham Sizdan keyin ozgina (muddat) tura olardilar, xolos (so'ngra, halok qilinur edilar).


  1. (Bu) Sizdan ilgari yuborgan payg'ambarlarimizdan qolgan yo'ldir. Bizning yo'limiz uchun o'zgarish topmaysiz.


  1. Quyosh og'ishidan to tun qorong'usigacha namozni mukammal ado qiling va tonggi o'qishni (bomdod namozini) ham (ado qiling). Zero, tonggi o'qish (farishtalar) hozir bo'ladigan (namoz)dir.

Izoh: Ushbu oyatdan besh vaqt farz namozning vaqtlarini anglab olish mumkin. Masalan, quyosh og'ishi bilan peshin namozi, soya ikki barobarga yetgach, asr namozining vaqti kiradi. Qorong'i tushishi bilan, ya'ni, quyosh botishi bilan shom, so'ng xuftan namozlarining vaqti kiradi. Tonggi o'qish esa - bomdod namozidir.

  1. Tunda (bir qismida) uyg'onib o'zingiz uchun tahajjud (nafl) namozini o'qing! Shoyadki, Rabbingiz Sizni (Qiyomat kunida) maqtovli (shafoat qiladigan) maqomda tiriltirsa.


  1. Yana aytingki: "Ey, Rabbim, meni (qabrga) sodiqlik bilan (gunohlarim kechirilgan holimda) kiritgin va (tiriltirganingda ham) sodiqlik (roziliging bilan) chiqargin hamda men uchun o'z dargohingdan bir madad beruvchi hujjat ato qilgin".


  1. Yana ayting: "Haqiqat (ya'ni, Islom) keldi va botil (kufr) yo'qoldi. Chunki botil yo'qoluvchi (narsa)dir. "


  1. (Biz) Qur'onda(n) mo'minlar uchun shifova rahmat bo'lgan (oyat)larni nozil qilurmiz. (Lekin bu oyatlar) zolim (kofir)larga faqat ziyonni orttirur.


  1. Qachon (Biz) insonga (tinchlik, salomatlik, farovonlikni) in'om etsak, u (shukr qilishdan) yuz o'girib, o'z holicha ketur. Qachon unga (xastalik, kambag'allik kabi) biror yomonlik yetsa, noumid bo'lur.


  1. Ayting: "Har kim o'z ravishiga qarab amal qilur. Rabbingiz kim to'g'ri yo'lda ekanini yaxshi biluvchidir".


  1. (Ey, Muhammad,) Sizdan ruh haqida so'raydilar. Ayting: "Ruh faqat Rabbimning ishidandir". Sizlarga esa oz ilm berilgandir.

Izoh: Ruh to'g'risida, haqiqatan, inson oz ma'lumotga ega. Shu oz ma'lumotiga asoslanib bo'lsada, odamzot ruh to'g'risida ko'p asarlar bitgan. Lekin qancha urinmasin, bashariyat ruh kabi narsalarni bilishda Allohning ilmiga yaqin kela olmaydi.

  1. Qasamki, agar hohlasak, albatta, Sizga qilgan vahiy (Qur'on)ni ketkazurmiz, so'ngra o'zingizga (Qur'onni qaytarib olish uchun) Bizga qarshi biror vakil (homiy) topa olmassiz.


  1. Illo Rabbingizning marhamati bilangina (Qur'onni qaytarib olishingiz mumkin). Darhaqiqat, Sizga Uning fazli kattadir.


  1. Ayting: "Qasamki, agar insu jin ushbu Qur'onning o'xshashini keltirish uchun birlashib, birbirlariga yordamchi bo'lsalar-da, uning mislini keltira olmaslar".


  1. Aniqki, (Biz) ushbu Qur'onda odamlar uchun turli masal (ma'no)lardan bayon qildik. Lekin odamlarning ko'plari faqat inkornigina ixtiyor etdilar.


  1. Aytdilar: "Toki bizlar uchun (mana shu) yerni yorib, bir buloq chiqarib bermasang, biz senga sira imon keltirmaymiz.


  1. Yo sening xurmozor, uzumzor bog'ing bo'lib, uning o'rtasidan yorib anhorlar paydo qilmasang,


  1. yoki o'zing da'vo qilganingdek, osmonni ustimizga parcha-parcha qilib tushirmaguningcha, yoki Alloh va farishtalarini oldimizga keltirmaguningcha,


  1. yoki sening oltindan bir uying bo'lmagunicha (senga imon keltirmaymiz). Yana bizlarga o'qiydigan

(biror) kitob tushirmas ekansan, (osmonga) ko'tarilishingga ham sira ishonmaymiz". Ayting(Ey,
Muhammad): "Ey, Pok Parvardigoro, men faqat payg'ambar bo'lmish bir odam edim-ku!"

  1. Odamlarga hidoyat kelgan paytda, faqat: "Alloh (farishtalarni emas, balki) odamzotni payg'ambar qilib yuboribdimi?!" - deyishlarigina ularni imon keltirishlaridan to'sdi.


  1. Ayting: "Agar Yerda (odamlar emas) farishtalar maskan tutib yurganlarida edi, albatta, Biz ularga osmondan payg'ambar farishtani tushirgan bo'lur edik".


  1. Ayting: "Men bilan sizlarning o'rtamizda Allohning o'zi yetarli guvohdir. Albatta, U bandalaridan ogoh va (ularni) ko'rib turuvchi zotdir".


  1. Alloh kimni hidoyat qilsa, bas, o'sha hidoyat topuvchidir. Kimni yo'ldan ozdirsa, bas, ular uchun Undan o'zga do'stlarni topa olmassiz, ularni Qiyomat kunida yuztuban hollarida ko'r, soqov, kar qilib tiriltirurmiz. Ularning borar joylari jahannamdir. Har qachon (jahannam olovi) susaysa, ularga olovni lovullatib yuborurmiz.


  1. Bu - Bizning oyatlarimizga kofir bo'lganlari hamda: "Suyak va (chirik) murdalarga aylangan vaqtimizda, yangitdan yaralib, qayta tirilurmizmi?!" - deganlarining jazosidir.


  1. Axir, ular (kofirlar) osmonlar va Yerni yaratgan zot ularning mislini ham yaratishga qodir ekanini ko'ra bilmadilarmi?! (Alloh) ular uchun, shubha yo'qki, bir muddatni belgilab qo'ygandir. Lekin zolimlar kufrdan boshqasiga ko'nmaydilar.


  1. (Ey, Muhammad, mushriklarga) ayting: "Agar sizlar Rabbimning rahmat (rizq) xazinalariga ega bo'lsangizlar, o'shanda ham (uni) ishlatishdan qo'rqib, mumsiklik (baxillik) qilgan bo'lur edingizlar". (Chunki) inson zoti xasis bo'lur.


  1. (Biz) Musoga to'qqizta aniq mo''jiza ato etdik. So'ng u (Fir'avn huzuriga) kelgan paytida, (unga): "Isroil avlodini (o'z yurtlari - Shomga qo'yib yuborishini, Fir'avndan) so'ragin", (deb buyurdik). Shunda Fir'avn unga: "Ey, Muso, haqiqatan, men seni sehrlangan, deb o'ylamoqdaman", - dedi.

Izoh: Muso (a. s.)ga ato etilgan to'qqiz mo''jiza to'g'risida har xil rivoyatlar mavjud. Bir rivoyatda ular qo'llarining yog'dusi, asolari, to'fon, chigirtka, bit-burga, qurbaqalar, qon, tosh suvi, Tur tog'i deyilsa, boshqasida tosh, Tur o'rniga qahatchilik va mevasizlik deyiladi.

  1. (Muso) dedi: "(Ey, Fir'avn,) sen anavi mo''jiza)larni faqat osmonlar va Yerning Parvardigori hujjat qilib nozil qilganini aniq bilursan. Hech shuhba yo'qqi, ey, Fir'avn, men seni halok qilinuvchi deb bilurman".


  1. Shunda, (Fir'avn Muso va uning qavmini) u yerdan qo'zg'atmoqchi bo'lganida, Biz uni (Fir'avnni) va u bilan birga bo'lganlarning barchalarini (dengizga) g'arq qildik.


  1. (Fir'avndan) so'ng, Isroil avlodiga: "Shu yer (Misr)ni maskan tutinglar. Endi qa chonki va'da qilingan oxirat kelganida, sizlarning barchalaringizni bir to'p qilib keltirurmiz", - dedik.


  1. Biz uni (Qur'onni) haqiqat (hikmat) bilan nozil qildik va (u) haqiqat bilan nozil bo'ldi. (Ey, Muhammad,) Biz Sizni (mo'minlarga) faqat xushxabar beruvchi va (kofirlarni do'zax azobidan) ogohlantiruvchi qilib yubordik.


  1. Qur'onni odamlarga bardosh bilan (asta) o'qib berishingiz uchun uni bo'laklarga bo'ldik va bo'libbo'lib nozil qildik.


  1. Ayting: "(Ey, mushriklar,) xoh (unga) ishoningiz, xoh ishonmangiz, (hechqisi yo'q). Zotan, ilgari ilm (tavrot) berilgan kishilar (Qur'on) tilovat qilingan vaqtida, sajda qilgan hollarida iyak (yuz)lari bilan yiqilurlar. " (Sajda oyati. )


  1. Shuningdek ular: "Rabbimizga tasbih aytamizki, beshak Rabbimizning ("Men so'nggi

payg'ambarimni yuborurman va unga Qur'on nozil qilurman" degan) va'dasi ado etiluvchi va'dadir", - deydilar.

  1. Ular, yig'lagan hollarida, yuzlari bilan yiqilurlar va (Qur'on) ularning kamtarliklarini ziyoda qilur.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling