Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet81/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: 23-24-oyatlar nozil bo'lishining sababi rivoyatlarga qaraganda, bir guruh yahudiy dindorlari kelib,
Muhammad (a. s.) dan imtihon uchun "Ruh haqida, G'or voqeasi va Zulqarnayn" haqida so'rashgan. O'azrat: "Javobini sizlarga ertaga aytaman", - deganlar, lekin "Inshoalloh" demaganlari uchun. Alloh taolo o'z rasulini hushyorlikka chaqirib, bir necha kun vahiyni to'xtatib qo'ygan. Savollarga kechroq, vahiy tushgandan keyin javob qilganlar.

  1. (Ular) g'orlarida uch yuz yil turdilar va yana to'qqiz (yil)ni ziyoda qildilar.

Izoh: Ya'ni, qamariy yil hisobi bilan to'la 300 yil, shamsiy-melodiy yilga hisob qilish uchun esa, yana 9 yil qo'shish kerakligi uqdirilmoqda.

  1. (Ey, Muhammad,) ayting: "Ularning qancha turganlarini Alloh yaxshi biluvchidir. Osmonlar va Yerning sirlari faqat Unga oiddir. U naqadar ko'ruvchi va eshituvchidir! Ular (odamlar) uchun Undan o'zga biror do'st yo'qdir. U (O'z) hukmida hech kimni sherik qilmas".


  1. (Ey, Muhammad,) Sizga vahiy qilingan Rabbingizning Kitobi (Qur'on)ni tilovat qiling! Uning so'zlarini o'zgartiruvchi yo'qdir. Undan o'zga sira panoh topa olmassiz.


  1. Siz o'zingizni ertayu kech Parvardigorlari "yuzi"ni istab, Unga iltijo qiladigan zotlar bilan birga tuting! Dunyo hayoti ziynati uchun ulardan ko'zlaringiz chetlab o'tmasin! Va qalbini Biz zikrimizdan g'ofil qilib qo'ygan, havoyi nafsiga ergashgan va qilar ishi isrofgarchilik bo'lgan kimsalarga itoat etmang!


  1. Ayting: "(Bu Qur'on) Rabbingiz (tomoni)dan (kelgan) Haqiqatdir. Bas, xohlagan kishi imon keltirsin, xohlagan kimsa kofir bo'lsin". Aniqki, Biz zolim (kofir)lar uchun alangalari ularni qamrab oladigan do'zaxni tayyorlab qo'yganmiz. Agar ular (tashnalikka chidamay) yalinsalar, eritilgan

(dog'langan) yog' kabi yuzlarni kuydiruvchi suv berilur. Naqadar yomon ichimlik u, naqadar yomon joy u!

  1. Imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar esa, albatta, Biz yaxshi amallarni qilgan kishining mukofotini zoye qilmasmiz.


  1. Aynan ular uchun ostilaridan anhorlar oqib turadigan mangu jannatlar bor bo'lib, ular u joyda oltin bilakuzuklar bilan beza nurlar va yashnab turuvchi shoyi liboslar kiyib, so'rilarda suyanib o'tirurlar. Naqadar yaxshi mukofot u, naqadar go'zal joy u!


  1. (Ey, Muhammad, kofirlarga) ikki kishi masalini keltiring. Ulardan biri uchun ikki uzumzor bog' qilib, u ikkisini xurmozor bilan o'ragan va o'rtasini ekinzor qilgan edik.


  1. Har ikki bog' hosilini bekamu ko'st berar, ularning o'rtasidan bir anhor o'tkazgan edik. .


  1. Yana uning boyligi ham bor edi. Bas, u birodariga murojaat qilib: "Mening boyligim senikidan ko'proq va odamlarim kuchliroq", - dedi.


  1. O'ziga zulm qilgan holda, bog'iga kirayotib, aytdi: "Bu (bog'u boyligim) hech qachon yo'q bo'lmaydi.


  1. Qiyomat ham qoyim bo'lmaydi, deb o'ylayman. Qasamki, agar Rabbimga (farazan) qaytarilsam, (qayta tirilsam), albatta, bundan ham yaxshiroq oqibat (baxt)ni topurman".


  1. Birodari unga murojaat qilib, dedi: "Seni (Odamni) tuproqdan, so'ng bir tomchi "suv"dan yaratib, so'ngra inson qilib rostlagan zot (Alloh)ga kofir bo'ldingmi?!


  1. Men esa: "U Alloh Rabbimdir" (deyman) va Rabbimga hech kimni sherik qilmayman.


  1. Sen bog'ingga kirganingda: "Alloh xohlagan narsagina (bo'lur), bor kuch-quvvat yolg'iz Alloh bilandir", deganingda edi! Bordiyu meni boylik va farzand jihatidan o'zingdan kamroq deb bilsang,


  1. shoyadki, Rabbim menga sening bog'ingdan yaxshiroq (bog') ato etar, (sening bog'ingga esa) osmondan ofat yuborur, bas, u toyg'oq (tekis) yerga aylanib qolur.


  1. Yoki uning suvi (yer qa'riga) singib ketib, sen uni istab topa olmay qolursan".


  1. (Darhaqiqat), uning mevasi (bog'i) ihota (halok) qilindi. O'zi esa huvillab qolgan ishkomlarni (ko'rib) va ularga sarflangan narsalarni (o'ylab), chapak chalganicha (pushaymon qilib): "Qani edi, men ham Rabbimga hech kimni sherik qilmaganimda!" - deb qoldi.


  1. Shuningdek, uning uchun Allohdan o'zga na bir yordam beradigan guruh bo'ldi va na o'zi (o'ziga) yordam bera oluvchi bo'ldi.


  1. U joyda (Qiyomatda) madad faqat Haq - Alloh (izmi)dadir. U mukofoti yaxshi va oqibati xayrli zotdir.


  1. (Ey, Muhammad, odamlarga) dunyo hayoti misolini keltiring. (U) xuddi bir suv kabidirki, Biz uni osmondan yog'dirgach, (bahorda) u sababli yer o'simliklari (bir-biriga) aralashib (qalinlashib) ketur, so'ngra (kuzda) shamollar uchirib ketadigan xashakka aylanib qolur. Alloh hamma narsaga qodir zotdir.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling