Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet83/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: Loyqa ma'nosini anglatuvchi "hamia" kalimasi boshqa bir qiroatda "homiya" o'qiladi. Ma'nosi qaynoqdir. Demak, qaynoq buloq uzra, degan ma'no chiqadi.

  1. U aytdi: "Zulm qilgan kimsani, albatta, azoblagaymiz. So'ngra Parvardigoriga qaytarilgach, U zot uni yanada xunuk azob bilan azoblar.


  1. Endi imon keltirib ezgu ish qilgan kishiga kelsak, uning uchun go'zal mukofot (jannat) bo'lur. Biz ham unga ishimizdan osonlarini buyururmiz".


  1. So'ngra, u (Sharqqa qarab) yo'l oldi.


  1. To (ketayotib) kun chiqishga yetib borgach, uning (quyoshning) bir qavm uzra chiqayotganini ko'rdi. Biz u qavm uchun quyoshdan (saqlanadigan) biror parda qilmagan edik.


  1. (Uning ishi) shunaqa. Albatta, Biz uning huzuridagi ilmlarni ihota qilib olganmiz.


  1. So'ngra, u yana yo'l oldi.


  1. To (ketayotib) ikki tog' o'rtasiga yetib kelgach, u (tog'lar ortida) gapni sira anglamaydigan qavmni uchratdi.


  1. Ular: "Ey, Zul-qarnayn, albatta, (shu tog'lar ortidagi) Ya'juj va Ma'juj (qabilalari) Yer yuzida buzg'unchilik qiluvchilardir. Bizlar senga bir (miqdor) haq to'lasak, biz bilan ularning o'rtasiga bir to'g'on qurib berurmisan?" - dedilar.


  1. U (Zul-qarnayn) aytdi: "Rabbimning menga ato etgani (ne'matlari) sizlar beradigan (mol-dunyodan) yaxshiroqdir. Bas, sizlar menga kuch-quvvat bilan yordam beringlar, men sizlar bilan ularning o'rtasiga bir devor bino qilay.


  1. Sizlar menga temir parchalarini keltiringlar. To (parchalar) ikkala tog' yonbag'irlari bilan barobar bo'lgach, dam uringlar" - dedi. Bas, qachon u (temir-tersaklarni qizdirib) o't qilgach (eritgach), dedi: "Menga eritilgan mis (ham) keltiringlar, u (temir parchalari)ning ustidan quyurman.


  1. Endi ular (Ya'juj va Ma'juj) u (to'siq)ning ustiga chiqishga ham, uni teshib o'tishga ham qodir emaslar.


  1. "Bu Rabbim (tomoni)dan bo'lmish bir marhamatdir. Endi, qachonki, Rabbimning (Ya'juj va Ma'juj chiqadi, deb) va'da qilgan vaqt kelganida (Qiyomat oldidan), O'zi u (to'siq)ni tep-tekis qilib qo'yar. Rabbimning va'dasi haqdir", - dedi u.


  1. U Kunda (Qiyomatda, odamlarni) bir-birlariga aralashtirib tashlaymiz. Sur(nay) chalingach, ularning barchalarini to'playmiz.


  1. U Kunda kofirlarga jahannamni namoyish qilurmiz.


  1. Ularning ko'zlari (dunyoda) Mening zikrimdan to'silgan bo'lib, Ular (nasihatlarimni) eshitishga ham qodir emas edilar.


  1. Yoki kofir bo'lganlar Meni qo'yib, bandalarimni do'st tutishni o'yladilarmi?! Haqiqatan, Biz jahannamni kofirlar tushadigan joy qilib qo'ygandirmiz.


  1. (Ey, Muhammad,) ayting: "Sizlarga qilmishlaridan eng ko'p ziyon ko'ruvchilarning xabarini beraylikmi?!


  1. Ular qilgan sa'y (harakat)lari dunyo hayotidayoq yo'q bo'lib ketgan-u, ammo o'zlarini ishni chiroyli qilayotgan hisoblaydilar"


  1. Ular Parvardigorlarining oyatlarini va U zot bilan muloqotda bo'lishni inkor etishib, butun ish (amal)lari behuda ketgan kimsalardir. Bas, Biz Qiyomat kunida ular (amallari) uchun hech qanday vaznni qoim qilmasmiz!

Izoh: Ya'ni ularning ishlari bekor, vazni, salmog'i yo'q bo'lur.

  1. Kofir bo'lganlari hamda oyatlarimni va payg'ambarlarimni masxara qilganlari sababli, ularning jazolari o'sha jahannamdir!


  1. Albatta, imon keltirgan va ezgu ishlarni qilgan zotlar uchun Firdavs bog'lari manzil bo'lur.


  1. Ular, u joylarda mangu qolurlar, undan (boshqa joyga) ko'chishni istamaslar.


  1. Ayting: "Bordiyu dengiz (suvi) Rabbimning so'zlari (ilmu hikmatlarini bitish) uchun siyoh bo'lsa va yana shuncha siyoh keltirsak ham, Rabbimning so'zlari bitishdan ilgari, u dengizlar tugab bitar!"


  1. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "Darhaqiqat, men ham sizlar kabi bir bashardirman. (Faqat) menga ilohingiz yolg'iz Iloh ekani haqida vahiy etilmoqda. Bas, kimki Parvardigori bilan muloqotda bo'lishdan umidvor bo'lsa, u holda ezgu amal qilsin va Parvardigoriga ibodat qilishda hech kimni (Unga) sherik qilmasin!"

MARYAM SURASI
Maryam - Imron qizi, Iso payg'ambarning onasi. Surada Maryamdan Iso (a. s.)ning otasiz tug'ilishlari, beshikda gapirganlari va boshqa mo''jizalari haqida oyatlar bo'lgani uchun u Maryam surasi deb atalgan. Surada payg'ambarlardan Zakariyo, Yahyo, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Ya'qub, Muso, Horun, Idris, Nuh (a. s.)lar haqida ham oyatlar mavjud. Qolgan oyatlarda tavhid, imon, aqida, jannat, do'zax, oxirat, Allohning fazli, rahmati va mag'firati kabi ilohiy tushunchalar o'z ifodasini topgan.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling