Qutadg‘u bilig” dostonida muallif ijtimoiy-siyosiy qarashlari


Download 100.5 Kb.
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi100.5 Kb.
#1553557
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qutadg‘u bilig dostonida muallif ijtimoiy-siyosiy qarashlari

II.2."Qutadg‘u bilig” dostonida muallifning ijtimoiy-siyosiy qarashlari
«Qutadg‘u bilig» asarida ijodkorning odob-axloq, o‘g‘il-qiz tarbiyasi, halollik, chin insoniylik, kishilikning ulug‘ hislatlari, kishining ma’naviy dunyosi, komil inson haqidagi teran falsafiy qarashlari badiiy shaklda bayon etilgan. Ulug‘ mutafakkir falsafasi o‘rta asrlar Sharq falsafiy qarashlarining cho‘qqisida turadi.
«Qutadg’u bilig» didaktik dostoni axloq va odobga doir qimmatli pand-nasihatlarni o’z ichiga oladi. Doston avtori til odobi, sevgi va sadoqat, rostgo’ylik va halollik kabi masalalar haqida hikmatli so’zlar so’zlaydi, mayxo’rlik va mutakabbirlikni tanqid qiladi, kishining yurish-turishi, o’zini tutishi haqida o’git beradi. Bular dostonning butun mazmuni va mohiyatiga singdiriladi.
«Qutadg’u bilig»ning bir necha bobi bevosita axloq va odob masalalariga bag’ishlangan. Shunday boblardan biri «Til ardami» («Til odobi») deb atalgan 7-bob bo’lib, unda shoir o’qish va bilim olishda tilning ahamiyati, qisqa va mazmunli so’zlash, tilga ortiqcha erk bermaslik va boshqalar haqida ibratli o’gitlar beradi:
Uqushqa biligki, bu tilmachi til,
Yarutgachi arni yo’riq tilin bil.
Kishig til og’irlar bo’lur qut kishi,
Kishig til ujuzlar yarir ar bashi.
Til arslan turur, ko’r eshikda yatur,
Aya avlug orsiq boshingni yatur.
Tilin emgamish er naku ter eshit,
Bu so’z ishqa tutg’il o’zunga ish et.
Mani emgatur til ezi o’g talim,
Boshim kasmasuni kasayin tilim.
(Uquvga, bilimga tilmoch-bu til,
Kishini ro’shnolikka chiqargan ravon til deb bilgin.
Kishini til e’zozlaydi, kishi u tufayli baxtga erishadi,
Kishini til qadrsiz qiladi, er boshini yoradi.
Til hovlida ya’ni qafasda yotgan arslon kabidir,
Ey, qafasdagi (makkor) vahshiy boshingni eydi.
Tili tufayli ozor topgan kishi nima deydi, eshit,
Bu so’zga amal qilgin, o’z foydangga ishlat:
Til meni juda ko’p kulfatlarga soladi,
(U) boshimni kesmasin, (men) tilimni kesayin.
U uylanish va bola tarbiyasi haqidagi 53-bobda oila va bola tarbiyasining murakkab ekanini ta’kidlab, bolani yoshlik chog’idan boshlab yaxshi xulqli qilib etishtirish zarurligini aytadi. Ziyofatlar va ularda ishtirok etish, o’zini tutish odobiga bag’ishlangan 55-56-boblarda saroy ahllariga o’git beradi. Boshqa boblarda ham axloq va odobning turli masalalari to’g’risida fikr-mulohaza yuritadi.
Yusuf Xos Hojib kishi tezda tug’ilib, tezda o’tib ketuvchi his-tuyg’uga asir bo’lmasligi kerak, deb hisoblaydi hamda sevgini ko’z bilan emas, balki kishining qalbi bilan bog’laydi.
Yusuf Xos Hojib mansabi va mol-davlati bilan takabburlashib ketgan zodagonlarni tanqid qilib, baxt-tolega ortiq darajada berilib ketmaslik kerak, baxt keladi ham, ketadi ham deb ularni ogohlantiradi
Quvanma qivi qutqa, qutlug’ kishi,
Sanma o’zung qutqa, atlig’ kishi!
Oqar suv, yo’riq til, bu qut turmadi,
Ajun tazginurlar, yurib tinmadi.
(Ey) baxtli kishi, baxt va davlatga quvonma,
(Ey) nomdor kishi, baxt, davlat bilan bo’lib o’zing g’aflatda qolma.
Oqar suv, ravon til, baxt-davlat bu erda turmaydi,
Jahon kezuvchilar yurib tinmaydi.
«Qutadg’u bilig» va xalq og’zaki ijodi
Doston qahramonlarining nomi ham xalq ijodi tradisiyalari bilan bog’langan. O’zbek, uyg’ur, qozoq, qirg’iz va boshqa turkiy xalqlarida «kun» va «oy» so’zlari bilan birga ishlatiladigan nomlar keng tarqalgan va xalq eposidan o’rin olgan. Bunga, jumladan, o’zbek xalq dostonlaridan «Oysuluv»dagi Oysuluv va uning o’g’li Kunbotir, «Kuntug’mish» dostonining bosh qahramoni Kuntug’mish, «Yusuf va Ahmad» dostonidagi Kunxon va Oyxon, «Oygul» ertagidagi Oygul, qahramonlarning nomiga qo’shib aytiladigan «oy» qo’shimchasi («Alpomish»dagi Barchinoy kabi), «oy desang oy, kun desang kun» kabi obrazli iboralar, «Oy bastina Oybarcha qiz, kun ostida Kunakay qiz» kabi misralarni yaratgan qozoq xalq og’zaki ijodidagi «Oymon-Sho’lpon» dostoni, «Kunekey qiz» ertagi va boshqa asarlarning «Oy» va «Kun» nomlari bilan atalishi; qirg’iz xalq qahramoni Manasning «Kundan va Oydan paydo bo’lishi», «Manas»dagi Oychurek, Oykanish, To’lg’anoy obrazlari, qoraqalpoq xalq og’zaki ijodidagi Oysanam («G’arib Oshiq»), Oysuluv («Qirq qiz») va boshqalar yaqqol misol bo’la oladi. O’zbeklarda xotin-qizlarning nomiga «oy» so’zini qo’shib aytish hozir ham keng qo’llaniladi. «Kun» va «Oy» bilan bog’liq nomlarning tarixiy ildizi totemlarga borib taqaladi.
Yusuf Xos Hojib «Qutadg’u bilig»da juda ko’p xalq maqollari va hikmatli so’zlarini ishlatadi va «turkcha masal», «turklar so’zi» deb ularning xalq og’zaki ijodidan olinganini ochiq-oydin ta’kidlaydi. U maqol va hikmatli so’zlarni ba’zan aynan va ba’zan she’riy misralarning poetik talabiga qarab o’zgartirib qo’llaydi. Maqol va hikmatli so’zlar dostonning g’oyaviy mazmunini boyitadi, badiiy qimmatini oshiradi. Misollar:
Adi kachki so’z-ul masalda kalir,
Ota o’rni oti o’g’ulqa qolir.
(Masalda keladigan juda eski ta’bir bor:
Otaning o’rni (va) oti o’g’ilga qoladi.)
Qilichdan itikrak bularning tili.
(Til qilichdan ham o’tkirroqdir).
Yo’la ul uqush, ko’r, qarog’uqa ko’z,
O’luk tanga jon ul, og’in tilga so’z.
(Aql mash’aldir, qara (u) ko’rga-ko’z,
O’lik tanga-jon, soqovga tildir).
Qarinda turmush qilinch o’gratik,
Yag’iz er qatinda ketar, ey tetik.
(Ona qornida paydo bo’lgan qiliq,
(Ey) tetik (kishi), faqat qora er ostida yo’qoladi.)
O’g’il-qiz soqinchi bu tubsiz tangiz.
(O’g’il-qiz tashvishi-bu tubsiz dengiz).
Ilm-aql chirog’i.
(Yo’la ul uqush, ko’r, qarog’uqa ko’z…)
Ko’p so’zlama, oz so’zla,
Oz so’zlasang ham soz so’zla.
(Uqush so’zlama so’z, biror so’zla oz,
Tumon so’z tuguvnin bu bir so’zda yoz.)
«Qutadg’u bilig»ning badiiy qimmati va tilin«Qutadg’u bilig» XI asr adabiyotining muhim yodgorligidir. U turkiy tildagi yozma adabiyot hali u qadar boy tajribaga ega bo’lmagan bir davrda vujudga keldi. Shoir fors-tojik tilida ijod etish tradisiyasi izidan bormadi, balki katt jur’at bilan o’z ona tilida yirik badiiy asar yaratishga kirishdi va uni muvaffaqiyat bilan tugatdi. U xalq og’zaki ijodi va yozma adabiyotining tajriba va tradisiyalaridan foydalandi, xalq og’zaki ijodining maqol va hikmatli so’z kabi injulari bilan o’z asarini boyitdi, fors-tojik tilidagi pandnomalardan ilhomlandi. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asari bilan o’zbek, uyg’ur va boshqa turkiy xalqlarning klassik adabiyotida aruz vazni chuqur ildiz ota boshladi va yozma poeziyaning etakchi vazni bo’lib qoldi.
Yusuf Xos Hojib o’xshatish, sifatlash, mubolag’a va kinoya kabi badiiy til vositalariga kam murojaat qiladi.
Bilimsiz kishi ko’ngli qumtak turur,
O’kuz kirsa to’lmaz ob o’tim unur
(Nodonning aqli qumga o’xshaydi,
Agar unga daryo oqib kirsa ham to’lmaydi)
Dostonning bir necha bobi odob va axloq masalalariga bag‘ishlangan. «Til ardami» (Til odobi) nomli 7-bob ham shular jumlasidandir. Unda shoir tilning, ya’ni so‘zlashuvning fazilatlari va qusurlari haqida fikr yuritadi. Ijodkor o‘z asarida tilni o‘qish, bilim olish vositasi sifatida sharhlaydi. Til bilan inson ro‘shnolikka chiqadi. Ko‘p va behuda so'zlash esa inson uchun ziynat emas. Ilohiy ne’mat bo‘lgan so'zni har bir inson qadrlamog‘i kerak. «Qutadg‘u bilig»da yaxshi xislat va fazilatlami ezgulik, salbiy illatlami esa esizlik (yomonlik) deb atagan muallif jamiyat taraqqiyoti uchun komil inson, barkamol shaxs nihoyatda muhimligini teran idrok etadi. Shu bois shoir o‘z asarida uylanish, bola tarbiyasi kabi mavzulaiga ham jiddiy e’tiborini qaratadi. Asarda keltirilgan 0‘gdulmish bilan 0 ‘zg‘urmish orasidagi munozara buning yorqin dalilidir. 0‘gdulmishning aqidasicha, dunyodan toq o‘tish insonni bezamaydi. Jismoniy sogiom inson (erkak va ayol) turmush qurib, farzand ko'rishi
shart. Zero, bu o‘z navbatida islomiy shariatning ham qat’iy talabidir. Dostonda 0‘zg‘urmish uylanish, yaxshi farzand ko‘rish afzalliklarini e’tirof etib, o‘g‘il-qizning fe’l-u matlabi yomon bo‘lsa, buning oqibati yaxshilikdan darak bermasligini ta’kidlaydi. Asaming boshqa o‘mida 0‘zg‘urmish uylangan kishini kema minguvchiga o‘xshatadi. 0 ‘g‘il-qiz tug‘ilsa, kema sinib, unga minguvchi halokatga uchrashi tayin degan xulosaga keladi. Asardagi bunday ziddiyatli fikrlar kitobxonni mulohazaga chorlaydi. Doston xotimasida 0‘zg‘urmish o‘lim bilan olisha turib, uni ko‘rishga kelgan qarindoshi 0 ‘gdulmishni tezda saroyga qaytishi, u o‘sha yerda bo‘lsa, xalqqa nafi ko‘p tegishini aytishi kitobxonning bu qahramonga bo‘lgan fikrini charxlaydi. Yusuf Xos Hojib bola tug‘ilishi bilanoq uning tarbiyasi bilan shug‘ullanilsa, farzandning odobi, axloqi, ta’lim-tarbiyasi risoladagidek bo‘ladi, degan xulosaga keladi. Shoir davr ahlini moddiy-ijtimoiy imkoniyatlariga tayanib, mag‘rurlanib ketmaslikka chaqiradi. Shuningdek, ishratparastlik, kek, gina, kudurat, adovat, nizo, xusumat, buzuqlik, mayparastlik, boylik va davlatga haddan tashqari berilishni qattiq qoralaydi. Ayniqsa, shoiming mayxo‘rlikning yomon oqibatlari xususidagi fikrlari diqqatga sazovordir.
Bo‘r ichma, ауа o’gusi bo‘g‘zi quli,
Bo‘r ichsa ochildi chig‘ayliq yo‘li.
Qara bo‘rchi bo‘ldi, nangi bo‘ldi el,
Begi bo‘rchi bo‘Isa, qachon turg‘a el.
Mazmuni:
May ichsa, ey mayxo‘r va bo‘g‘zin quli,
May ichsang ochilgay gadoylik yo‘li.
Avom bo'lsa mayxo'r, molin yel olar,
Begi bo‘lsa mayxo'r, qachon el qolar.

«Qutadg’u bilig» XI asrdagi Markaziy Osiyo va Sharqiy Turkistondagi turkiy xalqlar va qabilalar tilining yodgorligidir. U «Devonu lug’otit turk»dagi qadimgi qo’shiqlar va ayniqsa «O’rxo’n-Enisey» yodgorliklari tilidan xiyla farq qiladi hamda turkiy tillarning adabiy til sifatida taraqqiy etish jarayonini ko’rsatadi.



Download 100.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling