Qutadg‘u bilig” dostonida muallif ijtimoiy-siyosiy qarashlari
Download 100.5 Kb.
|
Qutadg‘u bilig dostonida muallif ijtimoiy-siyosiy qarashlari
"Qutadg‘u bilig” dostonida muallif ijtimoiy-siyosiy qarashlari Reja:Kirish I.bob Yusuf Xos Xojibning hayoti va ijodi I.1. "Qutadg‘u bilig” asarining mazmun mohiyati II.bob "Qutadg‘u bilig”da ilgari surilgan g’oyalar II.1. "Qutadg‘u bilig” dostonining o’rganilishi va tadqiqotlari II.2. "Qutadg‘u bilig” dostonida muallifning ijtimoiy-siyosiy qarashlari Xulosa. Foydalangan adabiyotlar. KIRISH X-XII asrlar Markaziy Osiyo xalqlari tarixida alohida bir davrni tashkil etadi. Bu davr barcha sohalarning rivojlanishi, ilm-fanning yuksak taraqqiyoti bilan xarakterlanadi. Markaziy Osiyo xalqlari me’morchilik, tasviriy san’at, naqqoshlik, o‘ymakorlik, musiqa kabi sohalarda katta yutuqlarga erishdilar. Shuning uchun biz IX-XII asrlardagi O‘rta Osiyo madaniy yuksalishini Uyg‘onish davri, aniqrog‘i ilk Uyg‘onish davri deb atashga ham to‘la asosimiz bor. Bu davrda qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik rivojlanadi. Buxoro, Samarqand, Marv, Ko‘hna Urganch, Xiva kabi shaharlar o‘z davrining madaniyat markazlari sifatida tanildi. Mashhur «Ipak yo’li» boshqa xalqlar bilan turli sohalarda hamkorlik qilishda asosiy aloqa yo’li vazifasini bajardi. Bu davrda me’morchilik taraqqiy etdi. Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, O‘zgan, Marv shaharlarida ko‘plab saroy, masjid, xonaqoh, madrasa, minora, sardoba va boshqa binolar qurildi. Bu binolar qurilishi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Navoiy viloyatida XII asrda qurilgan Hazora qishlog‘idagi Dehgaron masjidi, Raboti Malik, Buxorodagi Masjidi jomening 1127- yilda qurilgan minorasi, X asr oxirida bunyod etilgan Vobkent minorasi, Urganchdagi Faxriddin Roziy maqbarasi, Doya xotin ravoti, Marvdagi Sulton Sanjar maqbarasi va boshqalar shular jumlasidandir. Bu davrda naqqoshlik ham rivojlandi. Turli binolarga ishlangan naqshlar buning dalili. Musiqa ham taraqqiy etadi. Bu davrda rud, tanbur, barbat, daf, qo‘biz, rubob, nay, surnay, karnay, qonun kabi cholg‘u asboblari keng tarqaladi. «Rost», «Xusravoniy», «Boda», «Ushshoq», «Sipahon», «Navo», «Tarona» kabi kuylar ijod qilinadi. X-XII asrlar Markaziy Osiyoda ilm-fanning rivojlanganligi bilan alohida ajralib turadi. Falsafa, mantiq, riyoziyot, tibbiyot, tarix, tabbiyot, tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi sohalar rivoj topdi. Arab tili SHarq mamlakatlari orasida ilm-fan tili sifatida shuhrat qozondi. Buxoro, Samarqand, Termiz, Urganch, Marv, Balx, Bog‘dod, SHom kabi shaharlar Sharq olimlari hamkorligining markazi bo‘lib qoldi. Markaziy Osiyo olimlaridan al-Xorazmiy, Abunasr Farobiy, Ahmad Farg‘oniy, Ibn Sino, Aburayhon Beruniy va boshqalar jahon ilm-fani xazinasiga bebaho ulush qo‘shdilar Shuningdek, Abdulloh ibn Muslim Marvaziy Dinovariyning «Kitob-ul-maorif», «Kitob-ush-she’r va-sh-shuaro»si, tarixchi Abusaid Gardiziyning «Zayn-ul axbor», Bayhaqiy, Narshahiy, matematik va astronom Abdulmajid Xo‘jandiy, astronom Muhammad Balxiy, huquqshunos Burhoniddin Al-Marg‘inoniy, tilshunoslar Abulqosim Zamaxshariy, M.Qoshg‘ariylar asarlari ham mashhur bo‘ldi. Download 100.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling