Qutadg‘u bilig” dostonida muallif ijtimoiy-siyosiy qarashlari


Download 100.5 Kb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi100.5 Kb.
#1553557
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qutadg‘u bilig dostonida muallif ijtimoiy-siyosiy qarashlari

II.1. "Qutadg‘u bilig” dostonining o’rganilishi va tadqiqotlari
«Qutadg’u bilig» XI asrdagi qoraxoniylar davrining ijtimoiy hayoti haqida keng ma’lumot beruvchi asardir. Unda Yusuf Xos Hojib shahar va qishloq xalqini, o’troq va ko’chmanchi aholini ijtimoiy tabaqalarga ajratadi, dehqonlar, hunarmandlar, chorvadorlar, savdogarlar, olimlar, elchilar, qo’shin boshliqlari, munajjimlar, tush ta’bir qiluvchilar, tabiblar va boshqalar haqida so’zlab, ularning jamiyat hayotidagi o’rni va roli hamda o’zaro aloqalarini bayon etadi, burch va vazifasi, yurish-turishi va xulq-atvori haqida o’git berdi, turli kasb-korlarga, xususan, dehqonchilik, hunarmandchilik va chorvachilikka doir juda boy so’z va terminlarni ishlatadi.
Yusuf Xos Hojib hunarmandlar haqida so’zlar ekan, ular «Juda zarur kishilardir… temirchi, tikuvchi, etikchi, suvchi, egarchi, toshchi, o’qchi, kamonchilarning foydasi katta. Ularni sanay berib so’zim uzayib ketdi… Bu dunyoga ular yaxshilik keltiradilar. Ular juda ko’p ajoyib narsalarni ishlaydilar»,-deydi. Chorvadorlarni esa shoir qimiz, sut, jun, suzma, pishloq kabi mahsulotlarni etishtirib beruvchi kishilar sifatida taqdirlaydi.
Modomiki, dehqonlar, hunarmandlar va chorvadorlar jamiyatning moddiy boyliklarini ishlab chiqarar ekanlar, albatta, hukmron doiralar ular bilan yaqinda aloqada bo’lishi, ularning mehnat faoliyatini qo’llab-quvvatlashi lozim. Hokim sinfning hayotiy manfaatlari ham shuni talab qiladi.
Yusuf Xos Hojibning hukmron tabaqalar oldiga qo’ygan qator talablari (o’qimishli bo’lish, ilm-fan ahllariga homiylik qilish, davlatning qonun-qoidalariga to’la amal qilish, halollik va boshqalar) hamda o’gitlari davlatni mustahkamlash, boshboshdoqlikka xotima berish, o’zaro feodal urushlarning oldini olish, xo’jalikni va madaniyatni rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega edi. Masalan, Yusuf Xos Hojib, garchi savdogarlarni ko’klarga ko’tarib maqtasa va ularni xudo tomonidan «tijoratga yaratilgan» kishilar deb ideallashtirsa ham, savdogarlar haqidagi mulohazalari iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirishda, shubhasiz ijobiy ahamiyatga ega edi.
«Qutadg‘u bilig»da, asosan, to‘rt nafar qahramon qatnashadi. Asarning boshida Oyto‘ldi shaharga yangi kelganida uni o‘rdaga olib borib xon xizmatiga kirishiga ko‘maklashgan Ko‘samish, ularga chin ko‘ngildan yordam qilgan Xos Hojib obrazlari ham bor. Lekin ular keyinchalik asarda qatnashmaydi.
Asarning bosh qahramonlari:
Kuntug‘di elig – ko‘ni to‘ru (chin adolat), adl timsoli – podshoh lavozimidadir.
Oyto‘ldi – qut (baxt), davlat timsoli – vazir lavozimidadir.
O‘gdulmish – uqush (zakovat), aql timsoli – vazirning o‘g‘lidir.
O‘zg‘urmish – afiyat, qana’at timsoli – O‘gdulmishning qarindoshidir.
Asarda ular o‘rtasida savol-javob, munozara kechadi.
Yusuf Xos Hojib ana shu qahramonlarning savol-javobi, suhbati orqali o‘zining ilg‘or falsafiy qarashlarini, jamiyatni adolat bilan boshqarish, kishini tugallikka yetaklovchi fikrlarini bayon etadi, kishilar orasidagi insoniy munosabatlar, axloq-odobdan saboq beradi.
«Qutadg‘u bilig» – baxtu saodat kitobi. Asarni o‘qib, ibrat olgan, undagi ko‘rsatmalarga amal qilgan kishilarga saodat eshiklari ochiladi. Bu xususda adib shunday yozadi:
Kitab ati urdum «Qutadg‘u bilig»,
Qutadsu, o‘qig‘liqa tutsu elig.
(Kitobga «Qutadg‘u bilig» deb ot qo‘ydim,
Baxtga eltsin, o‘qigan kishining qo‘lidan tutsin).
Asarda jamiyat qurilishi va davlat boshqaruvi masalalari, barcha amaldorlarning burch va mas’uliyatlari, boshqaruv tizimida qonun va adolatning ustuvorligi, huquqiy masalalarga ham yetakchi urg‘u berilgan. Shuning uchun ushbu kitob qoraxoniylar davlatining Nizomi darajasiga erishdi.
Bulargina emas, dostonda dunyoning yaralishi, koinotning tuzilishi to‘g‘risida ham fikr yuritiladi. Bu masalada Yusuf Xos Hojib Sharqdagina emas, dunyo astronomiya bilimida ancha ilg‘orlab ketgan faylasuflardan sanaladi.
Muhimi shundaki, dostonning muqaddimasida bir bob yulduz va burjlarga bag‘ishlangan. Ushbu bob «Yeti yulduz, to‘rt yag‘iz, o‘n iki o‘kakning o‘gdukini ayur» («Yetti yulduz, to‘rt unsur, o‘n ikki burjni madh etganini aytadi») deb atalgan.
Ulug‘ donishmandning olam va uning tuzilishi haqidagi falsafiy qarashlari asar bo‘ylab davom etadi. Kitobni o‘qib, butun bir astronomik atamalar tizimiga to‘qnashamiz. Shu tizimning o‘zi-yoq o‘sha kezda astronomik bilimlar yuqori bosqichda ekanligidan belgi berib turadi.
Yusuf Xos Hojibning ta’kidlashicha, evran, ya’ni «falak» doim evriladi (muttasil aylanadi), tezginch, ya’ni «Yer kurrasi» tezginadi (charx urib turadi). Muallif Allohga hamd o‘qir ekan, yozadi:
Yaratti, ko‘r, evran tuchi evrulur,
Aning birla tezginch yema tezginur.
(Falakni yaratdi, ko‘rgin, doim aylanadi,
Uning bilan charx ham charx uradi).
Yoki boshqa bir o‘rinda ulug‘ Tangrini «doim aylanuvchi bu falakni yaratdi» (to‘rutti bu evran tuchi evrulur) deya alqaydi shoir. Buning bilan falakning aylanishi, Yer kurrasining tinimsiz harakatda ekaniga ishora etiladi.
Yusuf Xos Hojib olamning yaralishini burjlarga bog‘laydi, to‘rt unsur birligini ana shularda ko‘radi:
Uchi yazqi yulduz, uchi yayqi, bil,
Uchi kuzki yulduz, uchi qishqi, bil.
Uchi – o‘t, uchi – suv, uchi bo‘ldi yel,
Uchi bo‘ldi tupraq, ajun buldi, el.

(Uchtasi ko‘klamgi, uchtasi yozgi yulduzdir, bilgin,


Uchtasi kuzgi, uchtasi qishki yulduzdir, bilgin.
Uchtasi o‘t, uchtasi suv, uchtasi havo bo‘ldi,
Uchtasi esa tuproq bo‘ldi, olam va el shulardan yaraldi).
Yoki dostondan o‘rin olgan maktublarning biridagi Ollohga bag‘ishlangan hamdda shunday deyilgan:
Yashil ko‘k to‘rutti, ko‘turdi ediz,
Kun, Ay birla yulduz bezadi bediz.
Qudisi yag‘iz yer yashil suv bila,
O‘rusi suzug yel uza o‘t bila.
(Yashil ko‘kni yaratdi, yuqori ko‘tardi,
Kun, Oy, yulduzlar bilan suratini bezadi.
Quyisi kulrang yer bilan yashil suvdan iborat.
Yuqorisi suzuvchi yel bilan o‘tdan iborat).
Muhimi shundaki, muallifning olam va uning tuzilishi to‘g‘risidagi falsafiy qarashlari ilmiy kitoblardagidek to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki badiiy shaklda, asar qahramonlarining holati, gap-so‘zi orqali bayon etiladi. Asarda ilmiy haqiqat bilan ijodkorning badiiy tafakkuri o‘zaro uyg‘unlashib ketgan. Hukumdor Kuntug‘di-elig (otining lug‘aviy ma’nosi – «chiqqan, tuqqan Kun»), vazir Oyto‘ldi ( «to‘lin Oy») – Quyosh va Oyning holatini ham badiiy shaklda aks ettiradi.
Yusuf Xos Hojib Oyni ta’riflar ekan, uning tinimsiz harakatda ekanini alohida ta’kidlaydi. Oyning ta’rifi asar qahramonlari Kuntug‘di elig bilan vazir Oyto‘ldi suhbatida yaxshi ochib berilgan. Oyto‘ldi deydi:
Bu Ay o‘rni bo‘ldi evi munqalip,
O‘runsuz bo‘lur munqalip nang qilip.
Bu Ay burji Saratan, bu ev evrulur,
Evi evrulur ham o‘zi chevrulur.

Qayu evka kirsa, bu Ay terk chiqar,


Chiqari uchun terk batarin yiqar.
(Bu Oyning o‘rni o‘zgaruvchan uydir,
U o‘zgaruvchan harakat qilib, o‘rinsiz bo‘lib qoldi.
Oyning burji Saratondir, bu uy doim aylanadi.
Uyi aylanadi, shuning uchun o‘zi ham charx uradi.
Qaysi uyga [burjga] kirmasin, bu Oy tez qaytib chiqadi,
Chiqish uyi bo‘lgani uchun, botgan uyini tez tark etadi).

Oyto‘ldi, o‘z otining ma’nosini izohlar ekan, sifatini Oyga mengzaydi:

Bu Ay tug‘sa, ashnu edi az tug‘ar,
Kuninka beduyur, yuqaru ag‘ar.
To‘lun bo‘lsa, to‘lsa, ajunda yarur,
Ajun xalqi andin yaruqluq bulur.
Tugal bo‘lsa, ko‘r, Ay bu ag‘sa ediz,
Yana erlu to‘rchir, ketar ko‘rk mengiz.
Yaruqluqi eksur, yana yo‘q bo‘lur,
Tug‘ar kecha azin, yana-o‘q to‘lur.
(Oy tug‘ilganda, boshlab juda kichik tug‘iladi,
So‘ng kundan-kun ulg‘ayadi, yuqori ko‘tariladi.
To‘lin bo‘lsa, to‘lsa, olamni yoritadi,
Olam xalqi undan yorug‘liq topadi.
Oy tugal to‘lishib, eng baland ko‘tarilsa, ko‘rgin,
Yana yemirilib, kamaya boradi, yuz chiroyi ketadi.
Yorug‘lig‘i kamayadi, yana yo‘q bo‘ladi.
Qayta tug‘ilgach, kechasidan boshlab oz-ozdan yana to‘lishadi).

Yusuf Xos Hojibning ta’rificha, Oy harakatda bo‘lgani uchun yorug‘lig‘i o‘zgarib turadi. «Kun bilan yuzma-yuz kelganda to‘lishadi» (Yashiq birla o‘tru baqishsa, to‘lur) deya ta’kidlaydi shoir.


Endi muallifning koinotdagi boshqa bir jism – Kun va uning holati bilan bog‘liq fikrlariga e’tibor qaratamiz. Asar qahramoni Kuntug‘di, o‘z ismining ma’nosini ta’riflar ekan, sifatini Kunga o‘xshatadi. Shu o‘rinda Kunni ta’riflab, deydi:
Yana ma bu Kun burji sabit turur,
Bu sabit tedukum tubi berk bo‘lur.
Bu Kun burji Arslan, bu burj tebramas,
Evi tebramasa uchun artamas.
(Yana shu borki, Kun burji sobitdir (barqaror, turg‘undir),
Sobit deganimning ma’nosi shuki, uning asosi mahkamdir [ya’ni Kun burji o‘zgarmasdir].
Bu Kun burji Arslon [ya’ni Asad]dir, bu burj tebranmaydi,
Uyi [ya’ni burji] tebranmaydi, shuning uchun o‘zi buzilib kamaymaydi).
Yusuf Xos Hojibning ta’rificha, Kun qo‘zg‘almasdir. Kun burji barqaror, turg‘undir. Kun burji sabit turur (Kun burji sobitdir) deya ta’kidlaydi olim. Shuning uchun doim birday yorug‘liq sochib turadi.
Boshqa bir yog‘i, muallifning ushbu fikrlari asosida katta bir masala turibdi. Bu jumboqni shunday tushuntirish mumkin: Falak va Yer doimiy harakatda. Kun markazda turadi, u turg‘undir. Yer esa uning tevaragida aylanadi. Bu fikrlar ulug‘ olimning dunyo va uning tuzilishi to‘g‘risidagi falsafiy qarashlarining asosini tashkil etadi.
Muhimi, muallifning yuqorida ta’kidlangan falsafiy qarashlari badiiy ko‘rinishda, asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari hamda qahramonlarning holati bilan uyg‘un holda tasvirlanadi.

Download 100.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling