Quva tumani xtb 67-umumiy o’rta ta’lim maktabining maxsus komissiya yig’ilishi
Download 8.88 Kb.
|
Quva tumani XTB 67
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kun tartibi
- Yig’ilish qaror qiladi
Quva tumani XTB 67-umumiy o’rta ta’lim maktabining maxsus komissiya yig’ilishi № -son Bayonnomasi 2022-yil mart Paxtaobod qishlog’i Maxsus komissiy raisi: Sh.Abdullayev Kotiba O’TIBDO’: S.Qodirova A’zolari: X.Yuldasheva Sh. Nazirov F.Mo’minova Kuzatuv kengashi raisi: Sh.Tursunova Ota-onalar vakili: S.Axmedova Kun tartibi: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining o’rnak ko’rsatgan xodimlarini rag’batlantirish tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi 823-sonli qarorni bajarish maqsadida Eshittirildi: Yig’ilishda so’z olgan maxsus komissiya a’zosi kasaba uyushma raisi Sh.Nazirovning axboroti tinglandi. U o’z so’zida ushbu xodimlar o’quv yili davomida o’zining ta’lim-tarbiya tashkiliy ishlarda va maktabning obodonlashtirish, tozaligiga qo’shgan xissasi va faol ishtiroki uchun quyidagi maktab Ingliz tili fani o’qituvchisi G.Soliyeva, maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi Y.Toshpo’latov, matematika fani o’qituvchisi Z.Mansurova va matematika fani o’qituvchisi R.Azimova hamda XIBDO’ I. Olimov va kotiba F.Zokirovalar ish faoliyati o’rganib chiqildi va maxsus komissiya a’zolariga xulosa berishlari hqida ma’lumot berdi. Maxsus komissiya a’zolari kasaba uyushma raisi Sh.Nazirovning fikrini atroflicha o’rganib bir ovozdan qo’llab-quvvatladilar va ma’qulladilar. Yig’ilishda faoliyati o’rganilgan xodimlar maktab ingliz tili fani o’qituvchisi G.Soliyeva, maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi Y.Toshpo’latov, matematika fani o’qituvchisi Z.Mansurova va matematika fani o’qituvchisi R.Azimova hamda XIBDO’ I. Olimov va kotiba F.Zokirovalar 2022-yil aprel oyi ish haqiga qo’shimcha 100% miqdorida rag’batlantirish kerakligi haqida taklifni kiritdilar. Ko’rilgan masala yuzasidan Yig’ilish qaror qiladi: Maktab ingliz tili fani o’qituvchisi G.Soliyeva, maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi Y.Toshpo’latov, matematika fani o’qituvchisi Z.Mansurova va matematika fani o’qituvchisi R.Azimova hamda XIBDO’ I. Olimov va kotiba F.Zokirovalar 2022-yil aprel oyi ish haqiga qo’shimch 100% miqdorida rag’batlantirilsin. Rag’batlantirishga mablag’ni XTBning markazlashgan buxgalteriya hisobidan ajratilsin. Ushbu qarorni nazorat qilishni maxsus komissiya kotibi O’TIBDO’ S.Qodirova zimmasiga yuklatilsin Maxsus komissiy raisi: Sh.Abdullayev Kotiba O’TIBDO’: S.Qodirova A’zolari: X.Yuldasheva Sh. Nazirov F.Mo’minova Kuzatuv kengashi raisi: Sh.Tursunova Ota-onalar vakili: S.Axmedova Download 8.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling