Quvasoy shahar 3-Maktabgacha Ta’lim Tashkiloti tarbiyachisi Shoxsanam Srajidinovaning tadbir ssenariysi


Nozima: Dugonajon, bo`laylik, Saranjom-u, sarishta. Bizlar o`rnak bo`laylik, Boshqalarga har ishda. Buvi


Download 58.21 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi58.21 Kb.
#1571588
1   2   3   4
Bog'liq
Katta guruh zumradoylar

Nozima: Dugonajon, bo`laylik,
Saranjom-u, sarishta.
Bizlar o`rnak bo`laylik,
Boshqalarga har ishda.
Buvi: Qattiq kulmas qiz bola,
Kattalar qilar uyat.
Odobli bo`lsangiz gar,
Maqtashar sizni har vaqt.
Ota-ona hurmatin,
Qo`yinglar joy-joyiga.
Ular kirsa eshikdan,
Gul to`shanglar poyiga.
Supurib hovlingizni,
Idishlarni yuvinglar.
Changlarni artib qo`yib,
Ozoda qiz bo`linglar.
Shunda ota-onangiz,
Sizdan xursand bo`ladi.
“Asal qizim”, deb suyib,
Sizni duo qiladi.
Qizlar: Bizlar albatta sizning aytganlaringizni bajaramiz.
Qizcha: Biz Qimmatga o`xshab somsa tugib bilmayman, deb o`tirmaymiz.
Buvi: Qani kelinglarchi, mana bu yerda somsaga xamir tayyorlab qo`yganman. Hozir hammangizning chaqqonligingizni bir sinab ko`ramiz.

Somsa tugish” Qimmat bilan bellashuv o`tkaziladi. Qimmatning ishi ham hammaga manzur bo`ladi. Ikki qiz somsalarni pishirish uchun olib ketishadi.



Buvi: Barakalla qaqajonlarim, hammangiz juda chaqqon ekansizlar. Ayniqsa Qimmat ancha uquvli qiz bo`lib qolibdi. Siz odob haqida ancha narsalarni bilar ekansizlar. Aytinglarchi odobning qanday turlarini bilasiz?

  • Salomlashish odobi

  • Dasturxon odobi

  • O`rtoq bo`lish odobi

  • Kiyinish odobi

  • Ko`chada yurish odobi

  • Qo`shnichilik odobi

Buvi: Barakalla, bobo va buvijonlarni hurmat qilish haqida nimalarni bilasiz?
7-qizcha: Derlar qari bilganin,
Parilar bilmaydilar.
Qariyalar hech kimni,
Xafahol qilmaydilar.
Ular zukko, donodir.
Nasihatgo`y, mehribon.
Xuddi ular aytganday,
To`g`riso`zbo`l, o`rtoqjon.
8-qizcha: Chorlasalar, “Labbay” deb,
So`zlariga quloq sol.
Agar ish buyursalar,
“Xo`p bo`ladi”, de darhol.
Ularning har bir so`zi,
Duru gavhar, tillodir.
Yo`q, tillomas, aslida,
Tillodan ham a’lodir.
9-qizcha: Bobo-buvijonlarning,
Duosini olaylik.
Choy ichsalar, choyiga,
Shakar, novvot solaylik.
Bizni chorlab yoniga,
Aytsalar gar nasihat.
Nasihatga hamisha,
Amal qilaylik albat.
10-qizcha: Bobojonlar pir bo`lar,
Buvijonlar farishta.
Nabiralarga ular,
O`rnak bo`lar har ishda.
Buvijonim juda ko`p,
Aytar ertak, rivoyat.
Bobojonim oqshomlar,
O`rgatar hadis, oyat.

Download 58.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling