Quvasoy shahar 3-Maktabgacha Ta’lim Tashkiloti tarbiyachisi Shoxsanam Srajidinovaning tadbir ssenariysi
Download 58.21 Kb.
|
Katta guruh zumradoylar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jajji Zumradoylar Dono buvi huzurida”.
- Buvi
- Qizlar
- 1-qizcha
Quvasoy shahar 3-Maktabgacha Ta’lim Tashkiloti tarbiyachisi Shoxsanam Srajidinovaning tadbir ssenariysi “Jajji Zumradoylar Dono buvi huzurida” (“Zumradoylar davrasi” to`garagida o`tkazish uchun ko`ngilochar ssenariysi) “Jajji Zumradoylar Dono buvi huzurida”. (“Zumradoylar davrasi” to`garagida o`tkazish uchun ko`ngilochar ssenariysi) (Musiqa sadosi ostida buvi zalga kiradi va nabiralarini chaqiradi). Buvi: Salima, Karima, Nozima qayerda sizlar? (Qizlar musiqa sadosi ostida zalga kirishadi va salomlashib buvining oldiga o`tirishadi). Qizlar: Buvijon maylimi dugonalarimizni ham chaqirsak? Buvi: Mayli, bolajonlarim. (Musiqa sadosi ostida qizlar zalga kirishadi va salomlashib buvining oldiga o`tirishadi). Buvi: Vaalaykum assalom, qani kelinglar. O`tirib olinglarchi. Sizlar odobli qizlar ekansizlar. Salomlashish odobning bir turi ekanligini bilasizmi? Qizlar: Bizga buni tarbiyachimiz “Zumradoylar davrasi” to`garagida o`rgatganlar. Buvi: Shunaqami? Qani unda bilganlaringizni hozir bir namoyish etinglarchi. (Salomlashish odobi). Axloq to`ri, minbari, Shirin so`zdir, kalomdir. Shu so`zning dur, gavhari, Bilsangiz, bu salomdir. Keksalar uchragan on, Darrov qiling tabassum, Va ayting-ki, qizlarjon, “Assalomu alaykum”. 1-qizcha: Salom so`zi ma’nosi, Tinchlik tilash, degani. Chekinsin dil g`avg`osi, Sog`lik tilash, degani. 2-qizcha: “Assalomu alaykum” – Qalbga yaqin bu kalom. Esli hushli bolajon, Ko`rinamiz biz shu on. 3-qizcha: Alik olib keksalar, Boshingizni silaydi, Shunda sizga ham ular, Sog`-omonlik tilaydi. Buvi: Barakalla, qizlarim! Salomlashishning ham qoidalari bor. Xonaga kirgan kishi birinchi bo`lib o`tirganlarga - Assalomu alaykum! – deb salom beradi. Alik oluvchi “Vaalaykum assalom” deb javob qaytaradi. Katta kishilarga yoshlar birinchi bo`lib hurmat bilan salom beradilar. Shunda sizni yaxshi qiz ekan deyishadi. Qizlarim, siz nima yaxshi-yu, nima yomonligini bilasizmi? Download 58.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling