Quvasoy shahar 3-Maktabgacha Ta’lim Tashkiloti tarbiyachisi Shoxsanam Srajidinovaning tadbir ssenariysi


Download 58.21 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi58.21 Kb.
#1571588
  1   2   3   4
Bog'liq
Katta guruh zumradoylar


Quvasoy shahar
3-Maktabgacha Ta’lim Tashkiloti tarbiyachisi Shoxsanam Srajidinovaning tadbir ssenariysi
Jajji Zumradoylar Dono buvi huzurida”
(“Zumradoylar davrasi” to`garagida o`tkazish uchun ko`ngilochar ssenariysi)






Jajji Zumradoylar Dono buvi huzurida”.


(“Zumradoylar davrasi” to`garagida o`tkazish uchun ko`ngilochar ssenariysi)


(Musiqa sadosi ostida buvi zalga kiradi va nabiralarini chaqiradi).


Buvi: Salima, Karima, Nozima qayerda sizlar?
(Qizlar musiqa sadosi ostida zalga kirishadi va salomlashib buvining oldiga o`tirishadi).
Qizlar: Buvijon maylimi dugonalarimizni ham chaqirsak?
Buvi: Mayli, bolajonlarim.
(Musiqa sadosi ostida qizlar zalga kirishadi va salomlashib buvining oldiga o`tirishadi).
Buvi: Vaalaykum assalom, qani kelinglar. O`tirib olinglarchi. Sizlar odobli qizlar ekansizlar. Salomlashish odobning bir turi ekanligini bilasizmi?
Qizlar: Bizga buni tarbiyachimiz “Zumradoylar davrasi” to`garagida o`rgatganlar.
Buvi: Shunaqami? Qani unda bilganlaringizni hozir bir namoyish etinglarchi.
(Salomlashish odobi).
Axloq to`ri, minbari,
Shirin so`zdir, kalomdir.
Shu so`zning dur, gavhari,
Bilsangiz, bu salomdir.
Keksalar uchragan on,
Darrov qiling tabassum,
Va ayting-ki, qizlarjon,
“Assalomu alaykum”.
1-qizcha: Salom so`zi ma’nosi,
Tinchlik tilash, degani.
Chekinsin dil g`avg`osi,
Sog`lik tilash, degani.
2-qizcha: “Assalomu alaykum” –
Qalbga yaqin bu kalom.
Esli hushli bolajon,
Ko`rinamiz biz shu on.
3-qizcha: Alik olib keksalar,
Boshingizni silaydi,
Shunda sizga ham ular,
Sog`-omonlik tilaydi.
Buvi: Barakalla, qizlarim! Salomlashishning ham qoidalari bor. Xonaga kirgan kishi birinchi bo`lib o`tirganlarga - Assalomu alaykum! – deb salom beradi. Alik oluvchi “Vaalaykum assalom” deb javob qaytaradi. Katta kishilarga yoshlar birinchi bo`lib hurmat bilan salom beradilar. Shunda sizni yaxshi qiz ekan deyishadi. Qizlarim, siz
nima yaxshi-yu, nima yomonligini bilasizmi?

Download 58.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling