Quydagilar: talaba bu fanni o’rganib bozorni boshqarish va tashkil etish asoslarini


Download 1.54 Mb.
bet4/30
Sana24.12.2022
Hajmi1.54 Mb.
#1053297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Menejment

Variant №4
1 . Menejment fanining boshqa fanlar bilan o'zaro aloqasi.
Menejment-fani boshqarish to‘g‘risidagi bilimlar majmuasidir. U ijtimoiy iqtisodiy, sotsial, xuquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir.
Menejment, dastavval iqtisodiy nazariya fani bilan yaqindan bog‘liqdir. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga va ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy metodlarni qo‘llashga, xar bir xodimga va jamoaga ta’sir ko‘rsatishga asoslanadi. Bir qator iqtisodiy fanlar: makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, istiqbolni belgilash, mexnat iqtisodiyoti kabilar xam menejment fani bilan chambarchas bog‘liqdir.
Boshqarish fani bilan yuridik fanlari o‘rtasida muayyan munosabatlar mavjuddir. Yuridik fan boshqaruv faoliyati qanday doirada amalga oshirilishi lozimligini, xuquqiy normalarni qanday qo‘llash xamda xo‘jalik yuritish jarayonida boshqaruv organlari, raxbarlar va ayrim kishilarning me’yoriy xujjatlardan, qonunlardan foydalanishini belgilab beradi.
Sotsiologiya, psixologiya va mexnat fiziologiyasi boshqaruv muammolarini ishlab chiqishda juda katta rol o‘ynaydi.
Menejment fani boshqarishning umumiy qonuniyatlarini o‘rganuvchi kibernetika fani bilan uzviy bog‘langandir. U boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni idrok qilish va qayta ishlash jarayonlarini o‘rganadi. Kibernetika yutuqlari:
•boshqaruvdagi axborot tizimini takomillashtirishga;
•boshqarish jarayonini kompyuterlashtirishga;
•avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini yaratishga keng yo‘l ochib beradi. Qayd qilingan aloqador fanlarni mukammal o‘rganish boshqarishning sir-
asrorlarini chuqur anglashga va uni samarali qo‘llashga imkon beradi
2. Boshqaruv funktsiyasi deganda nimani tushuniladi?
Boshqaruv funktsiyasi deganda nimani tushuniladi? Boshqaruv funksiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tash­kil qilishdan kelib chikadi. Masalan, ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida: loyihalash; konstruktorlik; rejalashtirish kabi ishlarni bajarish bilan bog’liq funksiya­lar paydo bo’ladi. Keyingi funksiyalar ishlab chiqarishni tay­yorlash, ya’ni,mahsulot tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish, mehnat normalari, materiallari sarfini belgilash; asbob-uskunalarni tayyorlash kabi ishlarni bajarish bilan bog’liq funksiyalar paydo bo’ladi. Ishlab chiqarish jarayonini boshlash va uni uzluksiz davom ettirish uchun ishlab chiqarish vositalari, texnika, xom ashyo, energiya, transport kabi moddiy ta’minot vositalari zarur. Shundan keyin, kadrlarni tanlash, ularni joy-joyiga qo’yish, mehnatni tashkil qilish, ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish kabi bir qator tashkiliy funksiyalar kelib chiqadi. Ko’rinib turibdiki, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funksiyalarida namoyon bo’layapti. Zero, funksiyalar faoliyat turlarini, sub’ektning boshqarish obyektiga aniq, ta’sir qilish yo’nalishlarini aks ettiradi. Aniq funksiyalar. Iqtisodiy funksiyalar. Qo’llanish va foydalanish miqyosiga qarab sotsial funksiyalar boshqarish faoliyati turlariga qarab ma’naviy-ma’rifiy funksiyalar. Tashkiliy funksiyalar boshqaruv funksiyalaridan tashqarida boshqaruv jarayonining o’zi ham bo’lishi mumkin emas. Funksiyalar tarkibini, ularning ko’lamini va mazmunini aniqlash boshqaruvchi xodimlar sonini belgilash, boshqaruv apparatining tashkiliy tarkibini loyhalash uchun muhim asos bo’lib hisoblanadi.
Boshqarish funksiyalari — ko’p qirrali tushunchadir. Shu sababli ularni muhim belgilar bo’yicha turkumlarga ajratib o’rganish zaruriyati tug’iladi. Boshqarish funksiyalarining tasnifi. Boshqaruv funksiyalarining mohiyati, tasnifi va mazmunini o’rganish boshqaruvning butun jarayonini tartibga solib turish uchun zarurdir, chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funksiyalarida namoyon bo’ladi.
G’arb menejmentining bugungi zamonaviy nazariyasi boshqarish funksiyalarini tasniflashda, eng avvalo uning quyidagi asosiy (umumiy) funksiyalariga ustuvorlik beradi: rejalashtirish; tashkil qilish; tartibga solish va muvofiklashtirish; nazorat; rag’batlantirish (motivlashtirish). Bu funksiyalar boshqaruvning barcha bo’g’inlarida va hamma bosqichlarida quyidagi izchillikda amalga oshiriladi:
• Rejalashtirish;
• Marketingni boshqarish;
• Moliyaviy boshqarish;
• Sifatni boshqarish;
• Mehnatni boshqarish;
• Xodimlarni boshqarish;
• Innovatsiyani boshqarish va hokazo.
Bunday holda ishlab chiqarishni boshqarish faoliyatining ayrim turlari va sohalari alohida ajralib turadi.
Boshqarishning yuqorida sanab o’tilgan asosiy funksiya­lari ishlab chiqarishni boshqarish jarayonida muhim o’rin tutishi zarur bo’lganligi tufayli ularni mufassal ko’rib chiqamiz.
Demak, boshqarish rejalashtirishdan boshlanib, faoliyatni tashkil qilish, uni rag’batlantirish bilan davom ettirilib, nazorat bilan tugaydi. Bu yerda muvofiqlashtirish barcha funk­siyalar jarayonida o’z aksini topadi. Bu funksiyalar boshqaruvning hamma bosqichlariga xos bo’lgan umumiy xususiyatlarga ega bo’lib, boshqaruv apparatining barcha rahbarlari va mutaxassislari faoliyatida mavjud bo’ladi. Ular­ni, shuningdek, boshqaruvning hamma tomonlarini qamragan funk­siyalar deyish ham mumkin, chunki ular boshqaruv tizimini ham bo’yiga (vertikaliga), ham eniga (gorizontaliga) qamrab oladi. Boshqarish funksiyasini tasniflashning ikkinchi yondashuvida boshqarish ishini aniq ijrochilar bo’yicha taqsimlashga ustuvorlik beriladi. Bunda bir butun aniq funksiyalar tizimi ajratiladi. Masalan, zamonaviy g’arb firmalarida ishlab chiqarishga oid 20—25 tadan kam bo’lmagan funksiyalar ajratiladi. Bular quyidagilardir: asosiy ishlab chiqarishni boshqarish; qo’shimcha ishlab chiqarishni boshqarish; ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi ishlab chiqarishni boshqa­rish;
Boshqarish faoliyatining turlariga ko’ra, funksiyalar quyidagicha bo’ladi: boshqarishning iqtisodiy funksiyalari, ya’ni, mablag’larning doiraviy aylanishni amalga oshirish, mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish, marketing xizmatini uyushtirish, foyda olishni ta’minlash va h.k.; boshqarishning sotsial funksiyalari, ya’ni: mehnat sharoitini yaxshilash, xodimlarning uy-joyga ehtiyojini, sotsial madaniy-ma’naviy ehtiyojlarni qondirish, moddiy rag’batlantirishni ta’minlash, ijtimoiy himoyani ta’minlash va h.k.; boshqarishning ma’naviy-ma’rifiy funksiyalari, ya’ni, xodimlarni insoniylik, yaxshilik, mehr-shafqatli va o’zaro munosabatlarda sabr-toqatli bo’lish ruhida tarbiyalash, xodimlarni Vatanga muhabbat, insonparvarlik ruhida tarbiya­lash, halolikni, adolat tuyg’usini, bilim va ma’rifatga intilishni tarbiyalashga xizmat qilish va h.k. Boshqarishning tashkiliy funksiyalari ya’ni, ishlab chiqarishni tashkil qilish, o’zaro aloqalarni o’rnatish va muvofiqlashtirish, barcha bo’g’in va bo’limlar o’rtasida vazifalar taqsimoti, vakolat va boshqarish apparati xodimlari o’rtasida ma’suliyatlarni belgilash, boshqarishning aniq uslubini tanlash va qaror qabul qilishda ish tartibi izchilligi, axborotlar oqimini tashkil qilish va h.k. Qayd qilingan funksiyalar bir-biri bilan bog’liq va ma’lum darajada tartibga solingan ko’p unsurlardan, tarkibiy qismlardan iborat bo’lib, ular yaxlitlikka ega. Shuning uchun ham boshqarish jarayonida ularning birortasi ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak.

3. Boshqarishdan maqsad nima?


Maqsad - bu muddao, murod, ya’ni u yoki bu niyatga erishmoq uchun ko’zda tutilgan mushtarak orzu.
Aynan, shu maqsad kishi faoliyatini, o’z orzularini ushalishiga yo’naltiradi
ish joylarini va ularning yig'ilishlari rejalarini ishlab chiqish; rejalarni amalga oshirish bo'yicha ishlarni
tashkil etish; vazifalarning bajarilishini nazorat qilish; amalga oshirish jarayonida maqsadlar va ularga
erishish yo'llarini moslashtirish

Variant №5va 29 bir xil


1, Boshqarish ta'limotida to'rt yo'nalish.
Ilmiy menejment maktabi 1340-1400 yillar Amir Temur - Mamlakatni idora qilish va saltanatni boshqarish uslubi, strategiyasi va taktikasini joriy qildi.
-XIV-XV asrlar voqealari va ijtimoiy hayotni o’zida aks ettirgan qimmatli asar Temur tuzuklarini yaratdi. Mazkur asarda bayon etilgan boshqarish yo’l-yo’riqlari, qonun-qoidalari, pand-nasihatlari O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlash yo’lida xizmat qilmoqda.
-Kuchli davlatni barpo etish, davlat hokimiyatining qaysi ijtimoiy toifalariga tayanishi, mansabdor shaxslarni ularning sifatlariga ko’ra tanlash va vazifalarga tayinlash borasida amaliy jihatdan mukammal bo’lgagn ta'limotni yaratdi.
-Buyuk davlat arbobi, dunyoviy bilimlarning sohibi bo’lgan Sohibqiron markazlashgan davlatni barpo etishi orqali o’rta asrlarda buyuk shaxslar etishib chiqishi uchun moddiy, g’oyaviy zaminni yaratdi. (1885-1920) yillar F. Teylor G. Emerson va boshqalar
- Vazifani bajarishning maqbul usullarini topish maqsadida ilmiy tahlilni qo’llash.
- Vazifani bajaruvchi eng maqbul xodimni tanlash va uning o’qitilishini ta'minlash.
- Vazifani samarali bajarilishini ta'minlovchi xodimlarni zarur resurslar bilan ta'minlash.
- Yuqori mehnat unumdorligini ta'minlash maqsadida xodimlarni muntazam rag’batlantirib turish.
Mumtoz yoki ma'muriy menejment (1920-1950) A. Fayol, M. Veber va boshqalar
- Boshqaruv printsiplarini rivojlantirish.
- Boshqaruv funktsiyalarini bayon etish.
- Tashkilotni yalpi boshqarishda sistemali yondoshuvni asoslash.
"Inson munosabatlari" maktabi (1950 yildan hozirgacha)
E. Meyo, R. Laykert va boshqalar
- Mehnat unumdorligini oshirish maqsadida o’zaro munosabatlardan qoniqish hosil qiluvchi usullarni qo’llash.
- Kompaniyaning siyosati va istiqbolini xodimlarning xulq-atvoriga asoslangan holda tashkil etish.
2. Boshqaruv usullari
Usul - bu tadqiqot qilish yoki ta'sir ko’rsatish usulidir. Tadqiqot qilish nuqtai nazaridan uslub deganda boshqaruv ob'ektini o’rganish jarayonida qo’llaniladigan usullar, ya'ni:
• sistema (tizim)li yondoshuv;
• kompleks yondoshuv;
• tarkibiy yondoshuv;
• integratsion yondoshuv;
• modellashtirish;
• iqtisodiy-matematik yondoshuv;
• kuzatish;
eksperiment;
• sotsiologik kuzatuv kabi tahlilning ilmiy usullari tushuniladi.
Ta'sir ko’rsatish nuqtai nazardan esa usul deganda boshqarish funktsiyalarini amalga oshirish uchun boshqaruv ob'ektiga ta'sir o’tkazish usullari tushuniladi. Bunday usullarga quyidagilar kiradi:
- funktsional tizimosti ob'ektlarini boshqarish usuli;
- boshqarish funktsiyalarini bajarish usullari;
- boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullari.
Har xil yondashuvlar, yo’sinlar, yo’llar yordamida amalga oshiriladigan turli-tuman boshqaruv ishlarining majmui - boshqaruvning aniq va o’ziga xos usullari deb yuritiladi.
Boshqaruv usullari - bu xodimlarga va umuman ishlab chiqarish jamoalariga ta'sir ko’rsatish usullari bo’lib, bu usullar qo’yilgan maqsadlarga erishish jarayonida mazkur xodimlar va jamoalarning faoliyatini uyg’unlashtirishni nazarda tutadi.
Boshqarish usullari ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish jarayonidagi mavjud munosabatlardan ob'ektiv tarzda kelib chiqadi.

3. Menejment fanining predmeti va metodlari


Boshqaruv predmeti - bu tashkilotda sodir bo'ladigan va tashkilot maqsadlariga erishish uchun odamlarning o'zaro ta'siri bilan bog'liq bo'lgan o'rganiladigan jarayonlar.
Menejment boshqa fanlardan o'zlashtirilgan turli xil o'rganish usullaridan foydalanadi. Boshqaruv usullariga tarixiy yondashuv, tizimli tahlil, tahlil, sintez, induksiya va deduksiya, eksperiment, psixoanaliz va boshqa bir qator usullar kiradi. Zero, menejment asosini analitika tashkil etadi, chunki har tomonlama tahlil asosida samarali qarorlar qabul qilinadi.


Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling