Quyida multimedia mahsulotlari ishlab chiqishga mo‗ljallangan dasturiy mahsulotlarni qisqacha sharhlab o‗tamiz


Download 40.3 Kb.
bet6/8
Sana19.06.2023
Hajmi40.3 Kb.
#1611123
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Multimedia tushunchasi keng ma

3D Studio MAX


3D Studio MAX Kinetix firmasi tomonidan ishlab chiqilgan 3D- animatsiyalari ichida eng mashhurlaridan biridir. Dastur uch o‗lchovli film yaratish jarayonini to‗liq ta‘minlaydi: ob‘ektlarni modellashtirish va sahnalarni shakllantirish, animatsiya va vizualizatsiya, video bilan ishlash. Dastur SGI ishchi stansiyalari uchun chiqarilgan juda quvvatli paketlar bilan raqobat qilishga da‘vogarlik qiladi. Dasturning interfeysi barcha modullar uchun yagona bo‗lib, yuqori darajada interfaollikka ega. 3D Studio MAX animatsiyalarni boshqarishning kengaytirilgan imkoniyatlarini amalga oshiradi. Har bir ob‘ektning harakati tarixini saqlab qoladi va turli rangli effektlarni yaratish imkonini beradi. 3D- akseleratorlarini qo‗llab-quvvatlaydi va ochiq arxitekturaga ega, ya‘ni uchinchi firma tomonidan tizimga qo‗shimcha ilovalar o‗rnatishga imkoniyat yaratadi.
Adobe Director SD va DVD disklarda, ijtimoiy terminallarda, shuningdek, Internetda e‘lon qilinadigan ilovalar va axborotlar bilan to‗ldirish, amalga oshirishda tayyor multimedia vositalaridan bir necha bora foydalanish imkoniyatini beradi. Ilova multimedia materiallarini qayta ishlash sohasida amaliy jihatdan cheklanmagan imkoniyatlarni taqdim etadi. Foydalanuvchining ixtiyorida materiallarni har xil platformalarda e‘lon qilish vositalari, shuningdek, DVD-Video formatlarni qo‗llab-quvvatlash, ikki tilda ssenariylar yozish va bularning hammasini Flash paket bilan integratsiyalashgan holda hal etish imkoniyati bor.
Multimedia formatlarining ko‗p miqdorli qo‗llab-quvvatlanishi tufayli Director ish jarayonini optimallashtirishga yordam beradi. Taqdim etilayotgan ishlab chiqish muhiti multimedia axborotlarini yaratish uchun zarur barcha vositalarni ta‘minlaydi. Interfaol audio va video-fragmentlar, vektor va grafiklar, har xil shriftlar va boshqalarning qo‗shilishi mahsulotdan foydalanuvchilarning diqqatini jalb qiluvchi jozibaga ega bo‗ladi.
Foydalanuvchi uchun qulay interfeys Adobe mahsulotlari seriyasining barchasi uchun yagona. Ishingizning samarasini ancha oshiradi va Adobe Flash paketidan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi.

Download 40.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling