Quyida multimedia mahsulotlari ishlab chiqishga mo‗ljallangan dasturiy mahsulotlarni qisqacha sharhlab o‗tamiz


Download 40.3 Kb.
bet5/8
Sana19.06.2023
Hajmi40.3 Kb.
#1611123
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Multimedia tushunchasi keng ma

Adobe Illustrator


Adobe firmasining Illustrator vektorli paketi illyustratsiyalarni yaratish va sahifaning umumiy dizaynini ishlab chiqish uchun mo‗ljallangan bo‗lib, tayyor tasvirlarni yuqori aniqlikda chiqarishga yo‗naltirilgan. Bu paket shakl va simvollarni ixtiyoriy ko‗rinishda yaratish, keyin esa ularning o‗lchamlarini o‗zgartirish, aylantirish va deformatsiyalash imkonini beradi. Bundan tashqari, Illustrator matn va ko‗p sahifali hujjatlar bilan ishlash uchun keng spektrdagi instrumentlarga ega.

Photo Graphics


Photo Graphics ob‘ektga yo‗naltirilgan yondashuvdan foydalanadi. Har bir ob‘ekt juftlikda bo‗lib, region va effektdan iborat, dastur faqat region doirasidagina ta‘sir qiladi. Turli qatlamlarda joylashgan ob‘ektlar o‗zaro ta‘sirlashadi, ya‘ni yuqoridagi qatlamda joylashgan ob‘ektning effekti o‗z regioni doirasida pastki qatlam ob‘ektini qoplab qo‗yadi. Ob‘ekt ko‗chirilsa, effekt u bilan birga ko‗chadi. Dasturning afzalligi shundaki, uning fayllari hajmi kichkina, unda nuqtalar haqidagi ma‘lumotlar emas, balki tasvirlarni tuzish qoidalari saqlanadi. SHuning uchun rasm, o‗lchami qanday bo‗lishidan qat‘iy nazar, istalgan aniqlikda chiqarilishi mumkin.

3D-grafika va animatsiya


Uch o‗lchovli animatsiyalar texnologiyasi bo‗yicha qo‗g‗irchoq teatrni eslatadi: ob‘ektlarning karkaslarini yaratish, material va ularning qoplamalarini aniqlash, hammasini yaxlit sahnaga biriktirish, yoritish chiroqlari va kamerani o‗rnatish, keyin filmda nechta kadr bo‗lishi va predmetlarning harakatini belgilash kerak. Uch o‗lchovli fazoda ob‘ektlarning harakati traektoriyalar, asosiy kadr bo‗yicha murakkab konstruksiyalarning qismlari harakatini bog‗lab turuvchi formulalar yordamida beriladi. Kerakli harakat, yorug‗lik va materiallar berilganidan so‗ng vizualizatsiya jarayoni ishga tushiriladi. Ma‘lum vaqtdan so‗ng kompyuter barcha zarur kadrlarni hisoblab chiqadi va tayyor filmni beradi.
Kamchiligi shundan iboratki, ob‘ektlarning shakli va sirtqi qismlari haddan ortiq silliq, ularning harakati esa birmuncha mexanistik ko‗rinishga ega bo‗ladi. Haqqoniy uch o‗lchovli tasvirlarni yaratish uchun turli usullar qo‗llaniladi.
―Notekis‖ ob‘ektlarni, masalan, soch yoki tutunni yaratish uchun ob‘ektni ko‗plab zarralardan shakllantirish texnologiyasi qo‗llaniladi. Harakatlarni jonlantirish uchun invers kinematikasi va boshqa texnikalar kiritiladi, video yozuv va animatsiyali effektlarni bir-biriga yotqizish uchun yangicha uslublar paydo bo‗lib, sahnalar va harakatlar haqqoniyroq bo‗lishini ta‘minlaydi.

Download 40.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling