Quyidagilar klasterning muassislari bo‘lishi mumkin
Download 12.16 Kb.
|
1 2
Bog'liqoraliq
MTP, SFU va agrofirmalar hisobidagi mol-mulk.
Moddiy resurslar yordamida qishloq xo'jaligida turli xildagi ishlar, xizmatlar bajarilib, mahsulotlar yetishtiriladi. Fan-texnika taraqqiyoti natijasida ularning sifati, holati yaxshilanadi, yangilarini yaratish maqsadida keng ko'lamdagi ishlar bajariladi. Moddiy resurslarni ishlab chiqarishda qo'llash natijasida serhosil, tezpishar navlar, sermahsul chorva zotlari, har tomonlama qulay va samarali hisoblangan ilg'or texnologiyalar yaratiladi. Qishloq xo'jaligining moddiy-texnika resursiari respublika iqtisodiyoti resurslarining muhim qismi hisoblanadi. Ular mulk sifatida tarmoqning, korxonalarning iqtisodiy asosini tashkil etadi. Korxonalarning moddiy-texnika bazasi mustahkam bo'lsa, ularda iqtisodiy jihatdan rivojlanish uchun asos mavjudligidan dalolat beradi. Bundan ko'rinib turibdiki, fermer xo'jaliklarini yuqoridagi moddiytexnika vositalariga ega bo'lmasliklari ularni kelgusida iqtisodiy baquwat xo'jalik sifatida faoliyat ko'rsata olmasliklarini bildiradi. Har bir hududda fermer xo‘jaliklarining moddiy-texnika ta’minotini mustahkamlashda hisobga olinadigan omOlarga quyidagilar kiradi: • hududlar bo'yicha qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish tarkibi; • fermer xo'jaliklarining ixtisoslashganlik darajasi; • qishloq xo'jaligi ekinlarining tarkibi; • qishloq xo'jaligi ekinlarining hosildorligi va chorva mollarining mahsuldorligi; • qishloq xo'jaligi ekinlarining moddiy-texnika resurslariga bo'lgan talabi. Fermer xo'jaliklarining moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlash va mustahkamlash mamlakat miqyosida moddiy-texnika resurslarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar faoliyatini modemizatsiyalashtirish, ya’ni o'zaro raqobatlashadigan, ichki va tashqi bozorga sifatii hamda talabgor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar safini ko'paytirishni talab etadi. Fermer xojaliklarining moddiy-texnika ta ’minotini rivojlantirishning asosiy yo ‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi: • har bir qishloq xo'jaligi hududiga mos va iqtisodiy samaraii bo'lgan mexanizatsiya tizimini shakllantirish; • yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo'jaligi ekinlarini sug'orishda ilg'or texnologiyalarni qo'llash orqali suv resurslaridan samaraii foydalanish; • mahsuldor zotli hayvonlar bilan ta’minlash; • kasallikka chidamli, tezpishar va yuqori hosildor qishloq xo'jaligi ekinlarining urug'lari bilan ta’minlash; Download 12.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling