Quyosh bitmas tuganmas enyergiya manbasi. Reja


Download 318.45 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana30.04.2023
Hajmi318.45 Kb.
#1403391
1   2
Bog'liq
4-MA\'RUZA

Quyosh atmosferasi 
4.1.1-rasm. Quyoshning Hinode sun‘iy yo'ldoshidagi optik teleskop (SOT) 
yordamida olingan sirti va Quyosh toji. 2007-yil 12-yanvarda olingan. 


Quyoshning fizik parametrlari 
4.2. Quyosh nurlari energiyasi. 
4.2.1-rasm. Topaz quyosh elektr stansiyasi 
Quyosh nurlari stansiyalari - quyosh nurlari energiyasini elektr yoki 
issiqlik energiyasiga aylantirishga asoslangan. 
Quyosh elektr stantsiyalari (QES) Quyosh energiyasini to'g'ridan-to'g'ri 
(ichki fotoelektr effekti asosida), elektr energiyasiga aylantirib beradi. 


Amerika Qo'shma Shtatlarining Kaliforniya shtatida "Topaz Solar Farm" 
kompaniyasining Quyosh elektr stantsiyasi 550 MVt quvvatga ega va u hozirda 
ishlab turibdi. 
Quyosh elektr stantsiyalari quyidagilarni o'z ichiga oladi: 
• kaliy eritmasi bilan to'ldirilgan markaziy minoraga geliostatlar 
yordamida quyosh nurlari jamlanadi; 
• modul - QESlarda sovutish suyuqligi, odatda moylar qo'llanib Quyosh 
nurlarini parabolik-silindrsimon ko'zgu kontsentrator markaziga o'rnatiladi va 
issiqlik ta‘sirida bug'lanadigan suvga issiqlik uzatiladi. 
4.3.2-rasm. Quyosh suv havzasining diagrammasi: 
1- toza suv qatlami; 2 - gradient qatlam; 
3- sho'r suv qatlami; 4 - issiqlik almashtiruvchi. 
Quyosh havzalari - bir necha metr chuqurlikdagi, ko'p qavatli tuzilishga 
ega bo'lgan kichik hovuz. Yuqori - konvektiv qatlam - chuchuk suv so'ngra sho'r 
konsentratsiyasi yuqoridan pastgacha ortib boradigan gradiyent qatlami, hamda 
pastki qismida yuqori sho'rlikka ega suv qatlami mavjud. Issiqlikni maksimal 
yutishga erishish uchun hovuzning pastki va yon tomonlar qora material bilan 
qoplanadi. Suvni isitish pastki qatlamda sodir bo'ladi, chunki sho'r suvning 
zichligi kamroq, chunki issiq suvda tuzning erishi tufayli zichlik katta bo'ladi. 
Qatlamlarning konvektiv aralashmasi sodir bo'lmaydi va sho'r suvni T=100 °C 
yoki undan yuqori darajaga qadar qizdirilishi mumkin. Naychali issiqlik 
almashinuvchi tizim sho'r suv muhitiga joylashtiriladi. Undan past haroratlarda 
qaynoq suyuqlikka (ammiak, freon va boshqalar) aylanadi va qizdirilganda 


bug'lanib, kinetik energiyani bug' turbinasiga o'tkazadi. Bu turdagi eng yirik 
elektr stantsiya Isroil davlatida qurilgan bo'lib, uning quvvati 5 MVt, suv 
havzasining maydoni 250 000 m
2
va chuqurligi 3 m ni tashkil qiladi. 

Download 318.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling