Quyosh energiyasidan foydalanishning energetik tizimlari va qurilmalari


Issiqlik akkumulyatoriga ega minora tipidagi quyosh elektr stantsiyasi


Download 0.89 Mb.
bet23/60
Sana31.01.2024
Hajmi0.89 Mb.
#1819035
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   60
Bog'liq
Quyosh energiyasidan foydalanishning energetik tizimlari va qurilmalari

Issiqlik akkumulyatoriga ega minora tipidagi quyosh elektr stantsiyasi.1981 yildan Sitsiliya orolida (Italiya) quvvati 1 MVt, minorasining balandligi 50 m bo‘lgan BSES EURELIOS minorali quyosh elektr stansiyasi ishlay boshlagan. Uning issiqlik qabul qilgichida harorati 6000C bo‘lgan suv bug‘i hosil qilinib, to‘g‘ri a’nanaviy bo‘g‘ turbinasida foydalaniladi. Shuningdek Ispaniyaning janubi Alkeriyada 1981 yildan quvvati 0,5 MVt QES ishlab keladi, unda dastlabki issiqlik tashuvchi sifatida suyuq natriy bo‘lib u issiqlik almashingich orqali o‘z issiqligini suv bo‘g‘iga beradi. Natriyli issiqlik tashuvchi bir vaqtning o‘zida vaqt bo‘yicha issiqlik akkumulyatori hisoblanadi. Shunga o‘xshash QES da quyosh nurlanishining tasodifiy va sikl xarakterini hisobga olib energotizimda qo‘shimcha quvvat manbai bo‘lib tanqis bo‘lgan organik yoqilg‘ilarni iqtisod qilish imkonini beradi. Bu kabi QES ish samaradorligini oshirish uchun ularning texnologik sxemalariga energiya yig‘uvchilarni qo‘shish mumkin, bu sutkaning yorug‘ quyosh shu’lalanishi vaqtida tushadigan quyosh energiyasining vaqt bo‘yicha qayta taqsimlanishiga yordam beradi.

5.19-rasm. Akkumulyatorli minora tipidagi quyosh elektr stansiyasining texnologik sxemasi:
1 – geliostatlar, 2 – qabul qilgich (qozon), 3 – issiqlik akkumulyatori, 4 – issiqlik almashingich, 5 – bug‘ turbinasi, 6 – generator, 7 – kondensator, 8 – nasos
Yuqoridagilarni 66-rasm ifodalaydi, a va b holatlarda ikkita eng ko‘p ishlab chiqilgan issiqlik akkumulyatoriga ega MtQES tasvirlangan. 5.19-rasmda a) MtQES da quyosh nurlanishini aylantirishning umumiy texnologik zanjiriga issiqlik akkumulyatori ketma-ket ulangan. B). Issiqlik akkumulyatoriga QES minorasida qizigan ishchi jismning faqat bir qismi ajratiladi.
Minora tipidagi QES foydali issiqlik quvvati NQES quyidagi formula orqali aniqlanadi.


(5.8)

bu yerda , kVt; -1 m2 yuzaga ega to‘g‘ri kelgan quyosh radiatsiyasi (kVt/m2 da); Fg-geliostatlarning maydoni (m2); -geliostatlarning akslantirish qobiliyati (0,75); -0,75-0,8-geliostatlarga quyosh nurlanishining real tushish burchagi; -geliostatlarda soya hosil bo‘lish koeffitsienti; Kblok.-gelistatlarni blokirovkalash koeffitsienti (odatda -1); -issiqlik yuqotish koeffitsienti 0,85; -changlanish koeffitsienti 0,95; -qozon issiqlik qabul qilgichi tomonidan quyosh nurlanishini yutish koeffitsienti 0,93÷0,95.


da hamma energiya yuqotish turlarini hisobga olib quyidagicha yozish mumkin:


(5.9)

bu yerda - Minora tipidagi QES umumiy FIK.



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling