Quyosh elektr stantsiyasining foydali ish koeffitsienti va quvvatini aniqlash.
Quyosh elektrostansiyaning foydali ish koeffitsient (FIK)
Hosil qilingan elektrostansiyaning shu vaqt davomida tik tushuvchi quyosh nurlari sirtga nisbatan proeksiya tashkil qiluvchi sirtga tushgan quyosh nurlanishi energiyasiga nisbati.
QE muhim parametrlaridan biri uning FIK hisoblanadi va u QN elektr energiyasiga o‘zgartirish samaradorligini aniqlaydi. QE FIK unga tushayotgan QN qancha qismini (foiz hisobida) elektr energiyasiga o‘zgartirish mumkinligini ko‘rsatadi. QE FIK yuza maydonining faol qismi bo‘yicha ( ) va umumiy yuza maydoni ( ) bo‘yicha farqlanadi.
(3.18)
(3.19)
QE qisqa tutashuv toki zichligi Jq.t. uning qisqa tutashuv toki qiymatining yuza maydoniga nisbati bilan aniqlanadi.
(3.20)
Bu yerda QE to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat shaklida bo‘lsa umumiy maydon S=a b ifodadan topiladi, a - bo‘yi, b -eni sm2 aniqlanadi.
Quyosh elementi va fotoelektrik batareyaning foydali ish koeffitsientini (F.I.K.) aniqlash uchun tushayotgan optik nurlanish energiyasining miqdorini va element yoki batareya ishlab chiqargan elektr energiyasining miqdorini bilish zarur. F.I.K.ni aniqlash uchun quyida keltirilgan masalalarni echish kerak bo‘ladi.
Quyosh nurlanishi atmosfera holatiga va uning vaqt davomida tez o‘zgarishiga olib kelganligi uchun, uning spektral tarkibini va quvvatini aniq o‘lchash kerak .
Birinchi punktni hisobga olgan holda aniq quyosh xarakteristikasini qaytara oladigan imitatorlar (quyoshdan tarqalayotgan optik nurlariga o‘xshash nurlar paydo qila oladigan qurilmalar) yasash ilmiy texnik muammo bo‘lib, haligacha to‘liq echilmagan.
Imitatorlarda taqqoslash uchun ishlatiladigan parametrlari vaqt davomida stabil o‘zgarmaydigan kerakli spektral sezgirlikka va diapazonga ega bo‘lgan QE ishlab chiqish uchun materialning optik va elektrofizik xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlash lozim.
Quyosh elementlari va batareyalarining elektrik parametrlarini o‘lchash davomida o‘lchov asboblarining ketma-ketlik qarshiligining ta’sirini hisobga olish zarur.
|