5.18-rasm. a) MtQES ning asosiy inshootlari:
1 – minora, 2 – quyosh nurlanishini issiqlik qabul qilgich-qozon; 3 – geliostatlar;
b) Quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirishning prinsipial sxemasi:
1 – geliostatlar, 2 – qozon, 3 – turbina, 4 – generator, 5 – kondensator
Ko‘pincha MtQES quvvati ko‘psonli geliostatlardan yig‘ilgan quyosh energiyasi qozon-qabul qilgich joylashgan minoraning balandligi orqali aniqlanadi. Bu holatda minoraning yuqori balandligi geliostatlarning bir biriga soya berish xavfini oldini oladi. Masalan, quvvati 50÷100 MVt bo‘lgan MtQES da minoraning balandligi 200÷300m, foydalaniladigan geliostatlarning maydoni 2÷3 km2 (15÷25 mingta) bo‘lishi zarur. 150÷200 MVt quvvatdagi MtQES uchun 350÷400 m balandlikdagi minora kerak bo‘ladi, lekin amaliyotda bunday stansiyalarni qurish juda qiyin hisoblanadi. Shunga asoslanib aytish mumkinki, qurilgan MtQES quvvati 5,0÷10,0 MVt va minorasining balandligi 70÷100 m bilan cheklangandir. MtQES uchun asosan ko‘psonli geliostatlarni o‘rnatish uchun qimmat Yer maydonlarining chiqimi hisoblanadi.
Quyosh nurlanishi konsentrator. Nurning qaytishi va sinishi hodisalariga asoslangan quyosh nurlanishi zichligini oshiruvchi optik qurilma.
Optikaviy konsentratsiyalash tizimi. Bir yoki birlashgan jamlagichlardan tashkil topgan quyosh energiyasi qabul qilgichdan quyosh nurlanishi energiyasini bevosita jamlovchi tizim.
|
Ko‘zguli konsentrator. Akslantiruvchi (ko‘zgu) qoplamali quyosh nurlanishi jamlagich.
|
Parabolatsilindrik konsentrator. O‘zaro parallel siljuvchi parabolik yasovchidan iborat ko‘zguli quyosh nurlanishini jamlagich.
|
Parabolik konsentrator. Parabolaning o‘z o‘qiga atrofida aylanishdan hosil bo‘lgan yasovchidan iborat kulguli shaklga ega akslantiruvchi parabolotsilindrik jamlagich ko‘zguli quyosh nurlanishini jamlagich.
|
Fatset ko‘zguli konsentrator. Umumiy qaytaruvchi yuzani tashkil qiluvchi alohida oynali yassi yoki egri chiziqli shakldan tashkil topgan, quyosh nurlanishining ko‘zguli jamlagichi.
|
Geliostat. Quyosh nurlanishini qabul qilgichga individual yo‘naltirilgan tik tushayotgan quyosh nurlanishini yo‘naltiruvchi (qaytaruvchi) optik yig‘uvchi tizim yassi yoki fokuslovchi element.
|
Gelistatlar maydoni. Quyosh nurlanishini qabul qilgichga nisbatan turlicha joylashtirilgan geliostatlardan tashkil topgan optik jamlovchi tizim.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |