Quyosh kollektorlarining xonadonlarda issiq suv taʼminotida foydalanish. Keng tarqalgan suyuqlikli yassi quyosh kollektori (5.1-rasm) issiqlik tashuvchi sirkulyasiyasi uchun maxsus issiqlik yutuvchi metall list va unga biriktirilgan kanallar (absorber) dan tashkil topadi. Quyosh issiqlik nurlanishini yutuvchi absorberni yuqori qismida (bir qancha oraliqda) selektiv shaffof shisha qoplamasi bo‘ladi. Konstruksiya xamma qismi korpusga biriktirilib pastki va yon tomondan issiqlik izolyasion material bilan ta’minlanadi.
5.1-rasm. Yassi quyosh kollektorining konstruktiv tuzilishi
1 – Quyosh nuri; 2 – oynali qobig‘; 3 – korpus; 4 – issiqlik qabul qilgich yuzasi (absorber); 5 – issiqlik izolyatori; 6 – mahkamlagich; 7 – xususiy to‘lqin uzunligi.
Shishaning nur o‘tqazish xossasining yaxshilanishiga shisha yuzasini teksturalash, tarkibida temir materialini kamaytirish yordam beradi, uzun to‘lqinli nurlanishni ushlab turishga esa qo‘shimcha ravishda shishaga qilingan selektiv qoplamalar ko‘mak beradi.
5.2-rasm. Yassi quyosh kollektorining umumiy ko‘rinishi
Odatda absorber paneli yuqori issiqlik o‘tkazuvchanlikka ega materiallar (mis, alyuminiy) dan tayyorlanadi yoki qora rangga buyaladi, shuningdek yuqori quyosh energiyasini yutilish koeffitsientiga ega qora material bilan qoplanadi.
Agar issiqlik tashuvchi absorber bilan kontaktda bo‘lsa, unda u bu energiyani oladi. Quyosh kollektori chiqish qismidagi foydali energiya 3 ta parametrga bog‘liq: kollektor yuza tekisligidagi tushayotgan quyosh nurlanishi oqim zichligi (quyosh radiatsiyasi) , kollektorga kirish qismida issiqlik tashuvchining o‘rtacha harorati Tkir.. va atrof muhit harorati Ta..
11. Bir konturli va ikki konturli quyosh kollektorlaridan foydalanish.Quyosh kollektorlarining avtomatlashtirilgan tizimi.
Kollektorlar, bak-akkumulyator va ulash quvur o‘tkazgichlar tizimi sovuq suv bilan to‘ldirilgan holatni ko‘rib chiqamiz. Quyosh nurlanishi shaffof qoplama (shisha) orqali o‘tib kollektorning yorug‘lik yutuvchi panelini va uning kanallaridagi suvni qizdiradi. Qizish jarayonida suvning zichligi kamayadi, qizigan suyuqlik kollektorning yuqori nuqtasiga ko‘cha boshlaydi, so‘ngra quvur bo‘ylab bak-akkumulyatorga o‘tadi. Bakda qizigan suv yuqori nuqtaga ko‘chadi, sovuqroq suv esa bakning quyi qismida joylashadi, ya’ni haroratga bog‘liq holda suvning qatlamlarga ajralishi ro‘y beradi.
Sovuq suv quvur bo‘ylab bakning quyi qismidan kollektorning quyi qismiga harakatlanadi. Shunday qilib, yetarlicha quyosh radiatsiyasi mavjudligida kollektor konturida doimiy sirkulyatsiya o‘rnatilib, uning tezligi va jadalligi quyosh nurlanishi oqim zichligiga bog‘liq bo‘ladi.
Natijada tizimda bosimlar farqi (∆p, Pa) vujudga kelib quyosh kollektorida tabiiy sirkulyatsiyani chaqiradi, ya’ni ∆p=g×H×(ρ1-ρ2), (1) bunda g=9,81 m/s2; N=H1 – H2 (m) – bak akkumulyatorda qizigan suvning kirishida yuqori chegarasi va quyosh kollektorining quyi sovuq suv kirish qismi farqi; ρ1 va ρ2- mos ravishda bak akkumulyatorining quyi qismi sovuq suvining (T1) va bak akkumulyatorida qizigan suvning (T2) zichligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |