Quyosh energiyasidan foydalanishning energetik tizimlari va qurilmalari


Quyosh elementlarining planar konstruktsiyasi


Download 0.89 Mb.
bet32/60
Sana31.01.2024
Hajmi0.89 Mb.
#1819035
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   60
Bog'liq
Quyosh energiyasidan foydalanishning energetik tizimlari va qurilmalari

Quyosh elementlarining planar konstruktsiyasi. Quyosh elementlarining planar konstruksiyasi (optik nurlanish tuzilma yuzasiga perpendikulyar tushgan hol) QE texnologiyasida va ularni amaliy ishlatishdagi asosiy konstruksiyadir. Bunday QE har xil YAO‘ materiallar asosida ishlab chiqildi .Yuqorida keltirilgan tahlillar asosida yuqori samarali optimallahgan konstruksiyalar ishlab chiqildi. Ammo har qanday material uchun ham ularga qo‘yiladigan yuqorida keltirilgan asosiy talablar saqlab qolinishi kerakligi aniqlandi. γ ni va Iq.t. oshirish uchun p-n o‘tishning ikkala tomonida xam albatta diffuzion uzunlikni oshirish maqsadga muvofiqdir. Buni amalga oshirish uchun kerakli material tanlash va p- n o‘tishni texnologik tayyorlash jarayonida diffuzion uzunlikni pasaymasligiga harakat qilish kerak. Agar uning pasayshi aniq bo‘lsa uni hisobga olish zarurdir. Agar Ld ni frontal sirtda oshirish imkoniyati bo‘lmasa, u holda frontal sirt qalinligini Lp>>ℓ ga amal qilgan holda olish kerak. Shu asosda baza parametrlarini tanlash zarurdir.
Quyosh elementlarining volt-amper va volt-vatt tasnifi. QE volt-amper xarakteristikasi QE chiqish tokining kuchlanishga bog‘liqligini ko‘rsatadi (3.14-rasm). VAX o‘zgarishi QE tushayotgan yorug‘lik oqimi kattaligi va spektral tarkibiga bog‘liq.
QE va FEB ning asosiy parametrlariga quyidagi kattaliklar kiradi: salt yurish kuchlanishi (Us.yu..), qisqa tutashuv toki (Iq.t), pik (maksimal) quvvati (Ppik), nominal quvvat (Pn), foydali ish koeffitsienti (η), maksimal quvvatdagi tok (Ipmax.), maksimal quvvatdagi kuchlanish (UPmax.), volt-amper xarakteristikasini to‘ldirish koeffitsienti (FF), qisqa tutashuv toki zichligi (Jq.t). Fotoelektrik batareyalarning xarakteristikalariga esa spektral xarakteristika, volt-amper va volt-vatt xarakteristikasi kiradi.
QE asosiy xarakteristikasi hisoblangan volt-amper xarakteristika (VAX), volt-vatt xarakteristika (VVX) va spektral sezgirlik yarimo‘tkazgich materiallarning optik va elektrofizik xususiyatlariga bog‘liqdir. Quyosh elementlarining VAX, VVX xarakteristikasini o‘lchash uchun quyidagi sxemalardan foydalanildi (3.15- rasm).




Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling