while takrorlanish operatoring blok-sxemasi 17-rasmda keltirilgan.
17-rasm. While takrorlash operatori blok sxemasi
while takrorlash shartini oldindan tekshiruvchi takrorlash operatori hisoblanadi. Agar takrorlash boshida yolg‘on bo‘lsa while operatori bajarilmasdan cheklab o‘tiladi.
Ayrim hollarda qiymat berish operatori ko‘rinishida kelishi mumkin. Bunda qiymat berish amali bajariladi va natija 0 bilan solishtiriladi (0 – yolg‘on). Natija noldan farqli bo‘lsa, takrorlash davom ettiriladi.
do-while takrorlash operatori
do-while takrorlash operatori while operatoridan farqli ravishda oldin operator yoki blokni bajaradi va keyin takrorlash shartini tekshiradi. Bu operator takrorlash tanasini kamida bir marta bajarilishini ta’minlaydi. do-while takrorlash operatorining umumiy ko‘rinishi quyidagicha:
do
;
while ();
Uning blok-sxemasi 18-rasmda keltirilgan.
18-rasm. do-while takrorlash operatori blok sxemasi.
Bunday takrorlash operatorining keng qo‘llaniladigan holatlari – birorta jarayonni davom ettirish yoki to‘xtatish haqidagi murojaatdir.
break operatori
Takrorlash operatorlari bajarilishida shunday holatlar yuzaga kelishi mumkinki, unda takrorlashni oxiriga yetkazmasdan, qaysidir qadamda takrorlashdan chiqish zarurati paydo bo‘ladi. Boshqacha aytganda takrorlashni “uzish” kerak bo‘lishi mumkin. Bunda break operatoridan foydalaniladi. break operatori takrorlash operatori tanasining ixtiyoriy (zarur) joylariga qo‘yish orqali shu joydan takrorlash operatoridan chiqishni ta’minlaydi.
continue operatori
continue operatori xuddi break operatoridek takrorlash operatori tanasini bajarishni to‘xtatadi, ammo dasturni operatordan chiqmasdan takrorlashning keyingi qadamiga o‘tishini ta’minlaydi.
Yuqorida bayon qilingan fikrlarni tekshirib ko‘rish uchun C++ dasturlash tilida, takrorlanuvchi operatorlardan foydalangan holda bir nechta dasturlarni ko‘rib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |