R. A. Ro‘ziyev, U. M. Mirsanov, F. J. Toxirov, L. S. Isroilova, H. N. Arziqulov


for operatorida boshlang‘ich_o‘zlashtirish bo‘limini ham tushirib qoldirish mumkin. Bunda boshlang‘ich_o‘zlashtirish bo‘limini for


Download 1.27 Mb.
bet17/45
Sana14.10.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1703549
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45
Bog'liq
C qo`llanma 29.06

for operatorida boshlang‘ich_o‘zlashtirish bo‘limini ham tushirib qoldirish mumkin. Bunda boshlang‘ich_o‘zlashtirish bo‘limini for operatoridan oldin berilishi shart. Masalan, 1 dan 10 gacha sonlar yig‘indisini toppish uchun quyidagi dastur kodi yoziladi:

int i=1;
for ( ; i<=n; i++) s+=i;

for operatorida shart bo‘limini ham tushirib qoldirish mumkin. Bunday hollarda shart takrorlanish tanasida berilishi lozim. Takrorlanishni tugatish uchun esa break operatoridan foydalaniladi. Masalan, yuqorida misol uchun dastur kodi quyidagicha yoziladi:

int i=1;
for ( ; ; i++) {
s+=i;
if (i<=n) break;
}

Bundan tashqari operatordagi qadamni ham takrorlanish tanasida yozish mumkin. Masalan:

int i=1;
for ( ; ; ) {
s+=i;
if (i<=n) break;
i++;
}

Shu bilan birga for operatorida takrorlash tanasi bo‘lmasligi ham mumkin. Bu holda dastur bajarilishini ma’lum bir vaqtga “to‘xtatib” turish kerak bo‘lsa, takrorlash tanasiga hech qanday operator yozilmaydi. Bunda nuqtali vergul yozish orqali amalga oshiriladi:
for (int i=1; i<=100; i++) ;
Yuqorida keltirilgan usul orqali 1 dan 10 gacha bo‘lgan natural sonlar yig‘indisini topish uchun quyidagi dastur kodi yoziladi:

for (int i=1; i<=10; s+=i++) ;
. . .
while takrorlash operatori
while takrorlash operatori, operator yoki blokni takrorlash sharti yolg‘on (false) bo‘lguncha takror bajaradi. U quyidagi ko‘rinishga ega:
while () ;
Agar rost qiymatli ifoda bo‘lsa, takrorlanish cheksiz davom etadi. Xuddi shunday, <ifoda> takrorlash boshlanishida true bo‘lib, ya’ni, uning qiymatiga takrorlash tanasidagi hisoblash ta’sir etmasa, u holda takrorlanish cheksiz davo etadi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling