R. A. Ro‘ziyev, U. M. Mirsanov, F. J. Toxirov, L. S. Isroilova, H. N. Arziqulov


Satr uzunligini aniqlash funksiyalari


Download 1.27 Mb.
bet32/45
Sana14.10.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1703549
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45
Bog'liq
C qo`llanma 29.06

Satr uzunligini aniqlash funksiyalari
Satrlar bilan ishlashda, aksariyat hollarda, uning uzunligini aniqlash talab etiladi. Buning uchun string.h kutubxonasida strlen() funksiyasi kiritilgan bo‘lib, uning tuzilishi quyidagi ko‘rinishda yoziladi:
size_t strlen (const char* string)
Ushbu funksiya uzunligi hisoblanishi lozim bo‘lgan satr boshiga ko‘rsatkich bo‘lgan yagona parametrga ega va u ishlash natijasi sifatida ishorasiz butun sonni qabul qiladi. strlen() funksiyasi satrning real uzunligidan bitta kam qiymat hosil qiladi, ya’ni nol kodli belgi o‘rni hisobga olinmaydi. Xuddi shu maqsadda sizeof() funksiyasidan ham foydalanish mumkin va u strlen() funksiyasidan farqli ravishda satrning haqiqiy uzunligini hosil qiladi.
Satrlarni nusxalash funksiyasi
C++ dasturlash tilida satr qiymatini biridan ikkinchisiga nusxalash imkoniyati mavjud. Bulardan biri strcpy() funksiyasini misol sifatida keltirish mumkin. Ushbu funksiya quyidagicha yoziladi: char* strcpy(char* sl1, const char* sl2. Mazkur funksiya sl2 satrdagi belgilarni sl1 satrga nusxalaydi. Nusxalash sl2 satrdagi nol belgi uchraguncha davom etadi. Shu bois, sl2 satr uzunligi sl1 satr uzunligidan katta emasligiga ishonch hosil qilish lozim, aks holda berilgan satrda sl1 dan keyin joylashgan berilganlar “ustiga” sl2 satrning ortiqcha belgilari yoziladi.
Quyidagi dastur kodi “Nusxalash!” satrini Str satrga nusxalaydi:
char Str[20];
strcpy(Str, “Nusxalash!”);
Satrlarni ulash funksiyasi
Satrlarni ulash funksiyasi yangi satrlarni hosil qilishda foydalaniladi. Buning uchun C++ dasturlash tilining string.h kutubxonasida strcat() va strncat() funksiyalari mavjud. strcat( ) funksiyasining tuzilish quyidagi ko‘rinishga ega:
char* strcat(char* sm1, const char* sm2)
Funksiya ishlashi natiajasida sm2 satr, funksiya natijasi hisoblangan – sm1 satrni oxiriga bog‘lanadi. Funksiyaga murojaat qilishdan avval sm1 satr uzunligi, unga sm2 satr ulanishi uchun yetarli darajada bo‘lishiga e’tibor qaratish lozim. Quyida s satriga qo‘shimcha satr ulanishi ko‘rsatilgan:
char s[80];
strcpy(s,”Bu satrga “);
strcat(s,”satr osti ulandi.”);
Ushbu amallar ketma-ketligini bajarilishi natiajasida s ga qo‘shimcha satr ulandi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling