R. A. Ro‘ziyev, U. M. Mirsanov, F. J. Toxirov, L. S. Isroilova, H. N. Arziqulov
Download 1.27 Mb.
|
C qo`llanma 29.06
Murojaatlar
Murojaatlar e’londa ko‘rsatilgan nomning sinonimi sifatida ishlatiladi, yani bitta o‘zgaruvchiga har xil nom bilan murojaat qilish mumkin. Murojaatni doimiy qiymatga ega bo‘lgan ko‘rsatkich deb, qarash ham mumkin. Murojaat quyidagicha e’lon qilinadi: Bu yerda Misol: int a; int & p=a; // p murojaati - a o‘zgaruvchisining alternativ nomi; const char & z=‘\n’; // z – konstantaga murojaat. Murojaatni ishlatishda quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim: murojaat funksiya parametri sifatida ishlatilgan va sinf maydoniga murojaat qilgan hollardan tashqarida barcha holatlarda boshlang‘ich qiymatga ega bo‘lishi kerak. Murojaat asosan funksiyalarda manzil orqali uzatiluvchi parametrlar sifatida ishlatiladi. Murojaatni ko‘rsatkichdan farqi shundaki, u alohida xotira egallamaydi u faqat o‘zgaruvchining boshqa nomi sifatida ishlatiladi. Ko‘rsatkichli massivlar quyidagicha ta’riflanadi: Misol uchun int *a[5] ta’rif int tipidagi obyektlarga besh elementli massivni kiritadi. Ko‘rsatkichlar massivlari satr massivlarini tasvirlash uchun qulaydir. Misol uchun biror bir ishchi xodim yoki talabalarning familiyalari ro‘yxatini kiritish uchun ikki o‘lchovli massivdan foydalanish kerak: char fam[][10]={“Mirsanov”,”Toxirov”,”Arziqulov”} Bunda xotira 30 elementdan iborat bo‘ladi, chunki har bir familiyagacha 0 lar bilan to‘ldiriladi. Ko‘rsatkichli massiv yordamida quyidagicha ta’riflash mumkin: char *kfam[]= {“Mirsanov”,”Toxirov”,”Arziqulov”}. Bu holda ro‘yhat xotirada 24 elementdan iborat bo‘ladi, chunki har bir familiya oxiriga 0 belgisi qo‘yiladi. Ko‘rsatkichli massivlar murakkab elemenlarni sodda usulda tartiblashga imkon beradi. Yuqorida bayon etilgan fikrlarni tekshirish uchun C++ dasturlash tilida bir nechta misollarni ko‘rib chiqamiz. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling