R. A. Ro‘ziyev, U. M. Mirsanov, F. J. Toxirov, L. S. Isroilova, H. N. Arziqulov
Satrni teskari tartiblash funksiyasi
Download 1.27 Mb.
|
C qo`llanma 29.06
- Bu sahifa navigatsiya:
- Satrdan belgini qidirish funksiyalari C++ dasturlash tilida satrdan birorta belgi yoki qism satrni qidirish uchun string.h
Satrni teskari tartiblash funksiyasi
C++ dasturlash tilida satrni teskari tartiblashni uchun strrev() funksiyasidan foydalaniladi. Ushbu funksiya quyidagi ko‘rinishga ega: char* strrev(char* str); Misol sifatida quyidagi dastur kodini keltirish mumkin: char a[]=”C++Builder”; strrev(a); Bunda amallar bajarilishi natijasida “redliuB++C” satri hosil bo‘ladi. Satrdan belgini qidirish funksiyalari C++ dasturlash tilida satrdan birorta belgi yoki qism satrni qidirish uchun string.h kutubxonasidagi standart funksiyalardan foydalaniladi. Satrda qidirilayotgan belgi bor yoki yo‘qligini aniqlashda strchr() funksiyasidan foydalaniladi. Ushbu funksiya quyidagi ko‘rinishga ega: char* strchr(const char* k, int s) Bu yerda s belgi k satrdan qidiriladi. Agar qidirish muvafaqqiyatli amalga oshirilsa, funksiya natijasi izlanayotgan belgining satrdagi o‘rniga teng bo‘ladi, aks holda funksiya 0 qiymatini qabul qiladi. Bunda belgini izlash satr boshidan boshlanadi. Quyida belgini satrdan qidirishning dastur kodi keltirilgan: char k[]=”01234567891011”; char* S; S=strchr(k,’6’); Ushbu dasturni ishlashi natijasida S ko‘rsatkichi k satrning ‘6’ belgisi joylashgan o‘rnini aniqlaydi. strrchr() funksiyasi berilgan belgini satr oxiridan boshlab qidiradi. Agar qidirish muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, belgidan o‘ng tomonini aniqlaydi, aks holda 0 hosil bo‘ladi. Misol sifatida quyidagi dastur kodini keltirish mumkin: char k[]=”0123456789101112”; char* s; pSatr=strrchr(k,’0’); Bunda, amallarni bajarilishi natijasida s ko‘rsatkichi k satrning ‘01112’ qism satrini o‘zlashtiradi. strspn() funksiyasi ikkita satrni mos o‘rindagi belgilarni solishtiradi va birinchi ustma-ust tushmagan belgi o‘rnini aniqlaydi (registrni hisobga olgan holda). Ushbu funksiya quyidagi ko‘rinishga ega: size_t strspn(const char* string, const char* group) Yuqoridagi funksiyadan foydalanib, ikkita satrdagi ustma-ust tushadigan elementlar sonini ham aniqlash mumkin. Buning uchun quyidagi dastur kodidan foydalaniladi: char s1[]=”01234567891011121314”; char s2[]=”01234567890123”; int belgi; belgi=strspn(s1,s2); Bunda, belgi ning qiymati 10 ga teng bo‘ladi. Qidirish funksiyalaridan yana biri, bu strcspn() bo‘lib, u quyidagi ko‘rinishga ega: size_t strcspn(const char* st1, const char* st2) Bunda, st1 va st2 satrlar solishtiriladi hamda st1 satrining st2 satriga kirmaydigan qism, uning uzunligi aniqlanadi. Misol sifatida quyidagi dastur kodini keltirish mumkin: char s[]=”Birinchi satr”; int k; index=strcspn(s,”sanoq boshi”); Mazkur dastur kodida k o‘zgaruvchisi 9 qiymatini qabul qiladi, chunki 9-o‘rindagi belgi ikkinchi satrning birinchi belgisi bilan mos tushadi. Satrdagi belgini qidirish uchun strpbrk() funksiyasidan ham foydalanish mumkin. U quyidagi ko‘rinishga ega: char* strpbrk(const char* str1, const char* str2) Ushbu dastur kodi str1 satrdagi str2 satrga kiruvchi birorta belgini izlaydi. Agar bunday element topilsa, uning manzili funksiya qiymati sifatida olinadi, aks holda funksiya 0 qiymatni qabul qiladi. Buni quyidagi misolda ko‘rish mumkin: char satr1[]=”11223456789ABCDEF”; char satr2[]=”MNXYabcdefABV”; char* k; k = strpbrk(satr1,satr2); Mazkur dastur kodi ishlashi natijasida k ning qiymati “ABCDEF” ga teng bo‘ladi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling