Portfel investitsiyalari (ingliz. Portfolio investment) chet eldagi sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, kredit va boshqa korxonalarga qilingan uzoq muddatli kapital qo’yilmalardir. Portfel investitsiyalari odatda chet el aktsiyadorlik kompaniyalarining aktsiya va obligatsiyalarini sotib olish shaklida amalga oshiriladi. Qoidaga ko’ra portfel investitsiyalari hajmi korxona aktsiyadorlik kapitalining 10 foizidan oshmasligi lozim. Bevosita investitsiyalardan farqli o’laroq korxona faoliyati ustidan bevosita nazorat o’rnatish yoki ularga egalik qilish huquqini bermaydi. Shu bilan birga portfel investitsiyalari, boshqacha qilib aytganda, moliyaviy investitsiyalar yuqori darajadagi likvidligi bilan ham ajralib turadi.
«Portfel investitsiyalari»ning o’z-o’zini sug’urta qilish usullaridan biri oldi-sottini ro’yxatga oladigan agentlarni tanlash va ularning faoliyatini muttasil auditorlik tekshiruvidan o’tkazishdir. Bu masalada O’zbekiston qimmatli qog’ozlar bozorining imkoniyatlari ancha chegaralangan, chunki muqobil depozitariylar tarmog’i hali etarli darajada rivojlanmagan.
Obligatsiya qimmatli qog’ozlar turi bo’lib, uning egasi tomonidan pul mablag’lari topshirilganligi va unga qimmatli qog’ozlardagi ko’rsatilgan muddat davomida belgilangan foizdagi daromadni va uning qiymatini olish huquqini kafolatlaydigan tasdiqlovchi hujjatdir. Korxona obligatsiyalari aktsiyalardan farqli bo’lib, ularning egalariga korxona boshqaruvida ishtirok etishga huquq bermaydi.
Veksel yozma ravishdagi so’zsiz majburiyat ifodalangan guvohlik yoki veksel beruvchining veksel taqdim etuvchiga yoki vekselda ko’rsatilgan shaxsga belgilangan muddat ichida ma’lum summani yoki ularning majburiyatlarini to’lash uchun berilgan ko’rsatmadir. Shu bilan birga veksel mustaqil to’lov majburiyati ham bo’lib, hisob-kitob amaliyotidagi kabi buxgalterlik hisobi veksellar bo’yicha qarzlarni veksellarni to’lovga taqdim etish va qabul qilish bo’yicha tovar etkazib berish bilan bog’liq bo’lgan boshqa turdagi qarz majburiyatlaridan ajralib turishini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |