R. D. Dusmuratov, sh. N. Fayziyev, I. N. Qo’ziev a. Z. Avloqulov, G`. V. Po`Latov audit


d) Ekologiya solig’i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun olinadigan soliqlarni tekshirish


Download 1.08 Mb.
bet91/107
Sana09.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1759423
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   107
Bog'liq
Audit II qism lotin

d) Ekologiya solig’i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun olinadigan soliqlarni tekshirish
Auditor ekologiya solig’i auditini korxonaning shu soliqni to’lovchi ekanligi va soliq solish ob’ektlarining to’g’ri aniqlanganligini tekshirishdan boshlashi lozim. So’ngra ekologiya solig’ining stavkasi va bu soliq bo’yicha belgilangan imtiyozlarning to’g’ri qo’llanilishi tekshiriladi. Masalan, Soliq Kodeksining 113 -moddasiga muvofiq «Nuroniy» jamg’armasi va uning korxonalari soliqdan ozod qilish natijasida bo’shaydigan mablag’lardan jamg’arma ustavida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanganida, hamda ishlovchilarining kamida ellik foizi nogironlar bo’lgan huquqiy shaxslar (savdo, vositachilik, ta’minotsotish va tayyorlov faoliyati bilan shuãullanuvchi korxonalar bundan mustasno) ekologiya solig’idan ozod qilinadi.
Auditor ekologiya solig’ini hisoblab chiqarish tartibi va ushbu soliq bo’yicha hisob-kitoblarni taqdim etish muddatlariga rioya qilinishini ham aniqlashi zarur. Bunda u Soliq Kodeksining 114--moddasiga muvofiq ekologiya solig’i soliq to’lovchilar tomonidan hisoblanishini va ushbu soliq yuzasidan hisob-kitoblar yil choraklari bo’yicha va yillik moliyaviy hisobotlarni topshirish uchun belgilangan muddatlarda soliq organlariga taqdim etilishini nazarda tutishi lozim. Ekologiya solig’ini to’lash muddatlariga rioya qilinishiga ham e’tibor berilishi kerak.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni o’z faoliyatida suvdan foydalanuvchi huquqiy shaxslar to’laydilar. Bu soliqni tekshirishda soliq solish ob’ektining Soliq Kodeksining 117-moddasiga muvofiqligi aniqlanadi. So’ngra O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan amaldagi soliq stavkalar va Soliq Kodeksining 119-moddasiga muvofiq suv resurslaridan foydalanganlik uchun to’lanadigan soliq bo’yicha imtiyozlarning to’g’ri qo’llanilishi tekshiriladi. Auditor suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasini hisoblab chiqarish tartibi va hisob-kitoblarni soliq organlariga taqdim etish va soliqni to’lash muddatlariga rioya qilinishiga alohida e’tibor qaratishi lozim.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling