R. D. Dusmuratov, sh. N. Fayziyev, I. N. Qo’ziev a. Z. Avloqulov, G`. V. Po`Latov audit
Nomlari Vazifalarning qisqacha mazmuni
Download 1.08 Mb.
|
Audit II qism lotin
Lizing muomalalarini tekshirishda, asosan auditorlik tashkilotlarining o’zi to’plagan dalillarga tayanish zarur. Shuningdek, xodimlar va uchinchi shaxslarning ogzaki ma’lumotlarini inkor qilmagan holda, yozma dalillarga asoslanish zarur. Ogzaki olingan dalillar asosida ham bir qator muhim xulosalar qilish mumkinki, ular korxonada lizing muomalalari uchun qabul qilingan hisob siyosati, soliqqa tortish va boshqa huquqiy masalalar bilan tez tanishishga yordam beradi. Masalaga bunday yondoshuv qisqa vaqt ichida butun hisobot tizimini aniqlashni, uning bo’sh joylari va xatolarini belgilashga imkon yaratib, tekshiruv o’tkazish uchun vaqt sarfini kamaytiradi. Lizing muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning tashkiliy jarayonlarini maqbullashtirish xatolar va chalkashliklarning turlari haqida ma’lumotlarni olishga yordam berib, ular lizing shartnomasi bo’yicha muomalalarni hisobda aks ettirish vaqtida paydo bo’lishi mumkin. Lizing muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning umumiy rejasi va ish dasturi bilan bir qatorda lizing muomalalariga doir asosiy xatolar to’planadi va turkumlanadi. Lizing muomalalarida ko’p uchraydigan xatolar ro’yxati. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling