R. D. Dusmuratov, sh. N. Fayziyev, I. N. Qo’ziev a. Z. Avloqulov, G`. V. Po`Latov audit


Asosiy vositalar auditida foydalaniladigan ma’lumot manbalari


Download 1.08 Mb.
bet5/107
Sana09.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1759423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
Bog'liq
Audit II qism lotin

2. Asosiy vositalar auditida foydalaniladigan ma’lumot manbalari.
Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvdan o’tkazishda foy-dalaniladigan manbalar buxgalterlik hisobning korxonada qabul qilingan tashkiliy shakliga ham bog’liq. Bular hisobni qo’lda yuritish sharoitida: jurnal-orderlar, vedomostlar, kartochkalar: avtomatlashtirilgan hisob sharoitida esa kompyuter dasturlari, mashinagrammlaridir. Lekin shuni unutmaslik kerak-ki, hisob-ning har qanday shakli sharoitida ham asosiy vositalarning hara-katiga oid muomalalar (kirimi, chiqimi, xo’jalik ichidagi silji-shi, ta’mirlanishi) me’yoriy hujjatlar va dastlabki hujjatlash-tirishning unifikatsiyalangan idoralararo shakllari bilan ras-miylashtirilishi lozim. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:

  1. asosiy vositalar buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish ma-salalarini tartibga soladigan asosiy me’yoriy hujjatlar;

  2. korxonaning hisob siyosati to’g’risidagi buyrugi;

  3. asosiy vositalarni hisobga olishda korxonada qo’llani-ladigan analitik va sintetik hisob registrlari;

  4. buxgalteriya hisobotlari;

  5. asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish (ichki siljish) dalolatnomasi (naqladnoyi) (AV-1 shakl);

  6. ta’mirlangan, qayta jihozlangan va zamonaviylashtirilgan ob’ektlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (AV-2 shakl);

  7. asosiy vositalarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi (AV-Z shakl);

  8. avtotransport vositalarini hisobdan chiqarish dalolat-nomasi (AV-4 shakl);

  9. asosiy vositalarni hisobga oladigan inventar kartochka (AV-6 shakl);

  10. asosiy vositalarni hisobga oladigan inventar kartochkalar ro’yxati (AV-7 shakl);

  11. asosiy vositalar harakatini hisobga oladigan kartochka (AV-8 shakl);

  12. asosiy vositalarning inventar ro’yxati (ishlatish joylari bo’yicha) (AV-9 shakl).

Auditor ushbu me’yoriy hujjatlar, hisob registrlari va dast-labki hujjatlarda asosiy vositalar harakatini rasmiylashtirish uchun javobgar shaxslar imzolarining mavjudligi va haqqo-niyligiga e’tibor qaratib, barcha rekvizitlarning to’g’ri to’lg’a-zilganligini aniqlaydi.
Auditor korxonaning hisob siyosati to’g’risidagi buyruqda bayon qilingan - asosiy vositalarni hisobga olish uslubiyoti bilan tani-shib chiqishi lozim. Bunda xususan quyidagilarni aniqlash zarur:

  1. ob’ektlarni asosiy vositalar va aylanma mablag’lar qato-riga olib borish uchun ular qiymatining belgilangan chegaralari;

  2. qiymatidan qat’iy nazar asosiy vositalar qatoriga olib boriladigan ob’ektlar ro’yxati;

  3. asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya hisoblash usullari;

  4. asosiy vositalarni ta’mirlash uchun qilingan xarajatlarni aks ettirish tartibi;

  5. hisobot yilining 1 yanvar holatiga asosiy vositalarni qayta baholash ko’zda tutilganligi;

  6. asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish muddatlari;

  7. asosiy vositalar mavjudligi va harakatiga doir muoma-lalarni hisobga olish uchun ishchi schyotlar rejasida belgilangan schyotlar ro’yxati.

Asosiy vositalar mavjudligi va harakatiga doir muomalalar-ni hisobga olishda qo’llaniladigan va tekshiruvda auditor tomo-nidan jalb qilinadigan, sintetik va analitik hisob registrlari buxgalteriya hisobining korxonada qo’llanilayotgan shakliga bog’liq. Ularga 0110-0199, 0211-0299, 0310 schyotlar bo’yicha sintetik hisob registrlari, sintetik va analitik hisob bo’yicha oborot vedo-mostlari, saldo vedomostlari kiradi.
Asosiy vositalar harakatiga doir muomalalar, odatda, dast-labki hujjatlarning unifikatsiyalangan (yagona shaklga keltiril-gan) shakllari bilan, ayrim hollarda esa korxonada ishlab chiqil-gan va hisob siyosati to’g’risidagi buyruq bilan tasdiqlangan dast-labki hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Auditor tekshiruv chog’ida moliyaviy hisobotning quyidagi shakllaridan foydalanadi:

  1. buxgalteriya balansi (1-shakl);

  2. moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot (2-shakl);

  3. asosiy vositalar to’g’risida hisobot (3-shakl);

  4. pul oqimlari to’g’risidagi hisobot (4-shakl);

  5. xususiy kapital to’g’risida hisobot (5-shakl);

  6. izohlar, hisob-kitoblar, tushuntirishlar.

Buxgalteriya balansi (1-shakl)da korxonaga mulkiy huquq aso-sida, tezkor boshqaruv va xo’jalik yuritish uchun taalluqli bo’lgan asosiy vositalar I - «Uzoq muddatli aktivlar» bo’limidagi «Asosiy vositalar» moddasida boshlang’ich qiymati, eskirish va qoldiq qiymatlari bo’yicha batafsil beriladi. Asosiy vositalar balansda HETTO bahosi ya’ni qoldiq qiymati bo’yicha aks etti-riladi (belgilangan tartibga muvofiq qiymati qoplanmaydigan (amortizatsiya hisoblanmaydigan) asosiy vositalar ob’ektlaridan tashqari).
«Asosiy vositalar harakati to’g’risida hisobot» (3-shakl) bo’-yicha quyidagilar to’g’risidagi ma’lumotlar o’rganiladi:

  1. asosiy vositalar alohida turlarining hisobot davri boshi va oxiriga mavjudligi hamda hisobot davri davomidagi harakati (kirimi, chiqimi). Asosiy vositalar dastlabki qiymati (tiklash qiymati) bo’yicha ko’rsatiladi;

  2. barcha asosiy vositalar, shuningdek ularning ayrim guruh-lari: binolar va inshootlar, mashinalar, qurilmalar, transport vositalari va boshqalar;

  3. butunligicha yoki ayrim turlari (binolar, inshootlar va hokazo) bo’yicha ijaraga berilgan asosiy vositalarning hisobot davri boshiga va oxiriga mavjudligi;

  4. konservatsiyaga qo’yilgan asosiy vositalarning hisobot davri boshi va oxiriga mavjudligi.

Moliyaviy hisobotga tushuntirish va izohlarda №1 «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) dagi qoidalardan kelib chiqib, quyidagilar to’g’risidagi axborotlar bayon qilinadi (ochib beriladi):

  1. asosiy vositalar buxgalteriya hisobiga qabul qilingandagi qiymatining o’zgarishi (qo’shimcha qurish, qo’shimcha jihozlash, qayta jihozlash va qisman tugatish hollari ham qo’shilib);

  2. korxonada asosiy vositalarning foydali xizmat qilish mud-datlarini belgilash (asosiy guruhlari bo’yicha);

  3. qiymati qoplanmaydigan (amortizatsiya qilinmaydigan) asosiy vositalar;

Aniqlangan xatolar auditorlik hisobotida tafsilotlari bilan aks ettirilishi lozim. Zarur hollarda auditor qarama-qarshi tekshiruv o’tkazishi ham mumkin.
Amaliyotda asosiy vositalar harakatiga oid muomalalarini ixtiyoriy shakldagi (o’zboshimcha tuzilgan) hujjatlar bilan ras-miylashtirish kabi qonunbuzarlik hollari ham ko’plab uchraydi.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling