R e j a: kirish asosiy qism


Faoliyat natijalarini psixologik tahlil qilish


Download 43.93 Kb.
bet4/6
Sana04.02.2023
Hajmi43.93 Kb.
#1160556
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Faoliyat natijalarini baholash

3. Faoliyat natijalarini psixologik tahlil qilish
Pixologik metodlarning bir ko‘rinishidir. Faoliyat natijalarini tahlil qilish jarayonida natijaning o‘zi emas, balki shu natijani hosil qilish bilan bog`liq faoliyat psixologik jihatdan baholanadi. Bu metod, ayniqsa, bolalar psixologiyasida keng qo‘llaniladi. Bolalarning chizgan rasmlarini o‘rganish orqali ularning psixikasi va taraqqiyoti haqida ma`lumotlar olinadi. 12
YUqorida ko‘rsatilgan metodlar asosan tadqiqot maqsadida qo‘llaniladi. Bundan tashqari ba`zi psixologik metodlar sinash maqsadida ham qo‘llaniladi. Bunda maqsad psixologiya faniga, ilmiy bilimlarga biror yangilik kiritish, Qonuniyat ochish emas. Bu metodlarning o‘rganilayotgan shaxsda biror xususiyatning mavjudligi, uning taraqqiyot darajasi, turli meyorlarga mos kelishi darajasini aniqlashdir. Shunday metodlarning barchasi umumiy nom bilan TEST deb yuritiladi. TEST - qisqa muddat ichida bajariladigan, standart vazifalardan iborat.
Ularning natijalarini sifat va miqdor jihatdan tahlil qilish orqali kishida o‘rganilayotgan psixik funktsiya va xususiyatlarning nechoglik takomillashganligi va rivojlanganlik darajasi baholanadi.
Masalan, har qanday tadqiqot to‘rt bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqich - tayyorgarlik bosqichi. Bu bosqichda material turli vositalar bilan o‘rganiladi, o‘rganilayotgan hodisalar haqida dastlabki materiallar to‘planadi. To‘plangan materiallar tahlil qilinadi.
Bu bosqichda tadqiqotchida ma`lum gipoteza (faraz) paydo bo‘la boshlaydi. Bu faraz tadqiqot jarayonida yoki tasdiqlanadi yoki inkor qilinadi. Har qanday tadqiqotning samadorligi, to‘g`ri tadqiqot yo‘lini tanlash ko‘p jihatdan tayyorgarlik bosqichiga bog`liq. Ikkinchi bosqich - bevosita tadqiqot o‘tkazish bosqichi. Bunda tadqiqotning konkret metodikalari ishga solinadi. 13
Bu bosqichda tadqiqotchi o‘z tadqiqotlar maqsadidan kelib chiqqan holda bir yoki bir necha konkret metodikalardan (eksperimentlardan) foydalanadi. Tekshirish (eksperiment) o‘tkazilib zaruriy tadqiqot (eksperimental) ma`lumotlar yig`iladi.
Uchinchi bosqich tadqiqot davomida to‘plangan ma`lumotlarni miqdor jihatdan ishlab chiqish. Psixologiya fanida, bu bosqichda ko‘plab samarali matematik metodlardan, statistik usullardan foydalaniladi. Tadqiqotning to‘rtinchi bosqichi olingan natijalarni tushuntirib berishdan iborat. Bu bosqichda to‘plangan va matematik metodlar yordamida ishlab chiqilgan ma`lumotlar psixologik nuqtai-nazardan izohlanadi va tadqiqot gipotezasining to‘g`ri yoki noto‘g`riligi uzil kesil hal qilinadi.
Eksperimental psixologiya metodlariga murojaat qilishdan oldin ularning umum-ilmiy jihatlarini ko‘rib chiqamiz. Barcha metodlar ma’lumotlar olish uchun ishlatiladi. Asosiy va qo'shimcha metodlar farqlanadi.
Asosiylariga laboratoriya eksperimenti va ularning modifikatsiyasi, tabiiy eksperiment kiradi. Qo'shimchalariga - kuzatish, faoliyat mahsullari tahlili, oichash va korrelatsion kuzatuvlar, ma’lumotlar yigMsh metodi va boshqalar kiradi. Birinchi metodda kuzatuv olib boriladi, hodisa vajarayonlar bilan faol tanishtiradi. Ikkinchi metod jarayoni esa, albatta, obyektga ta’sir etgan holda uni faqat ro'yxat qilish bilan chegaralanadi. Kuzatuvchi ro‘yxatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki savolnoma asosida yozib boradi. Xuddi shu metod ta’sir qilish jarayonida ham qoilanilishi mumkin. Eksperiment jarayoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot metodi orqali o‘tkaziladi. Bu ikkinchi jarayon psixologik eksperiment metodlaridir. Uchinchi jarayon ham mavjud. Eksperimentator kuzatuv jarayonida tabiiy usullami yoki «tushunish metodi»ni to‘g ‘ridan-to‘g‘ri kuzatuvchiga nisbatan qoMlaydi. Eksperiment jarayonida kuzatuvchi vazifalami faol bajaradi. Kuzatish, so‘rov davomida esa unga hyech qanday vazifa berilmaydi va u o‘zini erkin tutadi.14

Download 43.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling