R e j a muskullarning charchashi. Muskullar va ularning funksiyasi odam tanasi muskullarining asosiy guruhlari
Download 0.63 Mb.
|
R E J A
2. Muskullar va ularning funksiyasi
Muskullarning turlari. Ya’ni ichki organlar va qon tomirlari devorini tashkil etuvchi silliq muskullar, o’ziga xos tuzilishga ega bo’lgan ko’ndalang yo’lli yurak muskullari va ko’ndalang yo’lIi skelet muskullari. Mazkur mav¬zuda tayanch-harakatlanish sistemasining tarkibiy qismi bo’lgan ko’ndalang yo’lIi skelet muskullari va ularning funksiyasi haqida tushuncha beriladi. 1-rasm, a. Odam tanasi skelet muskullarining oldindan ko’rinishi: 1- peshona muskuli; 2¬ko’zning aylana muskuli; 3¬og’izning aylana muskuli; 4¬chakka muskuli; 5- chaynov muskuli;6- to’sh-o’mrov¬so’rg’ichsimon muskul; 7¬ deltasimon muskul; 8¬ko’krakning katta muskuli; 9¬yelka muskuli; 10- qorinning tashqi qiyshiq muskuli; 11¬oyog panjasini yozuvchi uzun muskul; 12- sonning to’g’ri muskuli; 13- tikuvchi muskul; 14- qorinning ichki qiyshiq muskuli; 15- qo’l panjasini bu¬kuvchi bilak muskuli; 16¬qorinning to’g’ri muskuli; 17¬elkaning ikki boshli muskuli; 18- qovurg’alararo muskullar. 1-rasm, b. Odam tanasi skelet muskullariтiтg orqadan ko’rinishi. 1- rombsimon muskul; 2¬umurtqa pog’onasini yozuvchi muskul; 3- orqaning tishsimon muskuli; 4-dumbaning kichik muskuIi; 5 - sonning ikki boshli muskuli; 6- boldiming uch boshli muskuli; 7- Axil! payi; 8- tovon; 9- dumbaning katta muskuli; 10- orqaning semar keng muskuli; 11- panjalami yozuvchi bilak muskuli; 12- yelkaning uch boshli muskuli; 13- trapetsiyasimon muskul. Odam tanasi skelet muskullari¬ning oldingi va orqa tomonidan ko’rinishi 1a va 1b- rasmlarda ifoda¬langan. Skelet muskullari tayanch-harakatlanish sistemasining faol qismi hisoblanadi. Muskul qis¬qarishi suyaklarni harakatga keltiradi va odamning qo’l-oyoqlari ma’lum, ishni bajaradi (yurish, yugurish, sakrash, yuk ko’tarish, ovqatlanish, so’zlash, yozish va hokazo) . Muskullar harakatini nerv sistemasi boshqaradi. Muskullar harakatini ta’¬minlovchi nerv hujayralari motoneyron deb ataladi. Ular harakatlanuvchi nerv hujayralari bo’lib, orqa miyada hamda bosh miyaning uzunchoq va o’rta miya qismlaridajoy¬lashgan. Miya markazlari¬dagi motoneyronlarning uzun tolalari, ya’ni ak¬sonlari tananing turli qis¬mlaridagi muskul tolalari bilan tutashadi. Bitta nerv hujayrasining uzun o’simtasi bir nechta mayda tolalarga bo’linib, yuzlab muskul tolalari bilan bog’langan. Ana shu bitta nerv hujayrasi uzun o’simtasining mayda tolalari bilan tutashgan yuzlab muskul tolalarining jami nerv-muskul harakat birligi deb ataladi. 12-rasm. Skelet muskullarining shakli. A- duksimon; B- yarim patsimon; 4 V- ikki tomonlama patsimon; G¬ikki boshli muskul; D- serbar mus¬kul; E- ikki qorinli muskul; J- pa¬rallel tolali uzon muskul; 1- muskul¬niog payi; 2- muskulning bosh qismi; 3- muskulning qorin qismi; 4- mus¬kulning tanasi; 5- muskulning payli belbog’lari. Muskullar harakatini ta’minlovchi motoneyronlarning orqa miya, uzunchoq va o’rta miyadagi markazlarining funksiyasi bosh miya yarim sharlari po’stloq qismining oldingi markaziy egatida joylashgan nerv hujayralari harakatlanish oliy nerv markazlari tomoni¬dan boshqariladi. Agar bosh miya po’stlog’idagi nerv markazla¬rining ishi buzilsa, markaz boshqaradigan muskullar falaji yuzaga keladi. Bunda ularning tarangligi ortadi, shol bo’lgan qo’l-oyoq tarashadek qotib qoladi. Bu bosh miya shikastlanganda yob miyaga qon quyilganda yuzaga keladi. Orqa miyada joylashgan nerv markazlarining ishi buzilganda, ular boshqaradigan muskullarda periferik falajlik yuzaga keladi. Bunda ulaming tonusi pasayib, shol bo’lgan qo’l yoki oyoq harakatsizlanib, osilib qoladi. Odam organizmida 600 dan ortiq skelet muskullari bo’lib, ular tana massasining o’rtacha 40% ini tashkil etadi. Jismoniy mehnat va sport bilan shug’ullanuvchilarda muskullar yaxshi rivojlangan bo’lib, ular tan a massasining 50% ini va undan ko’prog’ini tashbl etadi. Skelet muskullarining shakli xilma-xil: uzun, kalta, keng, rombsimon, trapetsiyasimon, piramidasimon, uchburchak, tish¬simon, duksimon, patsimon va yarim patsimon ikki boshli, ikki qorinli, tasmasimon, aylana va hokazo bo’ladi (12- rasm). Uzun muskullar asosan qo’l va oyoqlarda, kalta muskullar qovurg’alar orasida, keng muskullar ko’krakda, qorin devorlarida, aylana muskullar og’iz, ko’z atrofida joylashgan. Har bir muskulning paylardan tashkil topgan bosh va dum qismi bo’ladi. Muskul tashqi tomondan biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan yupqa parda bilan o’ralgan bo’lib, bu parda fastsiya deb ataladi. Fastsiya bilan muskulning paylari orasida harakatni qulaylashtiradigan sinovia! suyuqlik bo’ladi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling