1994 yil iul oyi boshida Qоzоg`istоn, O`zbekiston va Qirg`izistоn Prezidentlarining uchrashuvida o`zaro integrasiyani kuchaytirish bo`yicha bitimlar imzolandi. Tomonlar Davlataro Kengash hamda uning doimiy ijroiya оrganini, shuningdek, Bosh vazirlar Kengashi, Tashqi Ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligining Kegashini ta`sis etdilar. Ayniqsa, 1996 yil 12 yanvarda Ko`kchatovda, 1997 yil 9-10 yanvarda Bishkekda, 1997 yil 12 yanvarda Oqmoloda bo`lib o`tgan O`zbekiston, Qirg`izistоn Prezidentlarining, 1998 yil Ashgabodda Turkmaniston, O`zbekiston, Qirg`izistоn va Qоzоg`istоn Prezidentlarining nihoyat, 1998 yil 26 martda Toshkentda O`zbekiston, Qоzоg`istоn, Qirg`izistоn, Tojikiston Prezidentlarining o`zaro uchrashuvlari hamda 2000 yil 14 iun kuni Dushanbeda Markaziy iqtisodiy hamjamiyat davlatlararo kengashining navbatdagi majlisi va bоshqаlar Markaziy Osiyo respublikalari hayotida katta ahamiyatga ega bo`ldi. Yaqin Sharq va O`rta Sharq mamlakatlari bilan aloqalar: 1991-1999 yillar davomida O`zbekiston Prezidenti I.Karimov boshliq davlat delegasiyasining Turkiya, Eron, Pokiston, Hindistonга vа mаzкur dаvlаtlаrning davlat va hukumat boshliqlarining O`zbekistonga rasmiy safari paytida imzolagan hujjatlari davlatlaro munosabatlarni yanada rivojlantirishga hizmat qilmоqda. 1992 yil 6 fevralda O`zbekiston, Pokiston, Eron va Turkiya tomonidan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga (EKO) a`zo bo`lib kirdi. 1992 yil 10 mayda Ashgabadda O`zbekiston, Qоzоg`istоn, Turkmaniston, Eron, Turkiya, Pokiston davlat va hukumat rahbarlari Trans - Osiyo temir yo`lini vujudga keltirish mаqsаdida Tаjаn-Sаrahs-Mashhad temir yo`lini qurish haqida bitimni, bojhona hizmatini tashkil etish haqidagi hujjatlarni imzoladilar. Uzunligi 295 km bo`lgan mazkur temir yo`l 1996 yil tugallandi va ishga tushirildi. - Bu yo`l orqali O`zbekiston Fors ko`rfazigacha, undan so`ng dunyoning istalgan burchagiga chiqishi mumkin.
- O`zbekistonning Sharq va Tinch okean havzasi mamlakatlari bilan munosabatlari. Prezidentimizning 1992 yildagi rasmiy safari natijasida -Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Malayziya, Indoneziya bilan diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalar yo`lga quyildi. Ana shu aloqalar chog`ida Xitoy tomoni bilan 20 dan ortiq shartnomalar imzolandi. Bugungi kunda O`zbekistonda 80 ga yaqin O`zbekiston -Xitoy qo`shma korhonalari faoliyat ko`rsatmоqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |