R eja Iqtisodiyotni rivojlantirishdagi Innovatsion faoliyat va uning samaradorligini yonalishlari
Download 1.71 Mb.
|
Abdullayeva Ozoda innovatsion iqtisodiyot (2)
MDH mamlakatlari tajribasi.
MDH davlatlarida innovatsion faoliyatni muvofiqlashtirish va boshqarish bo‘yicha butunlay boshqacha tizim yuzaga kelgan. Bu davlatlarning aksariyatida rivojlangan innovatsion infratuzilma yaratilmagan innovatsion sohadagi qonunchilik esa rivojlanish bosqichida turibdi. Xususan, MDHning qator davlatlarida (Ukraina, Moldoviya, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston) u yoki bu nomlanishda innovatsion faoliyat to‘g‘risida qonunlar qabul qilingan. Rossiyada 2011-yilda “Fan va ilmiy-texnika siyosati to‘g‘risida”gi Federal Qonunga (1996yilda qabul qilingan) qo‘shimcha 254-raqamli Federal qonunni qabul qilish orqali 4 shtrix maxsus bobi kiritildi. Boshqa mamlakatlarda (Belarussiya, Ozarbayjon) innovatsiya faoliyatining shu kabi qonuniy asoslarini shakllantirishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda. Misol uchun, 2010-yilda Bellarussiya Prezidentining farmoni bilan milliy innovatsion tizim yaratildi. Mazkur tizim mamlakatda innovatsion faoliyatini barqaror rivojlanishini ta’minlovchi qonuniy, tuzilmaviy va funksional kontinentlarni o‘zida mujassamlaydi. Ta’kidlash joizki, MDH davlatlarida innovatsion faoliyat faqatgina tashkiliy shakllanish bosqichida turibdi, shuning uchun innovatsion infratuzilma va texnoparklar tashkil etilmoqda. Misol uchun Rossiyada ushbu faoliyatga oxirgi misollardan biri sifatida Federal qonun asosida innovatsion markaz tashkil etilganini ta’kidlash mumkin. Yetakchi akademik institutlar va ilmiy markazlarda innovatsiya faoliyati bo‘yicha muayyan tajriba to‘plangan. Ustuvor ilmiy va innovatsion yo‘nalishlar bo‘yicha butun ilmiy muassasalar tizimini birlashtiradigan Novosibirsk akademik shaharchasi kompleksi va universiteti, Kurchatov ilmiy markazi, Zelenograd, Pushin, Fryazinsk va Arzamazsk ilmiy markazlarining tajribalari ma’lum. Rossiya, Ukraina va Bellarussiya akademiyalarida innovatsion faoliyat va ilmiy hajmdor mahsulotlarni yaratishda muayyan tajriba to‘plangan. Innovatsion klaster texnologiyalarini qo‘llash butun dunyo bo‘ylab anchagina keng rivojlandi. Aksariyat Yevropa davlatlari o‘zlari uchun eng maqbul bo‘lgan klasterlar asosida iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqishdi. Bunda rivojlangan mamlakatlar hukumatlari o‘z kuch harakatlarini mavjud klasterlarni qo‘llab-quvvatlash va yangi tarmoqli tuzilmalarni yaratishga qaratmoqdalar. Davlat nafaqat innovatsion klasterlarni yaratish tashabbuskori, balki tashkil etiladigan klasterlarning faol ishtirokchisi ham hisoblanadi. Misol sifatida Germaniya tajribasini olish mumkin. Germaniyada 1995-yildan beri Bio Regio nomli biotexnologik klasterlar tizimi faoliyat ko‘rsatadi. Mazkur klasterlashtirish yo‘nalishi Buyuk Britaniyada ham faol tarzda rivojlanmoqda. Edinburg, Oksford va Janubiy-SHarqiy Angliya hududlarida biotexnologik firmalarning faoliyatini yo‘lgan qo‘yish uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Jahon tajribasida klasterlar asosida iqtisodiyotni rivojlantirishning bir nechta markazlari mavjud bo‘lib, ular innovatsion klasterlarni yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ular quyidagilar: Amerika, G‘arbiy Yevropa, Osiyo va Lotin Amerikasi modellari Iqtisodiy va texnalogik taraqqiyotning yangi bosqichi sifatida namoyon bo’layotgan raqmli inqilob insoniyat xayotini shiddat blan o’zgartirib, keng imkoniyatlar yaratish blan birga, xalqaro raqobat maydonining yanada keskinlashuv davrini boshlab beri. Raqamli iqtisodiyot ikki xil turli tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling